Ma'lumki, o‘zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi



Download 26,97 Kb.
bet1/2
Sana12.03.2022
Hajmi26,97 Kb.
#491789
  1   2
Bog'liq
14-mavzu


Reja:

  1. Boshlang’ich ta’limning samaradorligini ta’minlanlash

  2. Ta’lim sifatining baholashning ilg’or tajribalari

  3. Milliy dastur

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar.


Ma'lumki, o‘zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo‘lgan yangi avlod shakllantiriladi.
Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning 16 iyun kuni Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida maktab bilan kollejlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni mustahkamlash va tajriba sifatida 11 yillik umumiy o‘rta ta'limni tiklashga qaratilgan tashabbuslari keng jamoatchilik va ota-onalar tomonidan yuksak baholandi.
Shuningdek, Prezidentimiz tashabbuslari bilan 9-sinfni bitirgan o‘quvchilar, ota-onalar va o‘zlarining xohishlariga binoan, ongli ravishda kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘zlari ta'lim olgan maktablarda majburiy ta'limni davom ettirishlari mumkin ekanligining belgilab qo‘yilishi yoshlarga har tomonlama qulayliklar yaratdi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bunday islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o‘sish ko‘rsatkichlariga erishilmoqda bu holat malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo‘lgan talabning yanada oshib borishiga turtki bo‘lmoqda.
Bunday talabning qondirilishi o‘z navbatida yoshlar o‘rtasida kitobxonlik va darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o‘qituvchilarning har tomonlama ta'lim tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishning zamonaviy ijtimoiy innovatsiyalar orqali amalga oshirish ehtiyojini vujudga keltirmoqda.
Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti mutaxassislari aynan mana shunday talablarning bugungi kun ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligini inobatga olgan holda aksariyat xorijiy davlatlarda ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ayrim ilg‘or tajribalarni o‘rganib chiqdi.
Xususan, dunyoda ta'lim sifati, saviyasi va darajasini aniqlab beruvchi PISA (O‘quvchilarni ta'limdagi yutuqlarini baholash xalqaro dasturi), PIRLS (Matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot), TIMSS (Maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro monitoring) kabi bir qator xalqaro dasturlar mavjud bo‘lib, ular rivojlangan davlatlardagi ta'lim sifatini yanada oshirishdagi mezon sifatida keng qo‘llanilib kelinmokda.
PISA o‘quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini baholash bo‘yicha xalqaro dastur bo‘lib, undagi test jahon davlatlaridagi maktab o‘quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo‘llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi ‑ 15 yoshli o‘quvchilar ta'lim dargohida olayotan bilim va tajribalarini ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni yechishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Testda faqat 15 yoshdagi o‘smirlar ishtirok etadi. Maktabdagi ta'lim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosiy uch yo‘nalishda: o‘qish,matematika va ijtimoiy fanlar savodxonligi bo‘yicha olib boriladi.
Birgina 2015 yilning o‘zida 70 dan ortiq davlatlar PISA xalqaro dasturi sinovida ishtirok etgan. Umuman olganda, PISA dasturi davlatlarning ta'lim sohasidagi siyosatiga sezilarli darajada ta'sir o‘tkazadi. Har bir davlat o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida o‘zining ta'lim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko‘radi hamda ta'lim muassasalarida o‘quv jarayonini takomillashtirishda o‘z yo‘nalishlarini va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtrok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta'lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq ta'limi sohasidagi ishchilar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga egadir.
TMSS - ham jahon mamlakatlari ta'lim tizimida keng tadbiq etilmoqda. TMSS dasturi Ta'lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi IEA (International Association for the Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ushbu tadqiqot 4 va 8 sinf o‘quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo‘yicha ta'limning sifati, darajasi, fanga bo‘lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba olib boriladi. Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o‘xshab, o‘quvchilar, maktab ma'muriyati va o‘qituvchilari orasida qo‘shimcha so‘rovnomalar o‘tkazadi va fan sohasida to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillarni aniqlaydi. Bu esa o‘sha mamlakatda ishlab chiqilgan ta'lim standartlarini va ta'lim samaradorligini boshqa davlatlar bilan solishtirib ko‘rish imkonini beradi. 2015 yil TMSS tadqiqotlari natijalariga ko‘ra AQSh, Singapur, Gonkong, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning ta'lim tizimi eng yuqori ko‘rsatkichlarni egallagan. Shuni e'tirof etish lozimki, ayni shu davlatlarda yuqori texnogiyalarni o‘zlashtirish, sanoatlashtirish va yuksak darajadagi taraqqiyot erishish maqsadida aniq fanlarni yuqori darajada o‘zlashtirishga alohida e'tibor qaratilib, unda o‘quvchilar tug‘ma iste'dod va qobiliyatlardan ko‘ra o‘z ustida doimiy ishlash hamda aniq fanlarni o‘qitishda guruh yoki sinfdagi o‘quvchilar sonining 16 nafardan oshmasligi belgilangan. Bunday tajriba AQShda ham mavjud bo‘lib, 1999 yildan boshlab bitta o‘qituvchi 40 minutlik dars mashg‘uloti davomida 16 ta bolaga bilim va tarbiya bera olish imkoniyatiga ega ekanligii inobatga olgan holda prezident qarori bilan ta'lim muassasalaridagi guruhlarda o‘quvchilar soni 16 nafar etib belgilangan.
Ma’lumki mamlakatimizda qabul qilingan «Ta’lim to’g’risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning tub mohiyati barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Barkamol avlod esa ta’lim – tarbiya muassasalarida amalga oshiriladigan ta’lim jarayoni bilan bevosita bog’liqdir.
Ta’lim jarayoni o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularni vatanni sevish va unga sodiqlik ruhida tarbiyalash ularni vatanni sevish va unga sodiqlik ruhida tarbiyalash kabi muhim vazifalarni ado etadi. Ta’lim jarayonida faqat bilim berish emas, balki tarbiya berish ham xal qilinadi.
Bilim jarayonining ilmiy, nazariy, uslubiy va Amaliy asoslarini ya’ni ta’lim, bilim berish o’qitish nazariyasi bilan pedagogikaning mustaqil bo’limi didaktika – ta’lim nazariyasi shug’ullanadi.
Didaktika – grekcha so’z bo’lib, «didasko», ya’ni «o’qitish», «o’rgatish» ma’nolarini bildiradi. Ta’lim qonuniyatlarini o’rgatish, tahlil qilish jarayonida ta’lim tushunchasi uning mohiyati, mazmun va vazifalari, o’qitish prinsiplari, shakllari haqida bilimlar bayon etiladi. Didaktika pedagogikaning «nimaga o’qitish», «nimani o’qitish» va «qanday o’qitish» kabi savollariga javob izlaydi.
Ta’lim – insoniyat tajribasining ma’lum tomonlarini yoritib o’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiqo’quvchilar ijtimoiy taraqqiyotining hozirgi talablariga muvofiq darajada bilim va tarbiyaga ega bo’lishlarini ta’minlaydigan faoliyatdir. O’qituvchi ta’lim jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi, balki bu jarayonda o’quvchi talabaga ta’sir ko’rsatadi bu esa ularning bilim olishlarini yanada rivojlantiradi, natijada o’quvchi ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylanadi. ta’limdavgi yutuqlar avvalo o’quvchiga bog’liq. Mutaxassis sifatida o’z fanini chuqur bilishi, pedagogik muloqat ustasi bo’lishi, psixologik – pedagogik va uslubiy bilim va malakalarni 9 egallashi har xil pedagogik vaziyatlarni zudlik bilan o’rganish va baholash, pedagogik ta’sir ko’rsatishning maqbul usul va vositalarini tanlay olish qobiliyatiga ega bo’lish kerak.
Mustaqil ishlash iste’dodini shakllantirish, kasbiy layoqat hissini, pedagogik voqyea va hodisalarni taqqoslash, tahlil qilish va xulosalash ko’nikmalarini rivojlantirish – bularning barchasi ta’lim jarayonining asosiy vazifasidir.
Ta’limning asosiy vazifalari shaxsni ilmiy bilimlar, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishdan iborat. Ta’lim inson faoliyatining bir turi sifatida bir necha ma’noni bildiradi. Ya’ni ta’lim oluvchilarda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilish ularda dunyoqarash, fikr va e’tiqodlarni shakllantirish hamda ularning qobiliyatlarini o’stirishdir.
Ta’lim orqali yosh avlodga insoniyat tajribasi orqali to’plangan bilimlar beriladi, zaruriy ko’nikma va malakalar hamda e’tiqodlar shakllanadi. Ta’lim o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati bo’lib, u ikki tomonlama xarakterga ega, ya’ni unda ikki tomon o’qituvchi va o’quvchi faol ishtirok etadi. O’qituvchi aniq maqsadni ko’zlab reja va dastur asosida bilim, malaka va ko’nikmalarni singdiradi, o’quvchi esa uni faol o’zlashtirib oladi. Bildirish, bilish murakkab, qiyin, ziddiyatli jarayondir. Bu jarayonda inson psixikasiga tegishli sezgi, idrok tasavvur va tafakkur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Ta’lim berish yoshlarga bilim berish. Ularda ko’nikma va malakalarni hosil qilish, ya’ni haqiqatni ocha olishga qodir bo’lgan jiddiy mantiqiy tafakkurni tarbiyalashdir.
Maktabda o’qitiladigan fanlar tizimi ta’limning vazifa va xususiyatlariga muvofiq ravishda kengaytiriladi. Boshlang’ich sinflarda tabiat va jamiyat hayotidagi hodisalar, qonuniyatlarni ochib berish natijasida ilmiy bilimlar bilan qurollantiriladi. Ular shu asosda atrofdagi moddiy olamni to’g’ri tushuna oladilar. O’qituvchi o’z fikrini qanchalik soda bayon qilmasin u chuqur ilmiy bo’lishi zarur. Ta’limning ilmiy bo’lishi to’g’risidagi talab o’qituvchining o’quv materiali mazmuninigina emas, balki uning shu materialni yoritib berish xarakteriga va 10 o’quvchilarning bu bilimlarni o’zlashtirib olishlariga ham bog’liqdir. O’qituvchi boshlang’ich sinf o’quvchilarida tafakkur jarayonini to’g’ri amalga oshirish uchun amaliyot har qanday bilish jarayonining asosi degan g’oyani esdan chiqarmasligi kerak. O’qituvchi dars jarayonida faqat bilim berish bilan chegaralanmaydi u o’quvchilarning tafakkur faoliyatiga ham rahbarlik qiladi. Ya’ni o’quvchilarning turli fanlarni o’zlashtirish borasidagi bajaradigan mustaqilligini shakllantirish, ongli yondoshish tashabbuskorligini oshirish kabi holatlar.
Avvalom bor o’qituvchi o’quvchilarning bilish faoliyatlarini amalga oshirish maqsadida olib boriladigan darslar jarayonida quyidagi maqsadlarga alohida e’tibor berish lozim:
a) ta’limiy maqsad – o’quv materialining mazmunini bilish, ya’ni Ushbu fanga tegishli ilmiy bilimlarni o’zlashtirish va amalga tadbiq qila olish;
b) tarbiyaviy maqsad – fan asoslarini o’zlashtirish orqali uning mazmunida yotgan g’oyalar, dunyoqarashlar ta’sirida o’zining shaxsiy sifatlarini, e’tiqodlarini shakllantirish;
v) rivojlantiruvchi maqsad – o’qitish jarayonida shaxsning aqliy kamolotini, qobiliyatini o’qishga mehnatga bo’lgan munosabatini rivojlantirishdan iborat.
Bu maqsadlarni amalga oshirish jarayonida o’quvchining mustaqillik faoliyatlari ro’yobga chiqadi. Bu bog’liqlikni avvalo ta’limni amalga oshirish bosqichlarida ko’rishimiz mumkin. Bu bosqichlar quyidagilardan iborat:
1. O’quv materiallarini idrok qilish. Bunda o’quvchi ta’limning mazmuni bilan tanishib, o’zining bilish vazifalari nimalardan iborat ekanligini tushunib oladi. Bunda sezgi, idrok, tasavvur kabi jarayonlar faol ishtirok etadi.
2. Ular o’quv materiallarini tushunib oladilar, uning mohiyatini anglaydilar va umumlashtiradilar. Natijada ularda Yangi bilimlar paydo bo’ladi. Buning uchun ular analiz, sintez, taqqoslash, xulosa chiqarishdan foydalanadilar.
3. Yangi bilimlar mashqlar, mustaqil ishlar o’qituvchining qo’shimcha izohlari orqali mustahkamlanadi.
4. Ular o’zlashtiribolgan bilimlarni imkoniyatga qarab amaliyotga tadbiq qiladilar. Bularni bilish orqali o’qituvchi ta’lim – tarbiya jarayonini samarali boshqarish mumkin.
Shuning uchun o’quv jarayonining hamma bosqichlarida o’qituvchi yetakchilik va boshqaruvchilik rolini o’ynaydi.
Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqaradigan bo’lsak, o’qitish jarayoni bilish faoliyatining muhim tarmog’i sifatida qator vazifalarni bajaradi.
Jumladan, 1. O’quvchi va talabalarda bilim malkalarini hosil qiladi
2. Ularda dunyoqarash, ishonch va e’tiqodlarini o’stiradi.
3. Yoshlarni muayyan darajada o’qimishli, tarbiyali kishilar bo’lib yetishishlariga, qobiliyat va iste’dodlarini o’stirishga erishiladi.
Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun o’qituvchida o’z kasbiga layoqat bo’lishi lozim. Layoqatlilik pedagogik mehnatni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo’lishdir. Bu avvalo pedagogik kasbning ijtimoiy roli va zaruriyatini yaqqol tasavvur qila olishda ko’rinadi. Bundan tashqari o’qituvchi o’quvchiga qiziqib qarashi uning ehtiyoji va xususiyatlarini tushuna bilishi lozim.
O’qituvchi keng ko’lamdagi didaktik bilimlarga, pedagogik mohoratga ega bo’lishi lozim. Shundagina o’qituvchi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari darajasida ta’lim jarayonini tashkil qiladi va boshqaradi.
Ta’lim mazmuni uning maqsad va vazifalaridan kelib chiqadi. Ta’limning mazmuni deyilganda, o’quvchilarning o’qish jarayonida egallab olishi lozim bo’lgan, hamda tizimga solingan bilim, ko’nikma, malkalarning aniq belgilangan, qamrab olingan doirasi tushuniladi. O’zbekiston respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlaganidek ta’limning mazmuni voyaga yetib kelayotgan barkamol avlodni hayotga mehnat qilishga tayyorlash bilan belgilanadi. Shuningdek ta’lim mazmuni bir qator ehtiyojlarni hisobga olish lozim.
Ta’lim samaradorligini oshirishda o’qitish jarayonida qo’llaniladigan metodlarning o’rni katta ahamiyatga ega. O’qitish metodlari deyilganda ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan hamkorlikdagi faoliyati tushuniladi. O’qitish metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishini, o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
Ta’lim metodi ta’limning maqsad va vazifalariga bog’liq. Metodlar o’quvchilarning yoshiga, ta’limning mazmuniga qarab ta’minlanadi.
Bugungi kunda pedagogika darsliklarida va orttirilgan pedagogik tajribalarga ko’ra ta’lim metodlar quyidagi turlarga ajratilgan:
1. O’qitishning og’zaki metodlari
2. O’qitishning ko’rgazmali metodlari
3. O’qitishning amaliy metodlari
Ta’lim mazmunini o’zlashtirishda o’quvchilarning bilim saviyasini o’zlashtirish qobiliyati, ta’lim manbai didaktik vazifalargi qarab munosib ravishda quyidagi metodlar qo’llaniladi
– o’qitishning og’zaki metodlari;
– o’qitishning ko’rgazmali metodlari;
- o’qitishning amaliy metodlari;
– muommoli everistik modellashtirish metodi;
–o’qitishning muommoli izlanish va reproduktiv metodi;
– o’qitishning indiktiv va dediktuv;
–o’qitishda rag’batlantirish va tanbeh berish metodi;
– o’qitishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodi.

Download 26,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish