O’ZBEKISTON RESPUBULIKASI AXBOROT TEXNALOGIYALARI
VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI KOMPYUTER INJINERINGI FAKULTETI
“MALUMOTLAR BAZASI “FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: Jadval nomini o'zgartirish (as) va jadvalarni birlashtirish (join) operatorlardan foydalanib surovlar yaratish.
KIF-104-19-guruh
Bajardi: Allayarov Asadbek
Tekshirdi: Abduvaitov A.
Samarqand-2022
Jadvallarni yaratish uchun CREATE TABLE buyrug'i ishlatiladi. Ushbu buyruq bilan jadval ustunlari va ularning atributlarini aniqlaydigan bir qator operatorlardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, jadvalning xususiyatlarini ifodalaydigan bir qator operatorlardan foydalanish mumkin. Bitta ma`lumotlar bazasida 2 milliardgacha jadval bo'lishi mumkin.
Jadval yaratish uchun umumiy sintaksis quyidagicha:
CREATE TABLE jadval_nomi
(1_ustun_nomi 1_ustun_tipi 1_ustun_atributlari,
2_ustun_nomi 2_ustun_tipi 2_ustun_atributlari,
................................................
N_ustun_nomi N_ustun_tipi N_ustun_atributlari,
jadval atributi
)
CREATE TABLE buyrug'idan keyin yaratilayotgan jadval nomi ko`rsatiladi. Jadvalning nomi ma`lumotlar bazasida uning identifikatori vazifasini bajaradi, shuning uchun u unikal bo'lishi kerak. Nomi128 belgidan oshmasligi kerak. Nom harflar va raqamlardan, shuningdek $ va pastki chiziq belgilaridan iborat bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, birinchi belgi harf yoki pastki chiziq bo'lishi kerak.
Ob`yekt nomi(identifikator)da bo'sh joy(probel)lar bo’lmaydi va Transact-SQL kalit so`zlari ham ob’yekt nomi sifatida ishlatilmaydi. Agar identifikatorda bo'sh joy belgilari mavjud bo'lsa, unda u bittalik qo’shtirnoq ichida olinishi kerak. Agar kalit so`zlarni nom sifatida ishlatish zarur bo'lsa, unda bu so`zlar to'rtburchak qavslarga joylashtiriladi.
Misollar:
Users
tags$345
users_accounts
"users accounts"
[Table]
Jadval nomidan so'ng, qavsda barcha ustunlarning parametrlari va oxirida jadvalga tegishli atributlar ko`rsatiladi. Ustun va jadval atributlari ixtiyoriy, ularni yozmasa ham bo’ladi.
CREATE TABLE buyrug'i eng sodda shaklda kamida jadval nomi, ustun nomlari va ma`lumot tiplarini o`z ichiga olishi kerak.
Jadval 1 dan 1024 gacha ustunlarni o`z ichiga olishi mumkin. Har bir ustun joriy jadval bo’yicha unikal nomga ega bo'lishi va unga ma`lumotlar tipi ko`rsatilishi kerak.
Masalan, eng oddiy jadvalning scripti. Customers:
CREATE TABLE Customers
(
Id INT,
Age INT,
FirstName NVARCHAR(20),
LastName NVARCHAR(20),
Email VARCHAR(30),
Phone VARCHAR(20)
)
Misolda, Customers jadvalida oltita ustun aniqlangan: Id, FirstName, LastName, Age, Email, Phone. Birinchi ikkita ustun mijoz identifikatori va yoshini bildiradi va INT tipiga ega, ya'ni ular raqamli qiymatlarni saqlaydi. Keyingi ikkita ustun mijozning familiyasini va ismini anglatadi, hamda NVARCHAR (20) tupiga ega, ya'ni 20 belgidan ko'p bo'lmagan UNICODE satrni aks ettiradi. So'nggi ikkita ustun mijozning elektron pochta manzili va telefon raqamini bildiradi, hamda VARCHAR(30) , VARCHAR (20) tiplariga ega, 20/30 simvolgacha bo’lgan satrni saqlaydi, UNICODE kodlash emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |