Malakani himoya qilish ishi


Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy elementlari va huquqiy asoslari



Download 0,85 Mb.
bet6/27
Sana14.06.2022
Hajmi0,85 Mb.
#670877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Davlat g\'azna haqida bitiruv malakaviy ishi

Davlat budjeti g’azna ijrosining asosiy elementlari va huquqiy asoslari


Respublikamizda g‘aznachilik tizimini tashkil topishida va uning keyingi faoliyatida huquqiy asos bo‘lib xizmat qiluvchi quyidagi asosiy me’yoriy- huquqiy hujjatlarni keltirishimiz mumkin:

  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi;

  • O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni

faoliyatining shartnomaviy - huquqiy bazasi to‘g‘risida” gi Qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Budjet tashkilotlarini

mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori;

  • O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi to‘g‘risidagi

Nizom;

  • Davlat budjeti g‘azna ijrosi Qoidalari;

  • va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar.

O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26-dekabrida qabul qilingan va 2014 yil 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kirgan Budjet kodeksi O‘zbekiston Respublikasining budjet tizimi budjetlarini shakllantirish, tuzish, ko‘rib chiqish, qabul qilish, tasdiqlash, ijro etish, davlat tomonidan mablag‘ jalb qilish va budjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosini nazorat qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Budjet kodeksi butun budjet jarayonini (Davlat budjetini shakllantirish, tasdiqlash, ijro etishni hamda nazoratni ta’minlashni) yagona va yaxlit qonun hujjatida tizimlashtirishni, Davlat budjetini ham, budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni ham tartibga solishning yagona prinsiplarini qo‘llashni, budjet jarayoni barcha qatnashchilarining vakolatlarini hamda ularning o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini belgilashni, shuningdek, budjetlararo munosabatlarni takomillashtirib, mahalliy budjetlarning daromadlar manbalarini mustahkamlab qo‘yishni, barcha darajalardagi
budjetlar o‘rtasida vakolatlarni taqsimlashni va ularning hamkorligini nazarda tutadi.
Budjet kodeksi qonun hujjati bo‘lib, u mamlakat budjet tizimining asoslarini, uning tuzilishi, prinsiplari, huquqiy munosabatlari, budjet jarayoni asoslari va budjetlararo munosabatlarni belgilaydi. U mazkur sohadagi mamlakatning asosiy qonunlarini, shu jumladan «Budjet tizimi to‘g‘risida» va
«Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida»gi qonunlarni konsolidatsiyalaydi, turli qonunosti hujjatlarida nazarda tutilgan me’yor va qoidalarni tizimlashtiradi hamda muvofiqlashtiradi, budjet qonunchiligida foydalaniladigan aniq tushunchalar va ta’riflarni beradi, yangi usullar va dastaklarni budjet jarayoniga joriy etish, shuningdek, xalqaro standartlar va me’yor-larni moslashtirish uchun asos yaratadi.
Budjet kodeksi qabul qilingandan so‘ng, 2013 yil 27-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining “Budjet tizimi to‘g‘risida”gi va “Davlat budjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida”gi Qonunlari o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 28-fevralda qabul qilingan 594-sonli “Davlat budjetining g‘azna ijrosi tizimini yanada

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish