Bankning investitsion faoliyati kengayishi sababli tashkil topgan investitsiya Qo'mitasi ham korporativ boshqaruvda muhim o'rin tutadi. U quyidagi vazifalarni bajaradi:
Shu'ba korxonalar faoliyati samaradorligini o'sishida ko'maklashish;
Daromadlilikni oshirish maqsadida investitsiyalar hajmini kengaytirish;
Investitsiyalar bozorini tahlil qilib borish.
Korporativ boshqaruvning barcha tuzilmalari faoliyati bank biznesining ajralmas qismi hisoblangan risklarni kamaytirish va oldini olish uchun qaratilgan.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi tomonidan 2015 yil 31 dekabr kuni (11.02.2016 y. 02-02/1-187-son bayonnoma) aksiyadorlik jamiyatlari uchun tavsiya xususiyatiga ega korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlandi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan korporativ boshqaruv kodeksining 37-bandiga muvofiq, AKda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi va korporativ boshqaruv ilmiy-ta'lim markazi tomonidan tasdiqlanadigan anketa asosida amalga oshiriladi.
Amaliyot obyektining ichki va tashqi aloqalari.
Tashki iqtisodiy faoliyati.
AT «Aloqabank» tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni olib borishdan ko`zlangan maqsad quyidagilardan iborat:
Valyuta aktivlari va passivlarini samarali boshqarish tizimini takomillashtirish;
Valyuta operastiyalarini amalga oshirish bilan bog`lik barcha xavf-xatarlarini boshqarish uchun ichki tartiblarni optimallashtirish;
Bank faoliyatida valyuta xisob-kassa va depozit operastiyalari, xalqaro to`lovlar, xalqaro to`lov cheklari va plastik kartalari bilan operastiyalar, investistion faoliyat, xalqaro moliya institutlari mablag`larini jalb etish, naqd chet el valyutasi muomalasi, xalqaro kafillikni faol rivojlantirish;
O`rnatilgan vakillik munosabatlari tizimi orqali mijozlarning tashki iqtisodiy faoliyatini yuritishlari uchun keng kamrovli bank xizmatlarini ko`rsatish, ularning mablag`laridan foydalanish samaradorligini oshirish ishlarini jonlantirish;
Bank xizmati ko`lamini oshirish maqsadida mijozlarning eksport-import operastiyalari bo`yicha amalga oshiriladigan bank kafolati, akkreditiv to`lov shakllaridagi xisob-kitob tizimini amalga oshirishda xorijiy bank korrespondentlar xamkorligida ishlash ko`lamini kengaytirish;
Xalqaro valyuta bozorlarida katnashish xamda konversion operastiyalar ko`lamini yanada keng qamrovda amalga oshirish:
Xalqaro pul o`tkazmalari faoliyatini kengaytirish xamda shu yo`l bilan joriy valyuta operastiyalar turini ko`paytirish;
Iqtisodiy rivojlangan davlatlar banklarida bankning vakillik munosabatlarini o`rnatishni yanada kengaytirish.
Bank quyidagi professional uyushmalar va birjalarning azosi hisoblanadi:
O`zbekiston Banklar Assotsatsiyasi (O`BA);
O`zbek Respublika valyuta birjasi (O`RVB);
S.W.I.F.T xalqaro to`lov tizimi;
Visa xalqaro to`lov tizimi;
“Toshkent” Respublika fond birjasi (RFB);
Yildan yilga “Aloqabank”ning xalqaro moliya institutlari bilan hamkorligi faollashib bormoqda. Ular orasida: Xalqaro tiklanish va taqraqqiyot banki, Xalqaro Moliya Korporatsiyasi, Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi, Yevropa qayta tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Xususiy sektorni rivojlantirishning Islom korporatsiyasi.
Oldinlari tuzilgan shartnomalar bo`yicha Xalqaro moliya institutlarining uzoq muddatli sarmoyalarini jalb qilish shuningdek yangi loyihalarda qatnashish masalalarini ishlab chiqish bankning mikromoliyalashtirish, kichik biznes subyektlarini kreditlash savdo moliyalashtirishidagi faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari rivojlanishdagi muhim turtki bo`lib bankka turl faoliyat sohalarida texnik yordam ko`rsatish bo`ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |