3.2 Massajchiga va massaj oluvchi qo’yiladigan talablar
Eng avvalo massajchi o’z qo’llariga e’tibor berishi lozim. Qo’llar quruq, toza bo’lishi shart. Qo’l terisi butun, tirnoqlari kalta qilib kesilgan bo’lishi lozim. Har bir massajdan oldin massajchi qo’lini iliq suv va sovun bilan yuvadi. Massaj tugagach yuvilgan qo’llariga kremlar yoki yumshatuvchi suyuqliklarni surtishi kerak. Massajchi massaj qilish vaqtida oq, toza halatda va qulay poyafzalda bo’lmoi lozim. Qo’llarida hech narsa bo’lmasligi kerak, chunki massaj vaqtida teri shikastlanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |