Malakaviy amaliyoti


Yetakchi xorijiy mamlakatlaming davlat moliya tizimi



Download 141,98 Kb.
bet5/13
Sana20.07.2022
Hajmi141,98 Kb.
#827498
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
НАМУНА ХИСОБОТ a0c9cfabe4b7ea932b56e5a62537398d

Yetakchi xorijiy mamlakatlaming davlat moliya tizimi


  • Rivojlangan xorijiy mamlakatlaming davlat moliya tizimi moliyaviy munosabatlaming quyidagi bo'g'inlaridan iborat:
    Davlat byudjeti tizimi;
    Davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ davlatlarda esa — federatsiya a’zolarining krediti;
    Maxsus nobyudjet fondlar;
    Davlat korporatsiyalari moliyasi.
    Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilmasi, eng avvalo, davlat tuzilishiga bogMiq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki bo‘gimndan iborat:
    Davlat byudjeti;
    Ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari byudjeti
    Mahalliy byudjetlar unitar davlatlarda o'zlarining daromadlari va xarajatlari bilan Davlat byudjeti tarkibiga kirmaydi.
    Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan tarkib topgan:
    Davlat byudjeti, yoki federal byudjet yoki markaziy hukumat byudjeti;
    Federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda — shtatlar byudjeti, Kanadada — provinsiyalar byudjeti, GFRda - yerlar byudjeti, Shveytsariyada — kantonlar byudjeti va h.k.);
    Mahalliy byudjetlar.
    Mahalliy byudjetlar o ‘z daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o‘z navbatida, davlat federal byudjeti tarkibiga kirmaydi.
    Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining yetakchi bo‘gimlaridan biri Davlat byudjetidir. U davlat va o'zo'zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo'ljallangan markazlashtirilgan pul mablag'lari fondini shakllantirish va undan foydalanish shaklidan iboratdir. Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo'lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70 foizdan 90 foizgacha va ayrim davrlarda undan ham ko'proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i, korporatsiyalar foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo'shilgan qiymat solig'i va bojxona bojlari Davlat byudjetiga biriktirilgan. Yetakchi xorijiy mamlakatlardagi ko'pchilik Davlat byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo'lib, u davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o'sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlaii bilan qo'shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliya tizimining uchinchi bo'g'ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o'rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo'lib, unga ko'ra davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag'lami qarzga oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo'lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yo'naltiriladigan mablag'laming salmog'i mahalliy byudjetlarda Davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bo'lib, ular Davlat byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo'li bilan kerakli mablag'lami oladi.
    Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo'g'inlaridan yana biri bu maxsus byudjetdan tashqari fondlardir.
    Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik maxsus byudjetdan tashqari fondlar orasida milliy sug'urta fondlari alohida o'rinni egallaydi. Bu fondlar korxona ishchilari va tadbirkorlarning sug'urta badallari hamda Davlat byudjetidan beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug'urta fondlarining mablag'lari yosh, nogiron va boquvchisini yo'qotgan fuqarolarga pensiyalar to'lashga, vaqtinchalik m ehnat qobiliyatini yo'qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo'yicha nafaqalar berishga sarflanadi. Bunda mablag'laming asosiy qismi yosh bo'yicha pensiyalarni to'lashga yo'naltiriladi. Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va to'langan sug'urta badallari miqdoriga nisbatan belgilanadi.Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliya tizimi bo'g'inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G'arbiy yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng va 1945—1950 yillarda temir yo‘1 va havo transporti, energetika tarmog'i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O'sha paytlarda bu tarmoqlar texnikaviy jihatdan o'ta qoloq va raqobatga bardoshsiz edi. Ularni qayta isloh qilish juda katta miqdordagi mablag'lami talab etdiki, bu mablag'lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to'lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar modemizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg'or bo'lishiga qaramasdan, moliyaviy jihatdan, hamon past rentabelli yoki zararga (ziyonga) ishlaydigan bo'lib qolaverishdi. Davlat korxonalarining moliyaviy holati og'irligiga asosiy sabab ulaming mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosati yurgizilayotganligidir.
    0‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron doiralaridagi yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatga ko'ra ko'pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulki miqdorini keskin kamaytirdi.

    Download 141,98 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish