Narxlar monitoringining zarurligi. Byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish uch bosqichli nazoratni to’liq joriy qilishni taqozo etadi. Ya’ni, byudjet tashkiloti kontragentdan tovarlar sotib olish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida ofertani (taklifni) qabul qilib olganidan so’ng, shartnomani aktseptlaydi (imzolaydi) va G’aznachilikka ro’yxatdan o’tkazish uchun taqdim etadi. Yuridik majburiyat vujudga kelishi uchun bu shartnomaning ro’yxatdan o’tkazilishi talab qilinadi. G’aznachilikda yuridik majburiyat vujudga kelishidan avval dastlabki nazoratni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu narxlar monitoringi orqali ta’minlanadi. Bunda byudjet tashkiloti sotib olmoqchi bo’lgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxi muqobil etkazib beruvchilar narxlari bilan taqqoslanadi. Muqobil etkazib beruvchilar to’g’risida ma’lumot to’plashning turli usullari mavjud. Masalan:
tovar xom-ashyo birjalari ma’lumotlaridan foydalanish;
bozorlardan ma’lumotnomalar olish;
raqobatchi tashkilotlardan tijorat takliflari olish;
ommaviy axborot vositalari va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlaridagi
ma’lumotlarni umumlashtirish.
Xo’jalik shartnomasini ro’yxatdan o’tkazish chog’ida har bir shartnomaga bir nechta (eng kamida 4 ta) etkazib beruvchining tijorat taklifi ilova qilinishi, bunda har bir etkazib beruvchining rekvizitlari (nomi, manzili, telefon raqamlari,
rahbari to’g’risidagi ma’lumotlari) aniq ko’rsatilishi, etkazib beruvchilar shu sohada uzoq yillik ish tajribasiga ega bo’lgan, yuqori mavqeli korxonalar bo’lishi tavsiya etiladi. O’zbekistonda ishlab chiqariluvchi tovarlar vositachilarsiz, aynan ishlab chiqaruvchining o’zidan sotib olinishi, chetdan keltiriluvchi tovarlar esa bevosita importyordan sotib olinishi narxlarning asossiz o’sishining oldini oladi. Moliya organlarida narxlar monitoringini tashkil etishning huquqiy asosi bo’lib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 21 noyabrdagi 456-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Xom ashyo, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish yuzasidan tender savdolarini o’tkazish to’g’risidagi Nizom”13 bo’lib hisoblanadi. Mazkur Nizom davlat byudjeti, davlat byudjetida konsolidatsiyalashuvchi davlatning byudjetdan tashqari maqsadli fondlari mablag’lari, Hukumat kafolati bo’yicha olingan xorijiy kreditlar, Jahon banki guruhi, ETTB, OTB, Xalqaro hamkorlik Yapon banki, "KfW" banki kabi xalqaro va xorijiy moliya institutlari tomonidan taqdim etilgan xorijiy grantlar mablag’lari evaziga import qilingan yoki O’zbekiston respublikasida ishlab chiqarilgan xom ashyolar, materiallar, butlovchi qismlar va jihozlarni sotib olish bo’yicha tender savdolarini tashkil qilish mexanizmini belgilab beradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlarida boshqacha tartib belgilangan bo’lsa yoki xorijiy grantlar va kreditlar taqdim etilishida boshqacha shartlar belgilangan bo’lsa, bunday hollarda mazkur Nizom tartibi qo’llanilmaydi. Tenderlar o’tkazishdan asosiy maqsad - xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilishga yo’naltiriladigan davlat byudjeti, davlat byudjetida jamlanadigan byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalar mablag’laridan, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va xorijiy grantlardan foydalanish samaradorligini oshirish; xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar sifatini oshirish hisoblanadi.
13 “Davlat byudjetining g’azna ijrosi” Normativ-huquqiy xujjatlar to’plami, T.: O’zbekiston. 2007.
Bitta kontrakt bo’yicha 100 ming AQSh dollari ekvivalentidan ko’proq summaga tovar etkazib berilishi (ishlar bajarilishi, xizmatlar ko’rsatilishi) rejalashtirilganda tender savdolari o’tkaziladi. Bundan kam summadagi kontraktlar eng yaxshi takliflarni konkurs asosida tanlab olish yo’li bilan tuziladi.
O’tkazish usullariga ko’ra tenderlar ochiq yoki yopiq bo’lishi mumkin.
Tender turi harid qiluvchi tashkilot, ya’ni buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Ochiq tenderlarda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha yuridik shaxslar qatnashishi mumkin.
Yopiq tenderlar istisno hollarda Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishgan holda, buyurtmachi oldindan belgilab qo’ygan tashkilotlar ishtirokida o’tkaziladi, bu tashkilotlarga taklifnomalar jo’natiladi.
Oziq-ovqat mahsulotlari byudjet mablag’lari oluvchilari tomonidan sotib olinganda, Moliya vazirligining 2007 yil 9 apreldagi 798-sonli xati asosida narxlar monitoringi amalga oshiriladi.
Bunda G’aznachilik hududiy bo’linmalari tomonidan byudjetdan mablag’ oluvchilar xarid qiladigan oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha narxlar monitoringi Moliya vazirligi tomonidan taqdim qilinadigan asosiy iste’mol mahsulotlarining oylik o’rtacha narxlari to’g’risidagi ma’lumot asosida olib boriladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ro’yxatdan o’tkazish jarayonida Moliya Vazirligi tomonidan taqdim qilingan ma’lumotda ko’rsatilgan narxlardan ortiq bo’lgan narxlarda tuzilgan shartnomalar G’aznachilik hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatga olinmaydi.
Kelgusida G’aznachilikda byudjet tashkilotlari tomonidan sotib olinuvchi tovarlar narxlari to’g’risida elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, uni tuzish va yangilab borishda Respublika tovar xom ashyo birjasidagi narxlar kotirovkasini, Davlat Bojxona qo’mitasi ma’lumotlar bazasini, respublikadagi yuqori mavqega ega bo’lgan ishlab chiqaruvchilar va ixtisoslashtirilgan reklama nashrlari ma’lumotlarini hisobga olish tavsiya etiladi.
O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 apreldagi 100- sonli“Davlat xaridlarini tashkil qilish bo’yicha normativ-huquqiy bazani takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq Davlat xaridlari bo’yicha Hukumat komisiyasining ishchi organi to’g’risida Nizom, O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida boshlang’ich bahoni pasaytirish asosida elektron auktsion savdolarini tashkil qilish va o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom tasdiqlandi, O’zbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi.
O’zbekiston Respubldikasi Prezidentining 07.02.2011y. PQ-1475-sonli qaroriga muvofiq markazlashtirilgan manbalar hisobiga Davlat xaridlarini amalga oshiruvchi barcha tashkilotlar, ko’zlanayotgan xaridlar bo’yicha e’lonlarni, tovar (ish, xizmat)lar etkazib beruvchini aniqlash kunidan 30 kun oldin, maxsus axborot portalida (davlatxarid.uz) joylashtirilishi shart.Byudjet tashkilotlari maxsus axborot portaliga mustaqil ravishda yoki agentlar (brokerlar) orqali e’lonlar joylashtiradi.
Byudjet tashkilotlari maxsus axborot portaliga mustaqil ravishda yoki agentlar (brokerlar) orqali e’lonlar joylashtiradi. Byudjet tashkilotlari savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matnini maxsus axborot portaliga mustaqil joylashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi va uning hududiy bo’limlaridan (brokerlardan) o’rnatilgan tartibda login va parollarni oladilar. Byudjet tashkilotlari savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lonlarda ayrim turdagi tovarlar bo’yicha bitta buyurtma predmetida bir nechta tovarlar (ish, xizmat) ro’yxatini ko’rsatishi mumkin . Byudjet tashkilotining savdo o’tkazish to’g’risidagi e’lon matni
Do'stlaringiz bilan baham: |