Malumki hazirgi kunda yurtimizda trikotaj korxonlari juda rivojlanib bormoqda. Yurtimiz trikotaj korxonalarida tikilayotgan fudbolka, shortik, mayka va boshqa kiyim turlari nafaqat ichki bozorda balki dunyo bozorida o'z o'rnini topib ulgurdi. Etiborlisi yirtimizdagi gigant trikotaj korxonalaridan biri o'zimizni Andijondagi "SAMO" brendi asosida faoliyat olib borayotgan korxonadir. "SAMO" qanchalik rivojlanganini, o'zining mahsulotlarini hatto turkiyaga eksport qilayotganidan bilish mumkin. Men amalyot qilayotgan "Sargasso textile" M.CH.J ham kelajakda ana shunday yutuqlarga erishishiga harakat qilayotgan korxonalardan biridir. O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biridir. Sanoat xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, yangi korxonalarni tashkil etish, ishchi urinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlash, mahsulotlarni eksport qilish bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Shu bilan birgalikda, to‘qimachilik sanoati respublika milliy iqtisodiyotini rivojlantirishda strategik jihatdan muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda sohada sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, Hukumatning katta ko‘magi tufayli sanoat paxta tolasini respublika ichida 100% qayta ishlanishiga erishildi, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar eksporti ulushini sezilarli darajada oshirildi.
Bugungi kunda mahsulotlar dunyoning 55 dan ortiq mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Agar 2016 yilda to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 1,1 milliard dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, 2020 yilga kelib 2,1 milliard dollarga yetdi. O‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining asosiy iste’molchilari MDH mamlakatlari, Xitoy, Turkiya hisoblanadi.
Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilishni diversifikatsiya qilish maqsadida, Tashqi ishlar vazirligi va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda potensial xaridorlar va savdo tarmoqlari bilan doimiy ravishda ikki tomonlama muzokaralar olib borilmoqda. To‘qimachilik mahsulotlarini eksportini jadallashtirishda muhim omillaridan biri “GSP +” rejimi bo‘lib, unga ko‘ra o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari boshqa to‘qimachilik mamlakatlari bilan jiddiy raqobatlasha olishga imkon yaratadi.
Muhim qadamlardan biri 2017 yilda O‘zbekiston Evropa Ittifoqi bilan «to‘qimachilik protokoli» ni ratifikatsiya qilinishi bo‘ldi. Ushbu protokolga muvofiq, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati tovarlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishda bojxona to‘lovlarini sezilarli darajada pasaytirish ko‘zda tutilgan. Agar ilgari o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga Yevropa Ittifoqining bojxona hududiga kirishda 17 foiz miqdorida soliq solinadigan bo‘lsa, protokol shartlariga ko‘ra to‘lovlar 6 foizga tushdi.
Shu o'rinda ko'pchilikka qiziq bo'lgan "GSP nima?" "GSP va GSP+ orasida qanday farq bor?" kabi savollarga javob berib o'tsam: GSP — bu «General System of Preferences» (Imtiyozlar bosh tizimi) iborasining qisqartmasi. Mohiyatan, bu O‘zbekistondagi qariyb hamma mahsulotlar Yevropa Ittifoqi davlatlariga bojsiz eksport qilinishini anglatadi. O‘zbekiston bu imtiyozlarga ega bo‘lgan 9-davlat bo‘ldi.
Shu bilan birga “GSP”ga nisbatan JSTga imtiyozlar beradigan har bir a’zosi, benefitsiar mamlakatlar bajarishi kerak bo‘lgan o‘z mezonlarini belgilaydi. Ushbu sxema rivojlangan mamlakatlar uchun ham, imtiyozlarni oluvchilar uchun ham qulaydir.
"GSP" va "GSP+" ning farqi shuki "GSP" rejimida O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga 3000 ta tovarni bojxona to‘lovisiz va 3200 ta mahsulotni pasaytirilgan stavkalar bilan eksport qilish imkonini beradi. “GSP +” maqomiga kura, O‘zbekiston Yevropa Ittifoqiga eksport qiladigan tovarlar soni 6200 taga ko'paydi va to‘qimachilik mahsulotlarining bojxona stavkalari 4 dan 12% gacha hisoblanadi.
Keyingi bosqichda O‘zbekistonga “GSP +” tizimiga o‘tish vazifasi qo‘yildi. «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi “GSP +” tizimiga qo‘shilish tashabbuschilaridan biri bo‘ldi. Doimiy ravishda Yevropa Komissiyasi vakillari bilan ishlar olib borildi, Tashqi ishlar vazirligi va ITS vazirligi ko‘magida turli darajadagi uchrashuvlar o‘tkazildi, xususan, YEIning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha komissari Piter Burian bilan muzokaralar o‘tkazildi.
Ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston inson va mehnat huquqlariga oid 27 ta asosiy xalqaro konvensiyalarga rioya qilish, shu jumladan, paxta yig‘im-terimida bolalar va majburiy mehnatni yo‘q qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va boshqaruv qoidalariga rioya qilish doirasida juda katta ishlarni amalga oshirdi.
Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston delegatsiyasining Bryusselga tashrifi tashkil etildi. Yevrokomissiya vakillari, tadbirkorlar, mashhur kiyim brendlari va OAV vakillari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada Yevropa tomoni Umumiy imtiyozlar tizimining “GSP +” dan foydalanuvchi maqomini olish uchun zarur bo‘lgan barcha 27 xalqaro konvensiya va bitimlarning O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishini yakunlaganini bildirdi va mamnuniyat bilan qabul qilindi va ushbu maqomni olish uchun O‘zbekiston tomonining arizasini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.
“GSP +” O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?
O'tkan yilning 30 noyabrida Yevropa Komissiyasi O‘zbekiston Respublikasining Preferensiyalarning umumiy tizimi plyus – “GSP +” dan foydalanuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha ijobiy qaror qabul qildi.
“GSP +” tizimi takdim etilib va joriy kilingandan so‘ng o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar va eksportchilar o‘z mahsulotlarini Yevropa bozoriga eksport qilishda bir tomonlama tarif imtiyozlaridan foydalanishni boshlashlari mumkin. Shu bilan birga, o‘zbekistonlik ishlab chiqaruvchilar Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishlari mumkin bo‘lgan tovarlarning soni 6200 taga ko‘payadi.
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, “GSP +”ga muvofiq, dastlabki bosqichda to‘qimachilik mahsulotlarining eksporti hajmi 300 million AQSH dollarini tashkil etadi, keyinchalik 2025 yilga kelib 1,2 milliard AQSH dollarigacha o‘sishi aytilmokda.
Hozirda O‘zbekiston 2,1 milliard dollardan ortiq to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilmoqda. Eksport qilinayotgan mahsulotlarning aksariyati MDH mamlakatlari, Turkiya va Xitoy bozorlariga yo‘naltiriladi. Va atigi 60 million dollar Yevropa Ittifoqi davlatlariga to‘g‘ri keladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, “GSP +” tizimi joriy qilingandan so‘ng Yevropa mamlakatlaridan O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bilan hamkorlikka qiziqishi ortadi, bunga “GSP +” maqomi o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari raqobatbardoshligini oshiradi. Bu fikrlar yevropalik investorlar, yirik korxonalar bilan bo‘lgan uchrashuvlar mobaynida ham o‘z isbotini topmoqda.
Men amalyot davomida korxonaning iqtisodiy faoliyatini chuqur o'rgandim. Institutda o'tilgan, "Korxona iqtisodiyoti", "Mintaqaviy iqtisod", "Marketing", "Innovatsion iqtisod", "Makroiqtiosod", "Mikroiqtiosd" kabi fanlardan olgan nazariy bilimlarimni amalyotga bog'ladim, kerakli hulosalar chiqardim, takliflar berdim.
Quyida "Sargasso textile" korxonasinidagi amalyotimni "Korxona iqtisodiyoti" faniga bog'liq jihatlariga to'xtalib o'taman.
Dast avval korxona o'zi nimaligini bilib olsak:
Korxonani turli belgilariga ko‘ra tavsiflash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |