Bajardi: ___________
Tekshirdi: ___________
Toshkent 2008 yil.
«MALIKA AYYOR» DOSTONI
«Malika Ayyor» ham «Go’ro'g'li» turkumiga kiradigan ko'plab doston-
lardan biridir. Asar baxshi Fozil Yo'ldosh tomonidan kuylangan. Doston
an'anaviy ravishda muhabbat va ishqiy sarguzashtlar bilan boshlangan va butun asar davomida sevgiga doir kechinmalar tasvirlangan bo'lsa-da, aslida unda imon-e'tiqod, or-nomus, insoniy iroda, topqirlik, chidam singari ezgu ma'naviy sifatlar hamda bunday fazilatlarga ega bo'lish uchun odam o'tishi zarur sinovlar tasvirlanadi. Bu dostonda qiyinchiliklarni yengib o'tishda Go'ro'gli ko'proq yukni zimmasiga olgan bo’lsa-da, eng tahlikali sharoitlarda ham Shozargar (asli ismi Hasan) va Avaz bilan birgalikda faoliyat ko'rsatganligi tasvirlanadi. Go'ro'gli Avazni safarga jo'natishga jo'natib qo'yib, ortidan o'zi Shoqalandar qiyofasida yo'lga chiqadi. U Torkiston shahri haqidagi aniq ma'lumotlarni Baymoqdev qo'lida yetti yil xizmat qilib kelayotgan bola orqali bilib oladi. Dostonda ruhiy olamning cheksiz qudrati, ilohiy ishonch, e'tiqodning kuchi Shoqalandar va Hasan zargar obrazlari orqali yorqin tasvirlangan. Ayniqsa usta zargar Shozargarning mahorati Malikaga sher yasab berishda yaqqol ko'rinadi. Avazbekning Malika saroyiga kirib borishida ham Shozargarning maslahati qo'l keladi. Dostonda o'zbek yigitlariga xos eng oliyjanob fazilatlar Avaz timsolida aks etgan deyish mumkin. Bu dostonda xalq maqol, matal va qo'shiqlaridan juda o'rinli foydalamlgan. «Yo'li bo'lgan yigltning yangasi oldidan chiqadi», «Er-tilagan yerda aziz», «Chaqirilmasa boruv yo'q, chaqirgan yerdan qoluv yo'q», «Yo'l uzoq bo'lsa ham poygasi sovuq» singari maqollar personajlarning ayni vaziyatdagi ruhiy holati va ijtimoiy o'rnini ifodalaslhi jihatida katta ahamiyat kasb etadi. “Ushbu. damning damlarini dam dema, Shukur qilgin, davlatingni кат derna” misralari ham ushbu dostonda uchraydi.
Darslikda keltirilgan doston parchasining qisqacha mazmuni quyidagicha: «Go'ro'gli Chambil elida podsholik qilar, uning Soqibulbul degan otboqari ham bor ekan, Bir kuni Go'ro'g'li qirq yigiti, Hasani, Avazi va
amaldorlari bilan suhbatlashib o'tirib otboqariga G'irko'k otini egarlab olib kelishini va Shakar ko'lga borib parranda ovlashini aytadi. Soqibulbul: «Hozir safar oyi, bu vaqtda safardan omon kelish mushkul», - deganda, Go'ro'g'lining jahli chiqadi, uni ko'tarib yerga uradi, bundan qo'rqqan otboqar G'irko'kni olib keladi.
Go'ro'g'li otini minib, Zebitcho’ldagi Shakar ko’lga borib, parrandalarni ovlab qaytib kelayotganida bir qo'rg'on ko'rib qoladi. U qo'rg'onning ichiga kirib qarasa, go'zal manzara: olmalar, gullar, bulbullar... Bir to'da qushlar yig'ilib, o'rtada bir laylakni sozanda qilib, ayttirib turishgan ekan. Shu payt osmondan bir ko'k kaptar uchib keladi va pariga aylanadi. Go'ro'g'li unga oshiq bo'lib qoladi, paridan qayerdanligini so'raydi. Pan Shahri Shabistondan bo'lishini, onasining oti Sipar pan, otasining oti Qosimxon, shahrining oti Torkiston ekanligini aytadi. Shundan so'ng, pan bir ag'anaydi-da, kарtarga aylanib uchib ketadi. Go'ro'g'li yurtiga qaytib kelib, qirq eshikli chillaxonasiga kirib xafa bo'lib yotib oladi. Oradan hafta - o'n kun o'tadi.
Go'ro'g'lining
Do'stlaringiz bilan baham: |