Ma'lumotlar omboridagi o’zgaruvchan ma'lumotlar eng ko’p qo’llaniladigan ma'lumotlar hisoblanadi. Chunki ular tez-tez o’zgartirib turiladi (ba'zan har kuni yoki haftada bir marta). Masalan, metallarni qayta ishlash mahsulotlariga bo’lgan talablar faylida doimiy o’zgarish bo’lib turadi. Bunday axborot tizimlarida qotishma turlari kam o’zgaradi, lekin uning metalldagi tashkil etgan qismi (foizi) o’zgarib turadi.
Ba'zi parametrlar - nomlanishi, o’rtacha og’irligi, issiqlik sig’imi va boshqalar uzoq muddat o’zgarmay qoladi. Ular ma'lumotlar omboridagi doimiy ma'lumotlar deb ataladi.
Relyatsion jadvalga katta hajmga ega bo’lgan ma'lumotlarni kiritishda ba'zi satr qiymatlarini bir necha bor qayta ishlatish hollari uchrab turadi. (Masalan, firmalarning kodlari, talabgorning rekvizitlari va h.k.)
Ko’pgina dasturlarda takrorlanadigan guruhlarni kiritish texnologiyalari mavjud va ular orqali berilgan axborotlarning birortasi yo’qotilmasdan satrlarga o’tkaziladi.
Masalan, MS Office paketidagi Excel dasturidan foydalanib, ma'lumotlar ombori tuzishda berilgan satr yoki ustundagi qiymatlarni qayta kiritishda «Копировать» buyrug’idan foydalanish mumkin. Bu buyruq orqali biror katakchadagi qiymatlar buferga (vaqtinchalik saqlash uchun) o’tkaziladi. Buferda saqlanayotgan ma'lumotni esa ko’p marta ishlatish mumkin. Buning uchun qiymat kiritiladigan katakcha tanlanib, «Вставить» buyrug’ining berilishi etarli. Xuddi shuningdek, «Копировать» buyrug’i yordamida ma'lumotlar guruhi nusxalanishi mumkin.
Nazorat savollari. Ma'lumotlar ombori nima?
Ma'lumotlar omborida qanday ma'lumotlar saqlanadi?
Matnli fayl va ma'lumotlar omborining farqi nimada?
Ma'lumotlar omborining qanday imkoniyatlari mavjud?
.dbf fayllari qanday fayllar? .dbf fayllariga misollar keltiring.