1.4 Bankda kadrlar siyosati.
Bankda kadrlar salohiyatini rivojlantirish, yangi mahsulot va texnologiyalarni o`zlashtirish, bank mutaxassislari va raxbariyatining vakolatlari va mas’uliyatlarini oshirish ko`zda tutilgan. Kelgusida kadrlarni yuqori darajada malaka va iqtisodiy bilimlarini oshirishlari, bankning strategik rivojlanishi masalalarini xal qila oladigan malakali guruxlarni tashkil etish kadrlar siyosatining asosiy vazifasi xisoblanadi. Bank yuqori malakali kadrlarni tanlab olish va ilg`or jamoani shakllantirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan. Buning uchun kadrlar siyosatidan kelib chikkan xolda quyidagi asosiy yo`nalishlar belgilab olindi:
Bankni yuqori malakali xodimlar bilan ta’minlash:
Xodimlarga bo`lgan ehtiyojni o`rganish, prognozlash, xodimlarni tanlash va saralab olish tizimini tashkil qilish;
Kadrlar zaxirasini shakllantirish, xodimlarning lavozim pog`onalarida ko`tarilishini rejalashtirish;
Xodimlarni professional o`qitish, ularning malakasi va bilimlarini oshirib borish;
Xodimlar malakasi va bilimlarini yaxshilash, ularning sifat tarkibini yaxshilash.
1.5 Bank aktsiyalari.
Bankning barcha aksiyalari oddiy aksiyalar hisoblanadi. Bankning barcha aksiyalari hujjatsiz shaklda chiqariladi.
Bank oddiy aksiyalarini joylashtirishi shart hamda bir yoki bir nechta turdagi imtiyozli aksiyalarni joylashtirish huquqiga ega.
Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati bank ustav kapitalining 20 foizidan oshmasligi lozim.
Amaliyot obektining boshqaruv – tashkiliy strukturasi.
Samarali korporativ boshqarish - bankning muvaffaqqiyatli faoliyatining muhim sharti hisoblanadi, barqaror rivojlanishni aniqlovchi, aksiyadorlar, mijozlar va boshqa aloqador shaxslarning huquqlari va haqlarini himoya qiluvchi, moliyaviy tashkilotning faoliyatini oshirish sohasidagi eng muhim yo'nalishi bo'lib xizmat qiladi.
Bank faoliyati turli risklar bilan bog'liqdir. Shu bois korporativ boshqarishga va ichki nazoratga mukammal yondashuv zaruriyati mavjud. Ichki nazoratning aniq tizimini o'rnatish uchun bank risklar tavsifining to'liq va doimiy baholashini o'tkazadi.
Bankda boshqarishning yuqori organi - Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi, bank kuzatuv Kengashi, bank Boshqaruvi, hamda Taftish Komissiyasi, Boshqaruv qoshidagi 7 ta Qo'mita va Kengash qoshidagi Kengash a'zolari kiruvchi 4 ta Qo'mitani o'z ichiga olgan korporativ boshqarishning mukammal tuzilmasi ishlamoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |