O‘quvchilarning partaga o‘tirish qoidalari. O‘quvchilar stol va stul (parta)da quyidagi gigiyenik qoidalarga amal qilgan holda o‘tirishlari tavsiya etiladi;
1.O‘quvchi gavdasini tik tutgan holda, boshini biroz oldinga egib, o‘tiradi. Uning ikkala yelkasi bir tekislikda bo‘lsin.
2.O‘quvchi ko‘kragi bilan stol qirrasi o‘rtasidagi masofa uning kafti kengligida bo‘lsin.
3.O‘quvchining beli stul suyanchig‘iga tegib (suyanib) tursin.
4.O‘quvchining oyoqlari tizza bo‘g‘imida to‘g‘ri burchak hosil qilib bukilishi va oyoqlarining pastki yuzasi yoppasiga polga tegib tursin.
5.O‘quvchi ko‘zi bilan daftar-kitob o‘rtasidagi masofa, uning 2 qarichiga teng bo‘lsin.Yuqori sinf o‘quvchilari va katta odamlar uchun bu masofa 40 smga teng, ya`ni ularning ham ikki qarichiga teng bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |