2.5 Massajning ichki a’zolarga va modda almashinuviga ta’siri
Massaj moddalar almashinuvini faollashtirib, organizmning ichki a’zolari funktsiyasiga va hayot faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Massaj ta’siridan to’qimalarning harorati oshadi, natijada kimyoviy reaktsiyalar tezlashib, moddalar almashinuvi jadallashadi.
Massaj tufayli organizmda qonning a’zolarga taqsimlanishi o’zgaradi, ochiq kapillyarlarning soni ko’payadi; qon oqimi kuchayadi va yurak ishi engillashadi.
Umumiy massaj organizmning vegetativ funktsiyalarini (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, qon ishlab chiqarish) tartibga soladi. Qorin bo’shliida joylashgan ichki a’zolarga ham massaj ijobiy ta’sir etadi.
Massaj siydik ajralishini kuchaytiradi. Massaj organizmning muhofaza va boshqaruv (tartibga soluvchi) funktsiyalarini kuchaytiruvchi muhim profilaktik vositadir.
MASSAJNING GIGIENIK ASOSLARI
Massaj xonasiga va jihozlariga talablar............................................................38
3.2 Massajchiga va massaj oluvchi qo’yiladigan talablar…………..….……....…38
3.3 Massaj usullarining fiziologik ta’siri va bajarish turlari………….………......40
3.1 Massaj xonasiga va jihozlariga talablar
Massaj xonasiga va jihozlariga muayyan talablar qo’yiladi.
Massajning maxsus-massaj xonalarida olib borilishi tavsiya etiladi. Har bir ish joyi uchun 8 m2 joy talab etiladi. Ayrim hollarda, havo harorati Q200 -220 S bo’lganida massaj ochiq havoda o’tkazilishi mumkin. Massaj olinadigan joy quyosh nurlaridan va shamoldan muhofazalangan bo’lmoi lozim. Massaj xonalari quruq sun’iy yoritilgan bo’lishi kerak. YOritish 120-130 lyuks bo’lishi shart. Massaj xonalari yaxshi jihozlanib soatiga 2-3 marta havo almashadigan bo’lishi lozim. Massaj xonasi qatorida quruq havoli hammom, dush, kiyinib-echinish xonasi, hojatxona bo’lishi maqsadga muvofiq. Havo harorati va namligining ortishi massajning samarasiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Massaj xonasida hech qanday shovqin-suron bo’lmasligi kerak. YOqimli musiqa ohanglari taralsa, massaj yaxshi o’tadi.
Massaj vaqtida ishlatiladigan talk terini iflos qilmaydi, yo va terni so’rib oladi, terini siranchiq qiladi, ammo ko’pchilik mutaxassislar massajni surtmalarsiz, toza qo’l bilan bajarishni tavsiya etadilar. SHu bilan birga massajning ishqalash usuli bajarilganda teri shilinishi mumkinligini esda tuting. SHuning uchun massajning siqish, ishqalash kabi usullarini moyli surtmalar yordamida olib borish ma’qul. Uqalash va zarb bilan qoqish usullari quruq terida o’tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |