O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“Soliqlar va soliqqa tortish” KAFEDRASI
“Chet mamlakatlari soliq tizimi” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: : “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunnning mazmun mohiyati va soliqqa tortishdagi ahamiyati
Bajardi: “Soliqlar va Sug’urta” fakulteti, Soliqlar va soliqqa tortish (ST) – 61 guruh talabasi Majidov Jonibek Bahodir o’g’li
Ilmiy rahbar: prof.S.Shirinov
TOSHKENT-2022
Mundarija
KIRISH 2
1.“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunning tarkibiy tuzilishi 5
2.“O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunning boshqa qonunlar bilan aloqasi 10
3.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish tartibi 13
4.O’zbekiton Respublikasining xalqaro shartnomalarini e’lon qilish, ro’yxatdan o’tkazish va saqlash 17
5.O’zbekiton Respublikasining xalqaro shartnomalarini bajarishga doir chora-tadbirlar 20
6.Ikki tomonlama soliqqa tortmaslik shartnomasi xalqaro shartnoma misolida 24
Xulosa 36
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati 38
Internet saytlari: 39
KIRISH
Ma’lumki iqtisodiyot rivojlangan sari milliy chegaralar kesib o’tiladi, transchegaraviy faoliyatlar paydo bo’ladi, xalqaro miqyosda ishlar olib borila bshlaydi. Buni tartibga solish davlatning vakolatida, balki zimmasidadir. Davlat bu mu ammolarni bartaraf etish uchun xorijiy davlatlar bilan kelishuvga erishish kerak. Bu kelishuvlarni huquqiy jihatdan asoslantirish uchun xalqaro shartnoma va xalqaro loyihalarni imzolashi lozim. Ushbu kurs ishida O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar tuzish yoki xalqaro loyihalarga qo’shilishini huquqiy asosi hisoblangan “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonun haqida so’z boradi. “O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi qonunning mazmuni, mohiyati, shuningdek mazkur qonunning globallashuv jarayonidagi ahamiyati huquqiy tahlillar asosida ochib berilgan. Xalqaro huquqning asoslaridan biri hisoblangan xalqaro shartnomalarning davlatimiz rivojidagi o’rni haqida imkon darajasida yoritib berildi. Shuningdek mazkur kurs ishida davlatimizning xalqaro shartnomalar tuzishining kelib chiqish sabablari, turlari va ularni tatbiq etishga doir chora tadbirlar, shuningdek xalqaro shartnoma tuzish bilan bog’liq nazariyalar, ilmiy qarashlar va xalqaro huquq normalari o’rganilgan.
Xalqaro shartnomalarning soliqqa tortishdagi ahamiyati haqida ushbu kurs ishida alohida to’xtalib o’tilgan va xalqaro shartnomalar misolida ikki yoqlama soliqqa tortmaslik uchun xorij davlatlari bilan tuzilgan shartnomalar keltirilgan. Shuningdek davlatimiz tomonidan ikki karra soliqqa tortmaslik uchun imzolangan xalqaro shartnomalar va konvensiyalar ro’yxati berilgan. Bu tuzilgan shartnomalarning asosiy maqsadi davlatlar aro ish faoliyatini olib boradigan shaxslarni topgan daromadlarini ikki tomon uchun soliq to’lashni oldini olish. Bu shartnomalar davlatlar aro investorlar harakatini erkinlashtiradi. Investorlarni jalb qilish yuzasidan davlatimizda ham keng ko’lamli ishlar olib bormoqda va ularga yengillik yaratish maqsadida xalqaro va milliy me’yoriy hujjatlar imzolamoqda. Bunga misol qilib Vazirlar mahkamasining 2021-yil 13-iyuldagi 437-son qarori misol bo’la oladi. Bu qarorda xalqaro oldi-sotdi va xalqaro investitsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida quyidagicha bandlar keltirilgan: “xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy investorlar bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish ishlarining asosiy yo‘nalishlarini belgilash hamda oshirish borasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalarining rahbarlari hamda savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchilari va xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakillari faoliyatini muvofiqlashtirish”1. Shu kabi qaror va farmonlar xalqaro shartnomalar tuzish uchun ko’makchi bo‘layotganini kurs ishida ko’rishimiz mumkin. Xalqaro shartnomalar ko’lamini oshirish jhar bir sohada muhim hisoblanadi. Bunga misol qilib soliq sohasidagi islohatlardan biri hisoblangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq Qo‘mitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish to‘g‘risida”gi O’zbekistobn Respublikasi Prezidentining PQ-4879-sonli qarorini keltirishimiz mumkin. Qarorda davlat rahbari institutda kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilarni belgilab berdi:
soliqqa tortish va moliyaviy nazorat sohalari uchun bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini takomillashtirish;
kadrlar tayyorlash borasida xorijiy davlatlarning soliq organlari va o‘quv muassasalari bilan tajriba almashishni kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, o‘quv-ta’lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish;
budjet daromadlarini shakllantirishda davlat manfaatlarini hamda soliq to‘lovchilarning huquqlarini ta’minlay oladigan kadrlarni tarbiyalash;
soliq organlari uchun ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tahlil uslublari bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida amaliy va fundamental ilmiy-tadqiqotlar olib borish natijasida innovatsion loyihalarni joriy etishni kengaytirish;
malakali kadrlar tayyorlashni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortish, transfert narxlarni belgilash, tavakkalchiliklarni tahlil qilish, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma’muriyatchiligida ilg‘or axborot texnologiyalarini (Big Data) qo‘llash asosida tashkil etish;
Yuqoridagi davlatimiz rahbarining qarori ham har bir sohada xalqaro munosabatlar zarurligining isbotidir. Bu esa ushbu kurs ishining dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |