AMALIYOT HISOBOTI
(12.04.2022-y _04.06.2022-y)
AMALIYOTCHI TALABA : Ibragimov Bekzod
MA’SUL O’QITUVCHI : Ochilov Baxshillo
Guliston 2022-yil
HISOBOT MAZMUNI :
I. Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
II. Bajarilgan ishlar
2.1. O’quv ishlari.
2.2. Ma’naviy – marifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar
Malakaviy amaliyot olib borilgan muassasa.
Maktab binosi ma’muriy xonalardan tashqari 36-ta xonali. Bino 2-ta korpus va stadiondan tashkil topgan.
Bu maktab Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani Do’ngariq mahallasida joylashgan.
Maktabning elektron manzili : gulistan - sh 33m@inbox.uz ekanini bilib oldim. Maktabda darslar 2 smenada tashkil etiladi. 32 nafar o'qituvchi pedagog dars beradi. Shundan 19 nafari yoki 59 % ini ayol o'qituvchilar tashkil etadi. Erkak o'qituvchilar soni 13 ta yoji 41% ni tashkil etadi. Jami o'quvchilar soni 373 ta. Shundan 191 tasi (51%) ini qizlar tashkil etadi. O'g'il bolalar 182 ta (49%). Jami sinflar soni 16 ta.
1-smenadagi sinflar 8 ta (50%)
2-smenadagilar 8 ta (50%)
1-smenadagi ò'quvchilar soni 219 ta (59%)
Maktabning barcha pedagog xodimlari o’quvchilarga ta’lim va tarbiyani uzviy ravishda berib bormoqda.
Maktab xonalari hali ham qo’shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda.
Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o'quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o’rinlarni olib kelishgan. 12.04 .2022-yil kuni ilk bor maktabga tashrif buyurdim.
Malakaviy amaliyotim davomida nafaqat o’quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o’rganib chiqdim.
II. Bajargan ishlar
2.1. O’quv ishlari:
Ta’lim muassasasiga kelishim bilan menga biriktirilgan Matematika fani o’qituvchisi Ochilov Baxshillo akaning darslarini iloji boricha 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o’qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o’zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
Ustozlarimiz aytganidek, malakaviy amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
Malakaviy amaliyot davrida biriktirilgan o'qituvchi Ochilov Baxshillo aka ning yordamlari katta bo’ldi. Ish reja tuzish tartibini o’rgatdi. 12.04.2022-y ga qadar qaysi mavzular o’tilganligini, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o’tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, 4-chorak oxiri o’quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobotga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning kalendar rejasini taqdim etdi.
Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushintirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.
Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o’rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usuliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg’u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo’lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.
- Ochilov Baxshillo aka o'zining qo'l ostidagi 8- sinfning darslarini kuzatishim kerakligini va shanba kunlari 6-sinflarga darsga kirishimni ta'yinladi. Ba'zan sinfni o’zimga topshirib ketdi. Dars o’tmoqchi bo’lgan mavzularim uchun o’zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o’tdim.
Dars jarayonida bunday qo’shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O’ylaymanki, dars jarayonida yangi ma'lumotlar qo’llab yaxshi natijalarga erishaman.
2.2 Ma’naviy-ma’rifiy ishlar:
Ochilov Baxshillo aka ustozimiz ko’magida 6-sinflar o’rtasida matematik kecha o’tkazdik. Tadbirda 6-a-sinf, 6-b-sinflar o’zaro bellashdilar. Tadbir uchun quyidagi shartlar qo’yildi.
Tanishtiruv
Berilgan misollarni to’g’ri ishlash
Erkin mavzu
Mantiqiy savol
Barcha ikki xonali sonlarni hech narsadan foydalanmay ko’paytirish
Tadbir juda ajoyib , bahs va muzokaralarga boy tarzda bo’lib o’tdi. Hakamlarlarning xolisona baholaganligiga ko’ra 6-a-sinf 1-o’rinni, 6-b-sinf 2-o’rinni olishdi.
III. Xulosa va takliflar.
Xulosa
Malakaviy amaliyot haqida xulosam shuki, o’rgangan bilim va ko’nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo’lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4yil o’qishning o’zi kamlik qiladi. Bo’lajak pedagog xodim uchun eng kerakli narsa o’quv jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda psixologiya, nutq madaniyati, metodika kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi. Albatta o'qituvchida o'quvchilar bilan muloqot, shaxs jo'shqinligi (irodaviy ta'sir ko'rsatish), hissiy turg'unlik ya'ni o'zini qo'lga olish, ijodiy qobiliyat, optimistik faraz orqali o'quvchilarni baholash, shuningdek dars paytida mimika va qo'l harakatlarini to'g'ri qo'llay olish xislati bo'lmog'i lozim.
Mening fikrimcha, oily ta’limni bitirib maktab ostonasiga ilk qadam qo’yayotgan o’qituvchi uchun malakaviy amaliyot kamlik qilar ekan. Shuning uchun ham biz talabalar Universitetda ta'lim olish jarayonida ustozlarimizning dars o'tish usul va metodlarini kuzatib o'rganib borishimiz darkor
Do'stlaringiz bilan baham: |