MAKTABLARDA GEOGRAFIYA FANINI О‘QITISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QО‘LLASH
Abdullayeva Bashoratxon Xoshimovna
Oqoltin tumani 5-umumta’lim
maktabi geografiya fani o’qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitish va uning samaradorligini oshirish haqida ma’lumot berilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiyaning о‘quvchilarga qiziqarli, shu bilan birga qiyin о‘zlashtirilayotgan qismi bu Geosiyosat asoslari bo‘limidir. Geosiyosat asoslari bo‘limi ham uch bobdan iborat bо‘lib, uning har bir mavzusi о‘quvchi uchun qiziqarli, uning hayotiy tajribasiga yaqin va tushunarlidir.
Dars maqsadi va natijasini belgilash – о‘qitish va о‘qish jarayonlarining eng muhim omili bо‘lib, dars jarayonida aynan ular yetakchi о‘rin tutadi. Darsning maqsad va natijasi DTS talablaridan kelib chiqib aniqlanadi. Demak, biz tanlagan mavzu bo‘yicha treningning maqsadi-о‘quvchilarda ijodiy izlanish, kichik tadqiqotlarni amalga oshirish, muayyan farazlarni ilgari surish, muammoni yechish uchun turli xildagi mavjud vaziyatlarni taxlil qilish, solishtirish, qiyoslash, natijalarni asoslash, ma’lum xulosalarga kelish kabi kо‘nikma va malakalarni shakllantirishdir. Trening ishtirokchilarining rollari va vazifalari:
-O‘qituvchi trening mazmunini, asosiy bosqichlari va ishtirokchilar vazifalari bilan tanishtiradi.
-Ikki raqobatbardosh 6-8 o‘quvchidan iborat guruhlar mavzuga oid qiziqarli savollar bо‘yicha munozaraga kirishadilar. O‘qituvchi о‘yin mazmunini lozim topgan oqimiga yо‘llab, uning a’zolari faolligini ta’minlab turadi.
O’quvchilarni o’z fikrini ilgari suradigan, mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor bo’lishlariga imkoniyat yaratish, ularni o’z qiziqishlari bo yicha yo’naltirish yaxshi samara beradi. Xato fikr bildirib o’qituvchidan dakki eshitgan o’quvchida keyinchalik o’z fikrini erkin bayon eta olmaslik holati yuzaga keladi. Har qanday holatda ham o’quvchi bildirgan fikr o’qituvchi tomonidan rag’ batlantirilsa, xato va kamchiliklari tushuntirib borilsa, o’quvchi o z mulohazalari va fikrlari bilan o’rtoqlashishdan cho’chimaydi. Shu bilan birga, shunday imkoniyat yaratib bergan ustozdan minnatdor bo’ladi, u o’rgatayotgan fanni ham sevib o’qiydi, ustoz va o’quvchi o rtasida samimiy munosabat yuzaga keladi. Ba’zi o’quvchilar ayrim fanlarni o’qituvchini hurmat qilgani uchun o qiydi, sababi o’sha o’qituvchi o’zining bilimi, muomalasi, mahorati bilan o’quvchilar ko’nglidan joy olgan. O’quvchining psixologik holatini to’g’ri baholay olish uni fanga qiziqtira olishda muhim omil hisoblanadi. Mana shunday holatlarga pedagogik faoliyatim davomida juda ko’p duch kelganman.
Hozirgi davrda geografiyani o’rganishga kirishgan o’quvchilar faqat darslik bilan chegaralanib qolmaydilar. Ular yer yuzining tuzilishi, geografik qobiqda yuz berayotgan jarayonlar, okeanlarning paydo bo lishi, orollarning materiklardan ajralib chiqishi, ob-havoning o zgaruvchanligi, iqlim hosil qiluvchi omillar kabi ma’lumotlarni bilishda axborot texnologiyalaridan, ayniqsa, internet saytlaridan unumli foydalanishadi. Buni hozirgi murakkab davrda ham yaqqol kuzatish mumkin. Har bir fan uchun Telegram messenjerida alohida guruhlar ochib, onlayn darslar olib borilayotgan bir vaqtda o quvchilarga berilgan topshiriqlarni ta lim saytlaridan izlanib javob topishlari va qaysi manbalardan foydalanayotganlarini ko’rsatishlari ham quvonarli holat.
Xitoyliklarning bir maqolida “Bolangga baliq tutib bersang, bugun qorni to’q, baliq tutishni o’rgatsang ertaga qorni to’q. Baliq tutish bilan birga qarmoq yasashni ham o’rgatsang har doim qorni to’q”, deyiladi. Darhaqiqat, o’quvchilarimizni mustaqil, erkin fikrlay oladigan, jahon ilm-fani darajasida o’z o’rniga ega bo’ladigan, raqobatbardosh kadrlar qilib tarbiyalash zimmamizdagi eng mas’uliyatli va sharafli vazifadir.
Yaratilayotgan imkoniyatlardan to’laqonli foydalanib o’z kasbiga vijdonan yondashadigan o’qituvchilarimizdan nafaqat ochiq darslarda yoki fan oyliklarida, balki oddiy darslarda ham nutqiy savodxonlikka e’tibor qaratishlari, shiddat bilan rivojlanayotgan zamon bilan hamnafas bo’lishlari talab etiladi. Shundagina biz ko’zlagan manzilimizga, oldimizga qo’ygan maqsadimizga erishamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Ma'rifat, 2017 yil 23 dekabr.
2. M.T.Mirakmalov, M.M.Avezov, E.Y.Nazaraliyeva. Tabiiy geografiyadan amaliy mashg ulotlar. T: “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2015
Do'stlaringiz bilan baham: |