Ma`lumotlar bazasi dasturi - Reja:
- Ma’lumotlar bazasi bilan ishlash.
- Uskunalar paneli.
- Ma’lumotlar bazasini yaratish.
- Ma’lumotlar bazasini yopish.
Ma`lumotlar bazasi bilan ishlash - Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) - bu dasturiy va apparat vositalarining murakkab majmuasi bo`lib, ular yordamida foydalanuvchi ma`lumotlar bazasini yaratish va shu bazadagi ma`lumotlar ustida ish yuritish mumkin. Ma`lumotlar bazasi obyekt yoki obyektlar to`plami holatini ularning xossalari va o`zaro munosabatlarini aks ettiruvchi nomlangan ma`lumotlar to`plamini ifodalaydi. Juda ko`p turdagi MBBT mavjud. Ular o`z maxsus dasturlash tillariga ham ega bo`lib, bu tillarga SUBD buyruqli dasturlash tillari deyiladi. MBBTga Oracle, Clipper, Paradox, Vizual FoxPro, Access va boshqalarni misol keltirish mumkin. Microsoft Access dasturi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi hisoblanadi. Ushbu dastur ma`lumotlar bazasi, jadvallar, so`rovlar, formalar va hisobotlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi tizimdir. Xar qanday axborot tizimini ma`lumotlar bazasini yaratish mumkin. Shu bilan bir qatorda MS Access dasturi faydalanuvchi oldiga qo`shimcha talablarni qo`ymaydi. Foydalanuvchi kompyuterida MS Office dasturi o`rnatilgan bo`lsa bas shuning o`zi kifoya.
Dasturni ishga tushirish - Dasturni ishga tushirish
- Microsoft Access dasturi ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi hisoblanadi. Ushbu dastur ma`lumotlar bazasi, jadvallar, so`rovlar, interfeyslar va hisobotlar bilan ishlash imkoniyatini taqdim etuvchi tizimdir. Ushbu darsda Microsoft Access dasturini ishga tushirish usullarini ko`rib chiqamiz. Access dasturini ishga tushirish uchun quyidagi usullarning biridan foydalaning:
- Birinchi usul:
- Пуск tugmasini bosing va Программыmenyusiga o`ting;
- Paydo bo`lgan menyudan Microsoft Office bo`limini tanlang;
- Dastur yorliqlari ro`yhatidan Microsoft Office Access 2003 yorlig`ini bosing.
- Ikkinchi usul:
- Пуск tugmasini bosing va Выполнить amalini tanlang;
- Paydo bo`lgan Запуск программы oynasining Открыть maydoniga MSACCESS so`zini kiriting;
- OK tugmasini bosing.
- Uchinchi usul:
- Мой компьютер yorlig`iga sichqoncha o`ng tugmasini bosing va Проводник dasturini ishga tushiring;
- Paydo bo`lgan oynaning Папки bo`limidan C:\Program Files\Microsoft Office\OFFICE11 papkasini oching;
- Fayllar ro`yhatidan MSACCESS faylini toping va unga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosing;
- Shu tariqa uch usul natijasida ham ushbu ko`rinishdagi Microsoft Access dasturi interfeysi ekranda paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |