O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
«Tasdiqlayman»
TDPU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor
_________________X.Kadirov
«____» ____________ 2022
Malakaviy pedagogik amaliyoti
(4+2 tartibida)
sillabusi
(VI-kurs)
Ta’lim yo‘nalishi
|
5110500 - Geografiya o‘qitish metodikasi
|
Semestr
|
7-semestr: 03.10.22-29.01.23.
8-semestr: 06.02.23-22.05.23
|
№
|
Taqsimot
|
Vaqt (soat)
|
1.
|
Kunlik maksimal yuklama
|
6
|
2.
|
Xaftalik yuklama
|
12/36
|
3.
|
Haftalar soni
|
23/6
|
4.
|
Umumiy yuklama
|
492
|
Tashkent – 2022
Tuzuvchilar:
N.R.Alimkulov
|
Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, g.f.n.
|
N.B.Sultanova
|
Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti v.b.
|
|
|
Taqrizchilar:
|
|
U.X.Safarov
|
Nizomiy nomidagi TDPU Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, p.f.n.
|
M.Mirakmalov O’zMU “Tabiiy geografiya” kafedrasi mudiri, DSc
O‘quv metodik boshqarma boshlig‘i: «__» ______________ __________________ G‘.Abdulakimov
Geografiya va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri PhD:
«__» ______________ _________________ A.B.Rasulov
Amaliyot bo‘yicha umumiy rahbar: Janzakov Anvar Botirovich
Ish joyi: Nizomiy nomidagi TDPU
Nomer telefona dlya svyazi: (+99899)7933426
E-mail: janzakovanvar gmail.ru
Prerekvizitlar:
Mazkur amaliyotni o‘tash uchun talaba quyidagi fanlarni egallagan bo‘lishi kerak: mutaxassislikka kirish, tabiiy geografiya, iqtisodiy-ijtimoiy geografya geografiya oʻqitish metodikasi, geografiyani o’qitishda innovatsion texnologiyalar, geografiyadan masala va mashqlar, Yosh fiziologiyasi va gigienasi, psixologiyaning asosiy aspektlari.
Postrekvizitlar:
Mazkur amaliyot Umumiy Yer bilimi, Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, O’rta Osiyo va O’zbekiston tabiiy geografiyasi hamda Markaziy Osiyo iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi, O’zbekiston iqtisodiy-ijtimoiy geografiysi, pedagogika fanlarini egallash uchun amaliy yordam beradi.
Mazkur amaliyot Geografiya o‘qitish metodikasi fani va pedagogik amaliyot (4-kurs) uchun fundamental asos bo‘lib xizmat qiladi.
Malakaviy pedagogik amaliyotining zarurati
Malakaviy pedagogik amaliyoti davomida amaliyotchi-talabalar umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ijtimoiy muhiti, ta’lim muhiti, muassasa sub’ektlari o‘rtasidagi munosabatlar, ota-onalar va ularning o‘rnini bosuvchilar bilan ishlash prinsiplari, mediasavodxonlik va boshqalar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar xosil qilishlari lozim.
Talabalar muassasa rahbariyatining ish yuritish jarayonlari, boshqaruvchilik faoliyati, fan o‘qituvchilarining dars davomida o‘quvchilar bilan hamda sinf rahbarining tarbiyaviy faoliyat yuzasidan o‘quvchilarga munosabatlari, me’yoriy hujjatlari bilan tanishishlari kerak.
Amaliyotning maqsadi – bo‘lajak geografiya fani o‘qituvchilarining amaliy-kasbiy ko‘nikalarini shakllantirish va pedagogik amaliyotga tayyorlash.
Amaliyotning vazifasi – talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish, ko‘nikmalarini shakllantirish, nazariy olingan bilimlarni mustaxkamlash, rivojlantirish; o‘quv jarayonini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan tanishtirish; ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya jarayonining hususiyatlari to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish; talabalarda mediasavodxonlikni rivojlantirish; talabalarda kommunikativ qobiliyatlarni rivojlantirish va boshq.
Do'stlaringiz bilan baham: |