1-amaliy dars mavzusi(8-semestr)
Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar Ishning maqsadi: Ma'lumotlar bazasi va banki haqida ma'lumotlar bilan tanishuv
Vazifa:Ma'lumotlar bazasi va banki, unga xizmat qiluvchi dasturlar bilan tanishish
Nazariy qism
Tashkiliy boshqaruvning zamonaviy axborot tizimlari qaror qabul qiluvchi mutaxassislar, rahbarlarga o’z vaqtida, ishonchli axborotlarni kerakli miqdorda olishga, avtomatlashtirilgan ofislarni tashkil qilish, kompyuterlar va aloqa vositalarini qo’llash bilan tovushli va rasmli tasvirlarga ega tezkor yig’ilishlarni o’tkazish uchun sharoitlar yaratishda yordam ko’rsatishga mo’ljallangan. Bunga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalariga o’tish orqali erishiladi.
Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari - bu, quyidagilarga asoslangan texnologiyalardir:
SHK va tashkiliy texnikalarni hamma joyda qo’llash;
Foydalanuvchilarni (hisoblash texnikasi va dasturli sohada kasb egasibo’lmaganlarni) axborot jarayonlarida faol ishtirok etishida;
Do’stona foyalanuvchi interfeysining yuqori darajasiga;
Umumiy va muammoli belgilanishdagi amaliy dasturlar paketidan kengfoydalanishga;
Foydalanuvchi uchun ma’lumotlar bazalari va dasturlarga shu jumladan, SHKningmahalliy va global tarmoqlari tufayli uzoqdagilarga ham kirish imkoniyatlariga; - Mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joyi yordamida boshqaruv qarorlarini
ishlab chiqish va qabul qilishda vaziyatlarni tahlil qilishga;
Sun’iy bilim tizimlarini qo’llashga;
Ekspert tizimlarni tadbiq etishga;
Telekommunikasiyalar vositalaridan foydalanishga;
Geoaxborotli tizimlar va boshqa texnologiyalarini yaratishga.
Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklari.
H o zirgi vaqtda mamlakatimizda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqishning katta tajribasi to’plangan. Bu tajriba ABT va har qanday boshqa axborot tizimlarini ishlab chiqishning markaziy masalasi, ma’lumotlarni tashkil qilish, saqlash va kompleks foydalanishdan iborat ekanligini ta’kidlaydi. Yakuniy natijada bu ma’lumotlarni boshqarishning rivojlangan tizimlarini yaratilishiga olib keldi, ular hisoblash texnikasi vositalaridan foydalanish asosida qurilgan har qanday axborot tizimining asosi bo’ladi.
Ma’lumotlar banklari tamoyili asosida loyihalashtirilgan boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga egaki, ular asoslari belgilangan vazifalar majmuini hal qilishga mo’ljallangan, ma’lumotlar massivlarining tizimi bo’lgan oldingi ishlanmalardan alohida farqlanadi. Ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan banklaridan foydalanishi o’zaro bog’langan ma’lumotlar majmuiga ko’p jihatdan kirishni, amaliy dasturlarning ma’lumotlarni jismoniy va mantiqiy tashkil qilish o’zgarishlaridan, mustaqilligining ancha yuqori darajasini, ma’lumotlarni boshqarishning integrasiyalashishi va markazlashishini, ortiqcha ma’lumotlarni bartaraf qilishni, paketlarni birga bo’lishlik imkoniyatini va ma’lumotlarni teleprosessorli ishlab chiqishni ta’minlaydi.
Shu bois ham qo’llanishning har qanday sohasi uchun ABTni ishlab chiqish eng avvalo ma’lumotlarning avtomatlashtirilgan bankini tashkil qilish bilan bog’liqdir.
Obyektning holati haqidagi axborot har qanday boshqaruvning asosi bo’lgani uchun, xuddi avtomatlashtirilgan tizimlardagi ma’lumotlar, ularning tashkil qilinishi, mukammal olib borilishi, saqlanishi, foydalanilishi tizimning markazi bo’ladi. Texnik va dasturiy vositalar vaqt o’tishi bilan o’zgaradi, ammo ma’lumotlar qoladi, ular bilan ishlash ancha qimmatli ish bo’ladi va xuddi shu bois ham ularni tashkil qilishning, ma’lumotlar bankini yaratishning asosida tizimli tamoyillar yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |