Malakaviy amaliyot hujjatlari amaliyot davri oylik hisobot



Download 56,5 Kb.
Sana22.01.2020
Hajmi56,5 Kb.
#36510
Bog'liq
2 5217739361688224354

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

CHET TILLAR FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH: INGLIZ TILI YO’NALISHI

III BOSQICH 16.55-GURUH TALABASI

YUSUPOV FIRDAVSNING

2018-2019 O’QUV YILIDA O’TKAZGAN

MALAKAVIY AMALIYOT HUJJATLARI

AMALIYOT DAVRI

OYLIK HISOBOT

Tasdiqlayman”



Farg’ona viloyati Rishton tumani Xalq ta’limiga qarashli 3-sonli umumiy o’rta

ta’lim maktab direktori : Nigora Pattayeva

Farg’ona davlat universiteti Chet Tillar fakulteti filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi III-bosqich 16.55-guruh talabasi Yusupov Firdavsning Malakaviy amaliyot davri



Hisoboti



Men Yusupov Firdavs 01.07.2018dan 29.07.2019gacha Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabida malakaviy amaliyotda bo’ldim.

Amaliyotim davrida ingliz tili o’qituvchilari bilan muntazam ish olib bordim va maktab ichki tartib-qoidalari bilan tanishdim va o’rgandim. O’qituvchilarning dars o’tish jarayonlarini kuzatdim va dars jarayoni uchun kerak bo’ladigan turli o’qitish metodlari, yangi pedagogik texnalogiyalarning dars davomida qo’llanilishini, shu bilan birga, noan’anaviy o’qitish uslublaridan foydalanishni va eng asosiysi pedagog sifatida o’quvchi bilan to’g’ri va samarali aloqa o’rnatishni kuzatdim va o’rgandim. Ingliz tili o’qituvchilari yordamida dars rejasini tuzishni, darslar uchun mustaqil ravishda konspekt yozishni, foydalanishni, darsni to’g’ri tashkillash, mavzuga mos bo’lgan materiallar, ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, mashqlar, mavzularga mos keladigan o’yinlar tayyorlashni, barcha o’quvchilar bilan birdek ishlashni, darsga jalb qila olishni, o’quvchilarni rag’batlashni, vaqt taqsimotini to’g’ri tashkil etishni o’rgandim va o’zim ham mustaqil ravishda o’quvchilarga dars o’tdim. Bunda menga o’qituvchilardan o’zlashtirgan bilimlarim samara berdi.

Amaliyotim mobaynida bir qancha ochiq darslarni kuzatdim va ularni qanday tashkillashni, nimalarga ko’piroq e'tiborli bo’lish kerakligini, qanday usullar orqali ochiq darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni o’rgandim.

Shu bilan birga maktabdagi jamoat ishlarida ham faol ishtirok etishga harakat qildim. Sinflarda o’tkaziladigan ma’naviyat soatlarida muntazam qatnashdim. Ma’naviyat soatlarini olib borishni kuzatish jarayonida guruh rahbari ish rejasi asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishni o’rgandim. Davomati va o’zlashtirishi past o’quvchilar bilan ish olib borishni, ularga ko’maklashishni o’zlashtirdim. Bunda menga sinf rahbarlarning yo’l-yo’riqlari yordam berdi.

Shuningdek, amaliyotim davomida bo’lib o’tkan bir nechta tadbirlarda ishtirok etdim va ularni tashkillash jarayonida o’qituvchilarimga yordam berdim. O’zim ham mustaqil tarzda tadbir o’tkazdim. Bunda, albatta, maktabdagi ustozlar va o’quvchilarning yordamlari katta madad bo’ldi.

Ishonamanki, ushbu amaliyot davrida o’rgangan va keyingi bosqichlarda o’rganadigan bilim va tajribalarim menga kelajakda ish faoliyatimda va albatta yetuk malakali mutaxassis bo’lib yetishishimda katta yordam beradi.

Amaliyotchi talaba: F.Yusupov

Amaliyot rahbari: O.Jo’rayev

AMALIYOTCHI TALABAGA

TAVSIFNOMA

Farg’ona Davlat universiteti chet tillar fakulteti Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili yo’nalishi 16.55-guruh talabasi Yusupov Firdavsga Farg’ona viloyati Rishton tumanidagi 3-umumiy o’rta ta’lim maktabining 01.07.2018dan 29.04.2019gacha amaliyot o’tash davri bo’yicha

Tavsifnoma

Yusupov Firdavs Zokirjon o’g’li pedagogik amaliyotni o’tash davrida o’zining intizomi bilan boshqa talabalardan ajralib turdi. Dars mashg’ulotlarini tashkillashda ingliz tili fani o’qituvchisi O.Jo’rayevga astoydil ko’makchi bo’lib, o’zining nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashi bo’yicha tirishqoqlik bilan faoliyat olib bordi.

O’qituvchilardan dars o’tish metodlarini yaxshi o’zlashtirib ,o’zi ham mustaqil tarzda darslarni o’tkazdi, muntazam mashg’ulotlar olib bordi.

Darsdan tashqari paytlarda past o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan qo’shimcha mashg’ulot olib bordi. Sinf bilan ishlashda jamoa topshiriqlarini bajarishda, o’quvchilar bilimini oshirish yo’nalishida yaxshi natijalarga erishib amaliyot davrini o’tadi.

Kelajakda Yusupov Firdavs malakali pedagog kadr bo’lib yetishishiga ishonamiz.

Maktab direktori: N.Pattayeva

AMALIYOT DAVRI KUNDALIGI

TAHLIL DAFTARI

AMALIYOT DAVRI OYLIK ISH REJASI

DARS UCHUN KONSPEKT

GURUH O’QUVCHILARI

HAQIDA MA’LUMOT

GURUHGA TAVSIFNOMA

GURUHDAGI PAST O’ZLASHTIRUVCHI O’QUVCHILARGA TAVSIFNOMA

GURUHDAGI FAOL O’QUVCHILARGA TAVSIFNOMA

MA’NAVIY MA’RIFIY ISHLAR REJASI

MA’NAVIY TADBIRLAR SSENARIYSI



TARQATMA MATERIALLAR

Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“E” sinfning past o’zlashtiruvchi o’quvchisi Asqarov Muhammadazizbek Azizbek o’g’liga

Tavsifnoma



6-“E” sinf o’quvchisi Asqarov Muhammadazizbek kamgap va biroz uyatchang bola. Ko’p hollarda atrofidagi voqealarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi, sinfdosh o’rtoqlari bilan ham ko’p vaqt chiqisholmay qoladi, yolg’izlikni maqul ko’radi. Yoshlik davridan faqatgina ingliz tiliga emas boshqa fanlarga ham qiziqishi kam, o’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yaxshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi darslarni u o’zlashtiradigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak . Bu o’quvchi ingliz tilida so’zlasha oladiganlarga havas qiladi, lekin o’zi yetarli darajada bilimga ega emasligi uchun dars davomida mashqlarni bajara olmaydi. Bunga sabab unga qo’shimcha e’tiborning kamligi va ko’pchilik orasida gapirishga uyalishi, tortinchoq ekanligi deb topdim.



Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS lari bo’yicha 6- sinf o’quvchisi uncha qiyin bo’lmagan so’zlarni yod olgan bo’lishi sodda- sodda gaplar tuza olishi o’zi haqida qisqa va sodda ma’lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.

Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora

Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“V” sinfining iqtidorli o’quvchisi Isayev Sobirjon Bahodir o’g’liga

Tavsifnoma



6-“V” sinf o’quvchisi Isayev Sobirjon bilimli, ijodkor va boshqalarga nisbatan iqtidorli o’quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga o’qiydi. Shuningdek, dunyo qarashi keng o’z fikrini boshqalarga erkin tushuntirib bera oladi, jamoat ishlarida, tadbirlarda, bilimlar bellashuvida ham faol qatnashadi. O’z ona tilidan tashqari ingliz va rus tillarini biladi va o’rganish jarayonini davom ettirmoqda. O’z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so’z boyligi yuqori. Mustaqil ravishda sodda gaplarni tuza oladi, o’zi haqida qisqacha bo’lsa ham ma’lumot bera oladi. O’qituvchilari va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars jarayonlariga muntazam qatnashadi, darsliklar bilan cheklanib qolmay, zamonaviy komputer texnalogiyalaridan ham foydalana oladi. Word kabi dasturlarda ishlash ko’nikmasi mavjud. Yoshligidan musiqa to’garagiga borganiligi uchun dutorni juda ham ajoyib chala oladi. Musiqa yo’nalishida bir necha tadbir va musoboqalarda olgan faxriy yorliq va diplomlari ham mavjud.

Ingliz tili bilan ko’p vaqt shug’ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o’qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori. O’zi mustaqil ravishda mavzuni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Xotirasi juda ham yaxshi rivojlanganligi uchun ingliz tilidagi qisqacha yozilgan hikoyalarni eslab qolib mazmunini ayta oladi.

Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va bu tilni yaxshi o’zlashtirib oliy o’quv yurtida o’qishini davom ettirishni, kelajakda malakali kadr bo’lib yetishishni xohlaydi.

Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora

Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“V” sinfning past o’zlashtiruvchi o’quvchisi Avazxonov Abdulaziz Otabek o’g’liga

Tavsifnoma

6-“V” sinf o’quvchisi Avazxonov Abdulaziz tabiatan sho’x, kirishuvchan va so’zamol lekin o’qishga kelganda biroz oqsaydi. Ko’p hollarda darslarga etiborsiz, fikrlari tarqoq, aniq maqsadni ko’zlay olmaydi. biroz urishqoq bo’lganligi uchun do’stlari bilan tez janjalashib qoladi. Ba’zan o’ta sho’x bo’lsa, ba’zan jim bo’lib qoladi. Yoshlik davridanoq o’qishga bo’lgan qiziqishi kam. O’z-o’ziga talabchan va mas’uliyatli emas. Shunga qaramay, hulqi yahshi, darslarga muntazam qatnaydi. O’qituvchi bu o’quvchi bilan qo’shimcha ravishda ishlashi, darslarni u o’zlashtira oladigan darajada yengillashtirib o’tishi va yengil topshiriqlar berish orqali uning faolligini oshirishi kerak. Bu o’quvchi boshqa fanlarga nisbatan ingliz tiliga qiziqadi, lekin yoshiga nisbatan yetarli darajada bilimga ega emas. Bunga sabab uning oilasidagi e’tiborning kamligi va o’zining biroz mas’uliyatsizligi deb topdim.

Hozirda umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari DTS lari bo’yicha 6-sinf o’quvchisi uncha qiyin bo’lmagan so’zlarni yod olgan bo’lishi sodda-sodda gaplar tuza olishi o’zi haqida qisqa va sodda ma’lumot bera olishi kerak. Shunday ekan, bu o’quvchiga darslarni o’zlashtirish bilan bir qatorda, yuqoridagi mezonni uddalashiga ham ko’maklashish lozim. Buning uchun u sinfning ilg’or o’quvchilari bilan ko’proq muloqotda bo’lishi, darsdan bo’sh vaqtlarda birgalikda ishlashi, ko’piroq kitob o’ qishi, ingliz tilidagi so’zlarni yodlab borishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Endigina til o’rganish jarayoniga kirib kelayotgan o’quvchini bu jarayonga qiziqtirish va jalb etish eng asosiy vazifa hisoblanadi.

Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora



SINF FAOLLARI

1.Sinf sardori:

2.Sinf sardorining yordamchisi:

__________________________________________________________

3.Qator boshliqlari:

4.Tozalikka mas’ul:

__________________________________________________________

5.Tahrir hay’ati:

__________________________________________________________

__________________________________________________________

6.Gulchi:

__________________________________________________________

7.Sinf rahbari:

__________________________________________________________

TASDIQLAYMAN”



Farg’ona shahar 10-umumiy o`rta ta’lim

maktab direktori:

__________________________

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI CHET TILLAR FAKULTETI XORIJIY TIL VA ADABIYOT YO’NALISHI III BOSQICH

15.50-GURUH TALABASI DIYORA QOSIMOVANING

2017-2018 O’QUV YILIDA O’TKAZGAN MALAKAVIY AMALIYOT DAVRIDA INGLIZ TILI FANIDAN OYLIK

MAVZULAR UCHUN TAYYORLAGAN DARS ISHLANMALARI

Farg’ona shahar 10-umumiy o’rta ta’lim maktabi 6-“E” sinfining iqtidorli o’quvchisi Karimjonova Muxlisa Sardorbek qiziga

Tavsifnoma

6-“E” sinf o’quvchisi Karimjonova Muxlisa bilimga chanqoq, a’lochi ijodkor, jamoatchi va boshqalarga nisbatan iqtidorli o’quvchi. Barcha fanlarni yaxshi o’zlashtiradi va a’lo baholarga o’qiydi. Shuningdek, jamoat ishlarida, maktabda o’tkaziladigan tadbirlarda ham faol qatnashadi, jamoa bilan ishlash qobiliyati yuqori bo’lganligi uchun sinf sardor etib saylangan. Yoshligidan tillarga bo’lgan qiziqishi yuqori bo’lganligi uchun o’z ona tilidan tashqari ingliz, rus tillarini o’rganish jarayonini davom ettirmoqda. O’z ustida doimiy ravishda ishlashi tufayli so’z boyligi tengdoshlariga nisbatan yuqori. O’qituvchilar va sinfdoshlari bilan yaxshi aloqada, tarbiyali o’quvchi. Dars jarayonlari bilan cheklanib qolmay, tikish, to’qish, rasm chizish kabi qobiliyatlarga ham ega. Qiz bola bo’lishiga qaramay sport sohasida ham ko’plab yutuqlarga erishgan.

Ingliz tili bilan ko’p vaqt shug’ullanganligi va bu fanga yuqori qiziqishi tufayli, ingliz tilida o’qish, yozish, gapirish va tinglab tushunish qobiliyati sinfdoshlariga qaraganda yuqori. O’zi mustaqil ravishda mavzularni o’zlashtiradi va darsni tashkillay oladi. Faqatgina ingliz tili fanida emas, boshqa fanlarda ham bilimli o’quvchi.

Mas’uliyatli o’quvchi sifatida o’z kelajagi haqida qayg’uradi va intiladi. Ingliz tilini yaxshi o’zlashtirib oliy o’quv yurtida o’qishini davom ettirishni xohlaydi.

Tavsifnoma beruvchi talaba: Qosimova Diyora
Download 56,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish