O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
«TASDIQLAYMAN»
Urganch davlat universiteti o`quv
ishlari bo`yicha prorektori:
_____________dots. S. Xodjaniyazov
“_____” ________________2020 yil
MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI
(2 kurs talabalari uchun)
Bilim sоhasi: 100 000 - Fan
Ta’lim sоhasi: 130 000 – Matematika va statistika
Bakalavr yo’nalishi: 5130100-Matеmatika
URGANCH - 2020-yil
Tuzuvchilar: f.-m.f.n. dots. M.D.Vaisova
PhD. R.A.Sharipov
G.R.Sotliqov
Taqrizchi: dots. A.A. Atamuratov
Ishchi dastur «Matematik tahlil» kafеdrasida __ _________ 2020- yilda muhоkama qilindi (bayonnоma № )
Kafеdra mudiri : dots. A.A. Atamuratov
Ishchi dastur Fizika - matеmatika fakultеtining ilmiy kеngashida __ _____ 2020- yilda tasdiqlandi.
Fakultet dekani: dots. J.U.Xujamov
1. MALAKAVIY AMALIYOTNING AHAMIYATI, UNING MAQSADI VA MASALALARI
Malakaviy amaliyotning maqsadi talabalarning olgan nazariy bilmlarinin amaliy jihatdan mustaxkamlash, bilimini oshirishdir. Bu amaliyot bakalavrlar tayorlashning o’quv jarayonida talabalarninig yuqori darajadagi umummatematik tayorgarligini va ko’pgina maxsus fanlar bo;yicha chuqur ilim egasi bo’lishda asosiy o’rin tutadi.
2.TALABALAR BILIM, KO’NIKMA VA MALAKALARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR.
Talaba malakaviy amaliyotda matematik analiz fanidan quyidagi tushunchalarga ega bo’lishi shart: sanoq sistemalari; funksiya limiti; funksiya uzluksizligi; funksiya differensiallanuvchanligi;differensial hisobning tadbiqlarini; boshlang’ich funksiya va aniqmas integral; Riman integrali va unuing tadbiqlari; sonli qatorlar; ko’p o’zgaruvchili funksiyalar akslantirishlarning differensiallnuvchanligi; absolyut va shartli ekstremumlar; funksional qatorlar va ketma-ketliklarning tekis yaqinlashishi; parametrga bog’liq xos va xosmas integrallar; egri chiziqli va karrali integrallar; sirt integrallari; Stoks formulasi va maydon nazariyasi elemenlarini; Fur’e qatorlari.
Shu bilan birga talaba funksiya limitini hisoblashni funksiyani uzluksizlikka va tekis uzluksizlikka tekshira bilishi; differensial hisobni funksiyani tekshirishga tadbiq qila bilishi; boshlang’ich funksiyani aniqlay bilishi; integral yordamida yuza, yoy uzunligi aniqlayolishi; sonli qatorlarni yaqinlashishga tekshira bilishi; ko’p o’zgaruvchili funksiyalarni xususiy hosilalarini hisoblashni; ekstremumlarni aniqlashni; funksional qator va ketma-ketliklarni tekis yaqinlashishga tekshira bilishi; egri chiziqli va karrali integrallarni hisoblashni; Grin, Gauss-Ostragradskiy va Stoks formulalarini qo’llay bilishi; funksiyani Fur’e qatoriga yoyishni bilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |