Malakaviy amaliyot hisoboti.
Men, Yusubova Muhayyo Karimboy qizi Urganch davlat Universiteti “Turizm va Iqtisodiyot” faqulteti I bosqich talabasi, faqultet ma’muriyatining yo’llanmasi asosida 15.06.2020 dan 18.07.2020 sanasigacha bo’lgan davrda “Komplekt effekt stroy” xususiy firmasida malakaviy amaliyot o’tadim.
Malakaviy amaliyotning dastlabki kunlarida korxonaning ish faoliyati, tuzilmasi,korxonada ishlovchi xodimlar bilan tanishdim. Korxona rahbariyatining buyrug’i bilan ushbu korxonaning hisob-kitob bo’limiga malakaviy amaliyot o’tash uchun yo’naltirildim. Ushbu buyruq asosida korxona bosh hisobchisi,
Zulhumor, amaliyot rahbarim qilib belgilandi.
Amaliyot rahbarim ishni boshlashdan oldin texnika xavfsizlik qoidalari, korxonadagi ish muhiti, mehnat normalari, rejim va korporativ etika asoslari bo’yicha tushuntirishlar berdi. Bo’limdagi xodimlarning vazifalari mavjud imtiyoz, majburiyat va vakolatlar bilan malakaviy amaliyot rahbarim tomonidan to’liq tanishtirildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |