1.8. Malakaviy amaliyot dasturini tuzishga oid uslubiy tavsiyalar
Ushbu tasdiqlangan Dasturga muvofiq har yangi o`quv yilida malakaviy amaliyotning yangilangan dasturi ishlab chiqiladi va unda qonunchilikdagi, malakaviy amaliyotni tashkil etish, uni o`tkazish uslubiyoti va nazoratidagi o`zgarishlar, joriy etilgan yangi pedagogik texnologiyalar va kasb maxorati hisobga olinib, xar bir o`rganiladigan masalaga tuzatishlar kiritiladi. Undan tashqari malakaviy amaliyot dasturida ta`lim yo`nalishi bo`yicha nazariy, amaliy va tajribaviy bilimlarni, mustaqil ta`limni chuqur darajada o`zlashtirilishi ta`minlanadi.
2.MALAKAVIY AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA O`TKAZISH REJASI
(2-chi malakaviy ( ishlab chiqarish) amaliyoti - 24 kun)
№
|
Malakaviy amaliyotda o`rganiladigan masala, uning qisqacha mazmuni
|
Rejalashtirilgan amaliyot kunlari
|
|
Ishlab chiqarish korxonasi to`g’risida ma`lumot, uning qisqacha tarixi boshqaruv tizimi va ishlab chiqarish bo`limlari tasnifi. Ishlab chiqarish korxonasiga (tashrif) borish, amaliyot uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash (texnika havfsizligi, hayot faoliyati xavfsizligi)
|
1...2
|
|
Ishlab chiqarish korxonasi xom ashyosi va tayyor maxsulotlari, ularning tasnifi Xom ashyoni etkazish, qabul qilish, baxolash, xom ashyoni saqlash va uni tashkil etilishi
|
3…4
|
|
Topshiriqga muvofiq korxona tsexlaridan biror bir texnologik tizimning yoki texnologik jihozning sxemasi tasviri va jarayonni amalga oshirish shart-sharoitlari va ketmaketligi o’rganish. Topshiriqga muvofiq korxona tsexlaridan biror bir texnologik tizim yoki jihozda ishtirok etayotgan asosiy texnologik parametrlarni va jarayonni avtomatlashtirishning funktsional sxemasini o`rganish
|
5...8
|
|
Topshiriqga muvofiq korxona tsexlaridan biror bir texnologik tizimdagi asosiy texnologik qurilmani kompyuterli boshqarish sxemasini o`rganish. Texnologik qurilmadagi avtomatika elementlari va qurilmalarini o`rnatish va ta`mirlash sxemali tasviri va amalga oshirish shart-sharoitlarini o`rganish
|
9…12
|
|
Korxonadagi nazorat o`lchash asboblari va avtomatlashtirish tsexini strukturasi ,bajaradigan vazifalari hamda ulardagi stendlar bilan bilan tanishish. Nazorat o`lchash asboblari va avtomatlashtirish tsexidagi temperaturani o`lchash asboblarni tekshirish va ta`mirlash, o’rnatish va sozlash stendida malakasini oshirish
|
16...18
|
|
Nazorat o`lchash asboblari va avtomatlashtirish tsexidagi bosimni o`lchash asboblarni tekshirish va ta`mirlash, o’rnatish va sozlash stendida malakasini oshirish. Nazorat o`lchash asboblari va avtomatlashtirish tsexidagi sathni o`lchash asboblarni tekshirish va ta`mirlash, o’rnatish va sozlash stendida malakasini oshirish
|
20...22
|
|
Malakaviy (ishlab chiqarish) amaliyot bo`yicha yakuniy hisobotni tayyorlash, amaliyot kundaligini rasmiylashtirish, hisobotni himoya qilish va baxolanishga erishish
|
23...24
|
Jami: 24
Do'stlaringiz bilan baham: |