ORACLE ma’lumotlar bazasi.
Biz bu dasturni ishga tushirimiz uchun Borland C++ Builder 6 muhitini kompyuterimizga o’rnatib olgan bo’lishimiz kerak. Ma’lumotlar bazasi ishlashi uchun Oracle Application Express 11g ni ham o’rnatishimiz lozim. ODAC_ODT Oracle Client dasturi bilan Builder 6 muhiti Oracle Bazamizni ko’radi.
Endi biz foydalanuvchilar uchun ma`lumotlar kiritamiz. Unda yaratilgan formalardan qanday foydalanish, qayerga ma`lumot qo`shish, saralash kabi ishlar ko`rsatib o`tilgan.
Endiki navbatda Formalar yaratib ularga Button, Edit, DBLookUpComboBox kabi komponentalarnii qo’yamiz va ular ustida amallar bajarami. Birinchi navbatda kiruvchi formaga jadvallarni hamda Kirish va Chiqish tugmalarini qo’yamiz. Bu bizning kiruvchi oynamiz sanaladi.
Dasturning kirish qismi
Bu yerdan biz ,,Login”,”Parol” ni to’ldirib ,,Kirish” tugmasini bosganimizda keyingi oynada foydalanuvchi statusiga qarab bosh menyu (admin panel yoki mijoz panel) ochiladi oynasi ochiladi yoki yangi mijoz “Registratsiya” ni bosib ro’yhatdan o’tishi mumkin.
Yangi foydalanuvchini ro’yhatdan o’tkazish oynasi
Ushbu formada barcha kerakli maydonlar to’g’ri to’ldirilgandan so’ng “Qo’shish” tugmasi bosilib bazaga yoziladi. “Orqaga” tugmasi orqali Kirish formasiga o’tiladi.
Administrator paneli
Bu orqali biz “Mijozlar”, “Brendlar”, “Tovarlar”, ,,Chiqish” tugmalari bor. Har bir tugma o’ziga tegishli formani chaqiradi va monitoring qilish imkonini beradi. Bu yerdagi ,,Mijozlar” tugmasi mijoz ro’yhati bo’limiga, ,,Brendlar” brendlar bo’limiga ,,Tovarlar” tovarlar bo’limiga o’tadi.
Mijoz paneli
Mijoz panelida foydalanuvchi faqat o’zi xarid qilgan tovarlarni ko’ra oladi va yangi Tovar sotib olish imkoniyatini beradi.
Mijozlar ro’yhati oynasi.
Bu yerda Administrator faqat mijozlar haqida ma’lumot olishi mumkin. Mijoz qo’shish imkoniyatiga zaruriyat yo’q, chunki uning uchun alohida Registratsiya formasi qilingan.
Tovarlar ro’yhati oynasi
Bu yerda Administrator Tovar turlar ro’yhatini kuzatib borishi, yangi tovar qo’shishi mumkin. Tizim to’g’ri ishlashi uchun ushbu vakolat faqat Adminga berilishi lozim.
Brendlar ro’yhati oynasi
Bu yerda Administrator Tovar turlar ro’yhatini kuzatib borishi, yangi tovar qo’shishi mumkin. Tizim to’g’ri ishlashi uchun ushbu vakolat faqat Adminga berilishi lozim.
Bu oynalarda biz ma`lumot qo`shishimiz, ularni o`zgartirishimiz, ma`lumotlarni saralashimiz, ajratishimiz, qidirishimiz, hamda ixtiyoriy ma`lumotlarni o`chirish imkoniyatlariga ega bo`lishimiz mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |