Malakaviy amaliyotning maqsadi va uning o`quv jarayonidagi o`rni. Malakaviy amaliyotni o`tishdan maqsad



Download 0,81 Mb.
bet14/18
Sana21.07.2022
Hajmi0,81 Mb.
#832826
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
амалиёт дастур ТЖБАКТ2-kurs 2.04 (2)

6. AMALIYOTNI OTISH KUNDALIK DAFTARNI TUTISH VA HISOBOTNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI


Amaliyot davrida bajarilgan ishlarni muntazam yozib borish va o’zining ishini rejalashtirish maqsadida talabalar kundalik daftar tutishlari shart. Bu daftarga kun bo’yi bajarilgan ish har kuni yozib boriladi. Daftar grammatika va orfografiya qoidalariga binoan tuzilishi, savodli, husnixat bilan yozilishi kerak. Kundalik daftarda Korxona va institutdan tayinlangan amaliyot rahbarining davriy tekshirganliklari haqida belgilar bo’lishi lozim. Kundalik daftarsiz, hisobot himoyaga qabul qilinmaydi.
Hisobot qisqa yozilgan va eskizlar, sxemalar, chizmalar jadvallar bilan to`ldirilgan bo`lishi kerak. Hisobot standart A4 formatli varaqlarning bir tomonidan DS 2. 105 - 79 standartiga muvofiq yoziladi. Amaliyot bo’yicha hisobot titul varag’ining shakli ilovada keltirilgan. Titul varaqdan so’ng amaliyot topshirig’i varaqasi, so’ngra hisobotning mundarijasi keltiriladi
Rasmlari va sxemalari qalam bilan alohida varaqlarda bajarilishi kerak. Rasmlar raqamlar bilan belgilangan va zarur bo`lgan yozuvlar bo`lishi kerak. Rasmlardagi yozuvlar chizma shriftlari bilan, matnda yozilgan harflar va sonlar o`lchamiga teng bo`lishi kerak.
Hamma jadvallarning raqamlari va sarlavhalari bo`lishi kerak. Hisobot quyidagilarni o`z ichiga olishi zarur: titul varag`i, mundarijasi foydalaniladigan adabiyotlar ro`yxati, ilovalar (zarur bo`lgan hollarda).
Hisobot varaqlari (betlari) nomerlanadi. Birinchi varag`ida (titul varag`i) bosh raqami qo`yilmaydi. Agar hisobotda rasmlar va jadvallar alohida varaqlarda bo`lsa ularni ham umumiy raqamlashga kiritish kerak.
Ilovalar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati ham varaqlarning umumiy raqamlanishiga kiradi. Amaliyotning oxirida hisobot Korxona va kafedra tomonidan tayinlangan rahbarlar tomonidan tekshiriladi. Hisobotga amaliyot o`tganligi to`g`risida Korxonadan tayinlangan rahbar tomonidan taqriz ilova qilinadi.
Institut va Korxona ma`muriyati tasdiqlagan dasturga muvofiq hisobot yozib boriladi va undan tashqari sex boshlig`ining imzosi bilan kundalik daftari ham to`ldiriladi.
Talabaning o’zi ishlagan Korxona, uchastka va konstruktorlik byurosi bo’limida ishni tashkil qilish darajasi to’g’risidagi shaxsiy fikri. Amaliyotni o’tish sharoitini yaxshilash bo’yicha takliflar.
Amaliyot tugagandan keyin hisobot talaba ta`lim olayotgan mutaxassislik kafedrasiga beriladi. Talaba hisobotni komissiya oldida himoya qiladi. Komissiya esa kafedra tomonidan tuziladi. Komissiya tarkibiga kafedra mudiri, amaliyot rahbari va amaliyot o`tkazilgan fanlar bo`yicha etakchi o`qituvchilar kiradi.
Hisobotni topshirish muddati – o`qish jarayonining birinchi haftasi hisoblanadi. Amaliyot dasturini bajarmagan, bajargan ishi to`g`risida qoniqarsiz taqriz olgan yoki himoyadan qoniqarsiz baho olgan talabani institutdan chetlashtirilishi haqida masala ko`rib chiqiladi.
1. Amaliyot yakunida talaba yozma ravishda hisobot tayyorlaydi va uni bevosita amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar imzolagan kundalik daftar bilan birga oliy ta’lim muassasasidan tayinlangan rahbarga topshiradi. Hisobot talabaning amaliyot davrida bajargan muayyan ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, amaliyot ob’ekti bo‘limlarining qisqacha izohi (sex, bo‘lim, laboratoriya va boshqalar), ular faoliyatining tashkil qilinishi, hayot faoliyatining xavfsizligi to‘g‘risidagi masalalar, amaliyot natijalari bo‘yicha xulosa va takliflarni o‘z ichiga olishi lozim.
2. Amaliyot yakunida talaba o‘z hisobotini oliy ta’lim muassasasi tomonidan tayinlangan komissiya oldida himoya qiladi.
Komissiya tarkibiga o‘tilayotgan amaliyot fanini olib boruvchi o‘kituvchi, oliy ta’lim muassasasi tomonidan biriktirilgan rahbar va imkoni bo‘lsa, amaliyot ob’ektidan tayinlangan rahbar ham kiritiladi.
Amaliyot natijasi bahosi talabaning kursdan kursga o‘tishi va stipendiya belgilashda hisobga olinadi.
Amaliyot yakuni oliy ta’lim muassasasining ilmiy – uslubiy anjumani va amaliyot
ob’ektining ishlab chiqarish kengashida muhokama qilinadi.
Oliy ta’lim muassasasi va fakultet ilmiy kengashida amaliyotning natijalariga yakun yasaladi.
3. Amaliyot dasturini bajarmagan, ishi haqida qoniqarsiz taqriz yoki hisobot, himoyasida qoniqarsiz baxo olgan talaba ta’til vaqtida o ‘z hisobidan qayta amaliyot o ‘tashga jo ‘natiladi.
Ayrim hollarda, bunday talabaning kelgusida oliy ta’lim muassasasida o ‘qishi mumkinligi masalasi rektor tomonidan ko ‘rib chiqiladi. (O ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta’lim vazirligining «Oliy maktabning me’yoriy hujjatlarini tasdiqlash to ‘g ‘risida» gi 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli BUYRUG ‘I, O ‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining Tanishuv amaliyoti haqida NIZOM)
Amaliyot bo’yicha talabaning bilimini baholashda amaliyot rahbarlarining talabaga bergan tavsifnomasi e'tiborga olinadi. Talaba o’z hisobotini kafedra tayinlagan komissiya oldida himoya qiladi. Amaliyot hisoboti mazmuni, sifati, texnikaviy savodli tuzilganligi asosida baholanadi. Himoya natijasi Nizomga belgilangan baho asosida baholanadi.




  1. Download 0,81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish