BUVAYDA TUMAN XALQ TA’L IMI BO’LIMI 10-UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI DIREKTORI BUYRUG’IDAN
KO’CHIRMA
“Maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”
Mamlakatimizda yoshlarga sifatli ta’lim-tarbiya berish tizimi O’zbekislon Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonun va O’zbekislon Rcspublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi “Yoshlarni ma’naviv-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3907-sonli ya 2019-yil 3-maydagi “Manaviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-4307-sonli qarorlari hamda Xalq ta’limi vazirligining 2020-yil 28-maydagi “Umumiv o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 131-sonli buyrug’i, Farg’ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2020 -yil 16-iyundagi 105-sonli, tuman xalq ta’limi bo’limining 2020 yil 29-iyundagi 62-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida
BUYURAMAN:
Xalq ta limi vazirligining 2020-yil 28-maydagi “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 131-sonli buyrug’i, Farg’ona viloyati Xalq ta’limi boshqarmasining 2020 -yil 16-iyundagi 105-sonli, tuman xalq ta’limi bo’limining 2020 yil 29-iyundagi 62-sonli buyrug’i rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.
Xalq la’limi bo’limining buyrug’iga asosan “Umumiy o’rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari” tasdiqlanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Maktabning MMIBDO’ M.Abdulatipova zimmasiga;
Maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalariga o’qituvchi, o’quvchilar va ota-onalarni amal qilinishi ustidan qatiy nazorat o’rnatish;
o’quvchi-yoshlarning ma’nayiy-axloqiy tarbiyasi bilan bog’liq holda qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, zamon talablari asosida maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidalarini takomillashtirib, zarur hollarda unga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritib borish vazifalari yuklatilsin;
bir hafta muddatda maktabning ichiki tartib va odob-axloq qoidalarini maktabdagi barcha hodimlarga etkazish;
maktabning pedagogika kengashi hamda ota-onalar yig’ilishida “Maktabning ichki tartib qoidalari” haqida targ’ibot ishlarini olib borish vazifasi yuklatilsin;
maktabning ichki tartib va odob-axloq qoidaiarini maklab binosining ichki kirish (foye) qismiga alohida stend shaklida joylashtirish vazifalari yuklatilsin.
Xalq ta’limi vazirligining 2012-yil 7-iyundagi “Umumiy o’rta ta’lim maktabining ichki tartib qoidalarini takomillashtirish to’g’risida” gi 177-sonli hamda 2013-yil 28-fevraldagi “ Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchi va o’quvchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 74-sonli buyrug’i o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
Mazkur buyruqning nazoratini maktabning MMIBDO’ lari zimmasiga yuklatilsin.
Maktab direktori: U.Obbosov
Bachqir qishlog’i
2020-yil 30-iyun
__-son
Do'stlaringiz bilan baham: |