2.2-jadval Savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon va elektron savdoda qatnashish
uchunso’rovnomao’rtasida asosiyfarq14
14“Byudjet ijrosiga g’aznachilik tizimini joriy etishning dolzarb muammolari” mavzusidagi respublika ilmiy- amaliy konferentsiyasi materiallaridan. T.: 2011 y. TMI
№
Davlatxaridlari
E’lon (axborotportalida)
So’rovnoma (elektronsavdotizimida)
1
300 AQSh dollarigacha bo’lgan
summada
Berilishi shart
Ixtiyoriy
2
300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha teng summada
Berilishi shart
Hukumat komissiyasi belgilagan ro’yxat bo’yicha berilishi shart, boshqa holda ixtiyoriy
3
100 ming AQSh dollaridan oshgan summada
Berilishi shart
Berilmaydi
agent tomonidan maxsus axborot portaliga 1 kun ichida joylashtirilishi lozim. Markazlashgan manbalar hisobiga davlat xaridlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan ro’yxatga muvofiq maxsus axborot portaliga savdo o’tkazish to’g’risida tovar, ish va xizmat etkazib beruvchilarni aniqlash sanasidan kamida 30 kun avval e’lon joylashtirishlari shart. Birja savdolarida tovarlar xarid qilish va Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi beligilagan boshqa holatlar bundan mustasno. Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan ro’yxatga muvofiq alohida tovar, ish va xizmat turlari bo’yicha bitta shartnoma bo’yicha 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha teng summadagi davlat xaridlarini O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida tashkil qilingan elektron auktsion savdolari orqali amalga oshiriladi, Birja savdolarida tovarlar xarid qilish va Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi beligilagan boshqa holatlar bundan mustasno.
Quyida keltirilgan 2.2-jadvalda savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon va elektron savdoda qatnashish uchun so’rovnoma o’rtasida asosiy farqni ko’rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda kichik biznesni rivojlantirishga bo’lgan e’tibor juda katta
bo’lib, bugungi kunda ularga har tarafdan rivojlanishi uchun ko’mak berilmoqda.
Buni biz elektron savdolar orqali sotib olinadigan tovarlar (ish, xizmat) guruhi va ularga o’rnatilgan eng kam ulushlar (kvota) miqdori to’g’risidagi quyida keltirilgan jadvalimizda ham ko’rishimiz mumkin (2.3-jadval).
Byudjet tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komissiyasi belgilagan alohida mahsulotlar (ish, xizmat) ro’yxati bo’yicha xaridlar summasi 300 AQSh dollaridan 100 ming AQSh dollarigacha teng summadagi xaridlar bo’yicha tovarlarni (ish, xizmat) O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasining elektron savdolari orqali sotib oladilar.