Malakaviy pedagogik amaliyotni o'tash haqidagi amaliyotchi
talabaning yakuniy
HISOBOTI Men Tojiboyev Valijon Bahrom o'g'li 2021-yil 20-sentyabrdan 2022-yil 26-maygacha Parkent tumani 47-umimiy o'rta ta'lim maktabida pedagogik amaliyotni o’tadim. Amaliyotga rahbar : zaxiradagi leytinant U.Axmedovga biriktirilgan.
Pedagogik amaliyot davomida men quyidagi vazifalarni bajardim:
O’zimga biriktirilgan Parkent tumani 47-umimiy o'rta ta'lim maktabi 10-A sinf o’quvchilar bilan birga ish olib bordim. Harbiy ta’lim rahbari zaxiradagi leytinant U.Axmedov hamda sinf rahbari o’qituvchi M.Turopovalar bilan birga ish olib bordim.
Ma'naviy-ma'rifiy ishlarda faol qatnashdim va shaxsiy portfolio uchun hujjatlarni tayyorladim.
1 - 2 - haftada o'zimga biriktirilgan 10-A sinf o'quvchilar dars soatlarini kuzatdim. Malakaviy pedagogik amaliyot jarayonida men biriktirilgan xarbiy ta'lim rahbari: zaxiradagi leytinant U.Axmedovga, kuzatuvi ostida ushbu guruhga belgilangan tartibda chaqiriqqa qadar boshlang'ich tayyorgarlik darsini o'tdim. Ushbu sinfda "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari saf nizomi. Saf va uning elementlari" mavzusida ochiq dars o'tdim.
"SHunqorlar" harbiy-sport musobaqasini tashkil etish:
Amaliyot davomida o'quvchilar bilan birga ishlashni, tadbirlarda erkin ishtirok etishni va tashkil qilishni o'rgandim. "SHunqorlar" harbiy-sport musobaqasini harbiy ta'lim rahbari boshchiligida ajoyib tarzda o'tkazdik. Musobaqada 3ta shart bo'yich 10-sinf o'quvchiiari bellashdi. Men ham o'zimga biriktirilgan guruh bilan faol ishtirok etdim. Ularga saf elementlarini, safda shahdam qadam bilan yurish, harbiycha salom berish, safda qo'shiq bilan o'tish hamda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha ko'rgazmali chiqishlarni Har kuni dars mashgulatlaridan so'ng biriktirilgan guruhim bilan birgalikda musobaqa tayyorgarlik ko'rdim.
Men quyidagi ma'naviy-ma'rifiy hamda tashkiliy ishlarni amalga oshirdim:
-23-oktabr kuni 8-sinflar bilan birgalikda Chirchiq Oliy Tank qo’mondonligi bilim yurtiga,
-25-noyabr kuni 10-11-sinf o’quvchilari hamda harbiy rahbar boshchiligida "O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari" muzeyi “G’alaba bog’i”ga sayohatlar uyushtirdik. Shu bilan bir qatorda har hafta.juma kunida ma'naviyat soatida guruh rahbari bilan birgalikda hamda kollej miqyosida quyidagi mavzularda ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etdim: O'zbekiston Respublikasining birinchi prezidentinig xotirasiga bagishlab "O'zbekiston kelajagi mening tasavvurimda" , 1 - haftada "Yoshlar ma'naviy kamolotiga terrorchilik ekstromestik hujumlarning salbiy ta'siri" 2 - haftada "Yoshlar yurt kelajagi" 3 - haftada "Kelajagimiz barkamol avlod qo'lida" 4 - haftada "OITS va sil kasalliklari haqida tushuncha va ularning oldini olish" 5 - haftada "Konstitutsiya-baxtimiz qomusi" 6 - haftada "Ofitser-mardlar kasbi" bundan tashqari 7 - haftada " Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik" , "Vatan himoyasi muqqaddas burch" mavzularida insholar ko'rik tanlovi o'tkazdim.
Bulardan tashqari amaliyot davomida men biriktirilgan harbiy ta'lim rahbari Podpolkovnik A.A.Usmonov va kursdoshlarimni darslarini o'tish metodlarini kuzatdim hamda o'rganib tahlil qildim. Shuningdek o'zim o'tgan darslar mobaynida ushbu metodlardan foydalanishga harakat qildim.
Amaliyotim davomida juda ko'p malaka va ko'nikmalar orttirdim. Harbiy ta'iim rahbari Podpolkovnik A.A.Usmonov, amaliyotchi zaxiradagi leytinant U.Axmedovga hamda pedagogika fan o'qituvchilari menga darsni qanday tashkil qilish borasida o'zlarining taklif, ko'rsatma va maslaxatlarini ayamadilar. Bu esa menga kelajakda kasbimga juda katta yordam berishiga ishonaman.
Hisobotni tayorladi: . V.Tojiboyev.
Hisobotni tekshirdi va qabul qildi CHQBT rahbari : U.Ahmedov