OBIDALAR
Abdulazizxon madrasasi - Buxoro shahrida. 1652 yil. nafis naqshli koshinlarga boyligi bilan ajralib turadi. Qo`sh imoratli.
Abdullaxon madrasasi - 16 asr Samarqand
Abdullaxon madrasasi - Buxoroda 16 asr
Abdullaxon timi - 1577 yilda Buxoroda yirik usti berk savdo rastasi -Abdullaxon timi qurildi
Abdurahim Sadr madrasasi - 16 asr Samarqand
Abu Mansur Moturudiy yodgorligi - Samarqand shahri.
Avliyo mark ibodatxonasi - Venetsiyada. Vizantiya va Arab me'morchiligi uslubida qurilgan.
Avliyo Pyotr ibodatxonasi - Rimda.
Avliyo Sofiya ibodatxonasi - Yustinian 1 davrida Konstantinopolda barpo etilgan. Uning ulkan gumbazi (diametri 31,5 m) bo`lib, 40 ta deraza gulchambari bilan qurshalgan. Osmon gumbazi kabi ushbu gumbaz go`yo xavoda muallaq turgandek tuyuladi. Turli xil toshlar va oyna parchalaridan yasalgan juda ajoyib mozaikalar ibodatxona devorlarini bezagan.
Avliyoota qal'asi - Jambul
Ajanta ibodatxonasi - Markaziy Xindistonda. miloddan avvalgi 2 asrdan - milodiy 7 asrga qadar g`or ichida o`yib ishlangan
Ajinatepa - - 6-7 asrlar. Qo`rg`ontepa yaqinida 12 metrli budda xaykali topilgan.
Ayritom, Xolchayon, Dalvarzintepa, Zartepa, Qoratepa - Kushon davlati yodgorliklari.
Ayritom, Eski Termiz va Dalvarzintepa - bu yerlarda muxtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan. Aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqala boshladi.
Akropol - Mil.avv.2-mingyillikda Attikaning g'arbiy qismida yunonlar Akropol, yani "Yuqori shaxar" deb. atalgan qala quradilar. Bora-bora Akropol tevaragiga odamlar ko`chib kelib o`rnasha boshladilar, shu tariqa Afina shaxri dunyoga keldi.
Al-Azxar - diniy oliygoh. Qoxirada joylashgan. Uning talabalari xozir xam "Al-Kashshof" asosida Qur'oni karimni o`rganadilar.
Aldo Manutsiya - Venetsiya shahridagi bosmaxona.
Aleksandriya esxata (Uzoqdagi Aleksandriya) - Saklar va massagetlarga qarshi kurash uchun Aleksandr Sirdaryo bo`yida, Xo`jand yaqinida bir tayanch manzil barpo etish to`g'risida buyruq beradi. Bu o`sha shahar edi.
Al-Qasar qasri - Ispaniyaning Seviliya shahri, arab uslubi, o`rta asrlar.
Al-Fir qasri - afrig`iylar saroyi. Milodiy 4 asr boshlari.
Al-Humro saroyi - Granada, arab uslubi, o`rta asrlar.
Al-Humro saroyi - Granadada (Ispaniya). Arab halifaligi davriga oid.
Amir Temur haykali - 1996-yilda Toshkentda qurilgan. Ot ustida turgan holda.
Amir Temur haykali - 1996-yilda Shaxrisabzda qurilgan. Yerda tik turgan holda.
Amon-Ra ibodatxonasi - Geliopolda (Baolbek) joylashgan. U Misrliklar e'tiqodicha Quyosh xudosi bo`lgan.
Amudaryodan Chorjo`yga - suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.
Andijon jome' masjidi - Andijon. 19-asr oxiri. (1874-1877)
Andijonsoy - 19 asr o`rtalarida Farg`ona vodiysida bunyod etilgan sug`orish inshooti.
Anqaqal'a - bu manzilgoh ilko`rta asrlardagi Xorazm davlatiga tegishli. Bu yerdan qo`lida shohbozlochin tutgan tojdor tasviri saqlangan tanga topilgan.
Arab Mu hammadxon va Musa To`ra madrasalari - Xiva. Ichan qal'a tarkibida.
Arl - Arl Frantsiyadagi ibodatxona. Roman uslubida qurilgan.
Auvliyo Mark ibodatxonasi - Venetsiya, vizantiya uslubi, o`rta asrlar.
Augsburg - Germaniya.
Afina akademiyasi - Platon (mil. av. 4 asrda) tomonidanasos solingan ilmiy muassasa.
Afina teatri - 17 ming tomoshabin sig'adigan teatr.
Afrosiyob - miloddan avvalgi VIII-VII asrlarda bunyod etilgan shahar xarobalari, hozirgi Samarqand shahrining sharqiy chekkasida joylashgan. Samarqandning eng qadimgi qismida istehkom, xonadon, xo`jalik xonalari qoldiqlari bugungi kungacha saqlanib qolgan.
Afrosiyob - 6-7 asrlarga tegishli bo`lgan So`g`d yozuvi namunalari, devoriy suratlar topilgan. Samarqandda.
Afshona kanali - Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan
Ahmad al-Farg`oniy haykali - Farg`ona shahri, 1998-yil.
Ahmad Yassaviy maqbarasi - Turkiston shahrida. Uni amir temur bino qilgan.
Bayonqulixon maqbarasi - Buxoro shahri, Chig`atoy ulusi davri
Baqtriya - Surxondaryo vodiysi, Shimoliy Afg'oniston, Janubiy Tojikiston.
Baroqxon madrasasi - Toshkent 16-asr
Baroqxon madrasasi - Toshkentda 16 asr
Beshyog`och - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Bibi Maryam ibodatxonasi - Parij. O`rta asrlar.
Bibixonim (Jome') machiti - Samarqand, A.Temur.
Binkat - Ibn Xavqal va Ishtaxriy ma'lumotlarida uchraydi. 22 darvozasi bo`lgan. Xoirgi Toshkent.
Bog`i Bixisht - Amir Temur tomonidan Samarqand atrofida qurilgan bog`.
Bog`i Bobur - Kobulda Bobur tomonidan qurilgan. Oldingi nomi "Bog`i Kalon".
Bog`i Dilkusho - Samarqandning sharqida. A.Temur barpo qilgan. Uning tashqi hovlisida hashamatli saroy bo`lib, unda qurollangan askarlar turgan, ichki hovlida tug`lar bilan bezatilgan olti fil haykallari safga terilgan. Uchinchi hovli A.Temurning mehmonlarni qabul qiladigan oltin taxtli qarorgohibo`lgan. Klavixoni shu yerda qabul qilgan.
Bog`i Jahonaro - Xusayn Boyqaro barpo qilgan bog`.
Bog`i Kalon - Kobulda, Bobur shoh jasadi Bog`I oromdan shu yerga ko`chirilgan. Keyinchalik bu bog` "Bog`i Bobur" deb atala boshlangan.
Bog`i Maydon - Ulug`bek tomonidan Rasadxona tevaragida bunyod etilgan chorbog`.
Bog`i Orom - Agra shahrida, Jamna daryosi yonida. Bobur dafn etiladi
Bolaliktepa - 6-7 asrlarga tegishli tasviriy san'at namunalari topilgan. Surxon voxasida.
Buxenvald konslageri - 1-konslager Shiller va Gyotening vatani hisoblangan Veymar yaqinida 1933-yilda qurildi. Buxenvald lageri faoliyat yuritgan 12 yil davomida gaz kameralari, krematoriylar, merganlik tirlarida 1 mln. 350 ming kishi yo`q qilindi.
Buxoro amiri saroyi - Kogon shahri.
Buyuk Ipak yo`li - m.av. 2 asrda vujudga kelgan va "Buyuk meridianal yo`l" deb atalgan. u yo`lga "Ipak yo`li" degan nom 1877 yilda nemis geografi F.Rixtgofen tomonidan berilgan. Buyuk Ipak yo`li 12 ming kilometrcha uzunlikda bo`lgan. U Sariq dengiz soxilidan boshlanib, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, eron, Mesopotamiya orqali O`rtaer dengizi soxillarigacha borgan. Bu yo`lda Sian, Dunxuan, Yorkent, Samarqand, Buxoro, Termiz, Marv va boshqa bir qancha qadimiy shaxarlar joylashgan edi.
Buyuk xitoy devori - Xitoyda Sin Shixuandi xukmronligi davrida ko`chmanchi xunnlarning axyon-axyondagi xujumlaridan ximoyalanish uchun Buyuk devori bunyod etish boshlab yuborildi. Devorning balandligi 12 metr, kengligi 5 metr, uzunligi esa qariyb 4000 kilometrni tashkil etadi.
Bo`stonsaroy - Amir Temur qarorgohi, Samarqandda.
Vador qishlog`i - (Samarqandda) bu yerda Somoniylar davrida "vadoriy" degan mato to`qilgan.
Varaxsha- 6-7 asrlarga tegishli tasviriy san'at namunalari topilgan. Buxoroning maxalliliy xukmdorlariga tegishli yozgi qarorgoh topilgan.
Vaxshdan uning atrof vohalariga - suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.
Vezuviy tog'i - bu tog'da m.avv. 74-71-yillarda qo`zg'olon ko`targan Spartak boshliq gladiatorlar jon saqlagan.
Vestministr saroyi - hozirgi Buyuk Britaniya parlamenti joylashgan bino.
Vobkent minorasi -Qoraxoniylar davri.
Vorms, Kyoln - Reyn daryosi bo`yida vujudga kelgan german shaharlari.
Govkushon madrasasi - 16 asr Samarqand
Dalvarzintepa, Ayritom va Eski Termiz - bu yerlarda muxtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan. Aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqala boshladi.
Dalvarzintepa, Xolchayon, Ayritom, Zartepa, Qoratepa - Kushon davlati yodgorliklari.
Daxau konslageri - 2-konslager 1934-yili barpo etildi. Daxauda esa 1 mm. 200 ming kishi yo`q qilindi.
Dahmai Jahon ansambili - Qo`qon
Dayanta minorasi - Sian shaxrida. 652-yilda qurilgan.
Dehli shahridagi temir minora - m.av. 1-mingyillikda qurilgan, zanglamagan, korroziya xodisasi unga asrlar davomida taьsir o`tkaza olmagan.
Dishan qal'a- Tashqi qal'a Xiva shahrining rabot qismi hisoblanadi. 1842 yilda Xiva xoni Olloqulixon Xiva shahrini tashqi dushmanlar hujumidan saqlash maqsadida shaharni uzunligi 6250 metr, balandligi 7-8 metr, devorining qalinligi esa 5-6 metr bo`lgan devor bilan o`ratgan.1842 yilda Muhammad Yoqub mehtar rahbarligida mustahkam shahar-qal'a devori va darvozasi qurib tugallandi. Natijada, xonning shahar tashqarisidagi 2 saroyi ham shahar ichiga kirdi. O`sha paytdan boshlab shaharning bu qismi Dishan qal'a-Tashqi shahar (qal'a) deb nomlana boshlangan. 10 darvozali bo`lgan. Dishan qal'aning ko`chalari Ichan qal'aning ko`chalari davomi tarzida qurilgan. Shaharning tim va savdo rastalari Dishan qal'ada joylashtirilgan.
Dojlar saroyi - Venetsiya, vizantiya uslubi, o`rta asrlar.
Do`stum madrasasi - 16 asr Samarqand
d'E Qal'asi - Normandiyada, 11-12-asrlarga oid.
Jarqo`rg`on minorasi -Qoraxoniylar davri.
Jome madrasasi - Qo`qon
Jonbosqala - Miloddan avvalgi 3-2 asrlarda Xorazmda vujudga kelgan shahar.
Jondor - suv ayirg`ich, Zarafshon daryosida qurilgan
Juma masjid va uning yonida baland minora - 18 asr oxiri. Xiva. Ichan qal'a tarkibida.
Jo`ybor bog`i - Buxoroda. Mang`itlar davriga tegishli
Zayniddin bobo - Toshkentdagi maqbara. 19 asrning birinchi yarmida bunyod etilgan.
Zandana qishlog`i - (Buxoroda) bu yerda Somoniylar davrida "zandanachi" degan mallarang bo`z to`qilgan.
Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko`prik - Karmana yaqinida 16 asrda qurilgan.
Zartepa, Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Qoratepa - Kushon davlati yodgorliklari.
Izborsk qal'asi - Pskov yaqinida joylashgan. 1240 yilda nemislar tomonidan egallangan.
Imom al-Buxoriy yodgorligi - Samarqand yaqinida.
Islomxo`ja minorasi - Xiva. Ichan qal'a. 1908-19010. Asfandiyorxonning bosh vaziri Islomxo`ja qurdirgan.
Ismoil Somoniy maqbarasi - Buxoro, 9-asr.
Ichan qal'a - Dishan qal'adan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog`cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to`rtta darvoza orqali kirilgan. Xorazm o`lkasi mc'morchiligining ajoyib obidalari-madrasa, masjid, saroy va minoralar Ichan qal'ada joylashgan. Ichan qal'ada 4 darvoza bor.
Qadimgi Termiz - Kushon davri shahri. Bu yerdan oromiy yozuvi asosidagi kushon-baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan.
Qadimgi Yunoniston - Bolqon yarimoroli va O`rtaer dengizi orollaridagi qadimgi yunon davlatlarining umumiy nomi.
Kaykovus Bog`i - Toshkentda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Qal'aliqir - Mil. avv. 5-4 asrlarda bu yerda maxalliy xukmdorning qarorgoxi bo`lgan ulkan qala bunyod etilgan edi. Qadimgi Xorazm davlatida.
Kamolon - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Qang'ha - Qadimshunoslarning aniqlashicha, Toshkent viloyatining Oqqo`rg'on timanidagi Qang'xa shaxar xarobasi saklarning o`sha kezlardagi poytaxti Qang'dez bo`lib, unga m.av. 3 asrda asos solingan. Xitoy tarixchilari bu shaxarni Bityan deb atashgan.
Kandariya ibodatxonasi - Xindistonda.
Karmana - suv ayirg`ich, Zarafshon daryosida qurilgan
Karmana yaqinida Zarafshon daryosi ustiga qurilgan ko`prik
Karmanadagi Hazrati Qosimshayx xonaqohi - 16 asr Samarqand
Qarshi - 14 asrda Chig`atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326) tomonidan qurilgan saroy. Nasaf.
Katta Minor - Muhammad Aminxon qurdirdi. Ichan qal'aning g`arbiy qismidagi Ko`hna ark yonida
Katta Toshhovli saroyi - Xiva. Ichan qal'a tarkibida.
Qashg`ar - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Kyoln, Vorms - Reyn daryosi bo`yida vujudga kelgan german shaharlari.
Kioto - Xeyyan shaxri 1177-yili yong`in natijasida vayron bo`ladi. Bu shaxar qayta tiklanganidan so`ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi. Kioto ko`p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, diniy va madaniy markazi bo`lib qoladi.
Qozi Soqiy - Samarqanddagi madrasa. 18 asr.
Qozi Soqiy madrasasi madrasasi - Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Qozoqdaryo qo`rg`oni - Ernazarbiy tomonidan qurilgan. Qorqalpoqlarda.
Qozonariq - Amir Shohmurod zamonida qazilgan. 40 chaqirim (1 chaqirim 0,9 km ga teng) uzunlikda.Urgut tumanini sug`organ
Qozonariq - Amir Shohmurod zamonida qurilgan (18 asr). Urgut tumanini sug`organ.
Kolizey - Qadimgi Rimdagi amfiteatr. 50 ming tomoshabin sig'gan. Unda ko`proq gladiatorlar jangi bo`lgan. Rimning eng katta amfiteatri bo`lmish Kolizey o`tmishdagi ulug'vorlik guvoxi sifatida xozirgacha saqlangan.
Kolizey teatri - Toshkent, 20-asr boshlari.
Kompen qal'asi - bu qal'a uchun janglarda 100 yillik urushda Janna d' Ark burgundlar tomonidan asir olinib, inglizlarga sotildi.
Konigil - shahardan tashqaridagi hukmdonar hordiq chiqaradigan joy. Bobur Mirzo 1500 yilning kuzida Samarqandga yurish boshladi Bu paytda Shayboniyxon Samarqanddan tashqarida-Konigil da turar edi.
Qoradaryo- 19 asr o`rtalarida Farg`ona vodiysida bunyod etilgan sug`orish inshooti.
Qoraqum eshon madrasasi - Qoraqalpog'iston 19-asr o`rtalari
Qoraqurum qal'asi - Mo`g`ulistonda. Chingizxonga tegishli qal'a.
Qorasaroy - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Qoratepa, Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa- Kushon davlati yodgorliklari.
Kordova masjidi - Ispaniyada, Arab xalifaligi davriga oid.
Korizgox - 14 asrda Samarqand darvozalaridan biri.
Kofirqal'a - eftallar davlatiga oid 7-8-asrlar manzilgohi. Bu yerdan sopol ko`za topilgan.
Kruska akademiyasi - Yevropadagi birinchi akademiya. Florensiya. 1582. U italyan tilidagi dastlabki katta lug`atni nashr etgan.
Kumush pavilon - Yaponiyada. 1483 yil.
Kurushkat (Kiropolis) - Kir 2 asos solgan shahar.
Qusam ibn Abbos maqbarasi - Shohizinda ansamblida. Uning ziyoratxonasi Chig`atoy ulusi davrida qurilgan.
Kusko qal'asi - Inklar davlatida.
Qutb Minor - Dehli, 13-asr.
Qutb minor - Dexli. 13 asr.
Qutlug` Murod Inoq madrasasi - 1840-1842-yillarda Xivada (Ichanqal'a) qurilgan.
Qutlug` Murod Inoq madrasasiga qaratib qurilgan tim va toqilar - 1840-1842 yillar. Xiva. Ichan qal'a tarkibida.
Kuchkova qo`rg`oni - Moskvadagi dastlabki qo`rg`on. 1147 yilgi g`alabadan so`ng qurilgan.
Ko`zaliqir - m.av. 7 asrga oid shahar. Qadimgi Xorazm poytaxti.
Qo`yqirilganqala - Miloddan avvalgi 3-2 asrlarda Xorazmda vujudga kelgan shahar. Qo`yqirilganqala xarobalari ostidan aylana shaklda qurilgan mustaxkam ibodatxona qoldiqlari topilgan.
Qo`yqirilganqala - Xorazm hududidan O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar topilgan yer. Bular (miloddan avvalgi 4-3 asrlar) topilgan ayrim maxalliy yozuvlardir.
Qo`ymas - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Ko`kaldosh madrasasi - Buxoroda. XVII asr
Ko`kaldosh madrasasi - Toshkentda 16 asr
Qo`qon - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Ko`ksaroy - Amir Temur qarorgohi, Samarqandda.
Ko`kcha - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Qo`rg`ontepa - 6-7 asrlar. Uning yaqinida 12 metrli budda xaykali topilgan Ajinatepa joylashgan.
Qo`rg`oshin nova - Samarqandning bosh suv inshooti. Mo`g`ullar tomonidan buzib tashlangan.
Ko`hna Urganch minorasi - 62 metr, Chig`atoy ulusi davri. 13-asr.
Laax monastiri - Germaniya, 11-asr. Roman uslubi.
Labzak - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Labihovuz ansambli - Buxoroda. bo`lgan Nodir devonbegi 1620 yilda bozor maydoni o`rtasida bo`yi 45 metr, eni 36 metr, chuqurligi 5 metr bo`lgan katta hovuz qurdirib, atrofini shag`al, marmar va toshlar bilan mustahkamlattiradi.
La'l yo`li - m.av. 3-2- mingyillikda vujudga kelgan U Pomir tog'laridan boshlanib, eron va Old Osiyo xamda Misr orqali o`tgan. Pomirdan olinadigan yarim nodir lal toshi (lojuvard) Qadimgi Sharq mamlakatlari zargarlari tomonidan yuksak baxolangan. Badaxshon lali ishlatilgan buyumlar Misr firavnlari maqbaralaridan xam topilgan.
London - mil. 43-yil rimliklar tomonidan Temza daryosining shimoliy qismida kelt axolisi yashaydigan joyda barpo qilingani va to`rt asr davomida rimliklarning bosh shaxri bo`lgan. Milodiy 5 asrda rimliklarning ketishi natijasida London tushkunlikka uchragan. 1066-yilda normannlar istilosi oqibatida London qirollar qarorgoxiga va Angliyaning rasmiy poytaxtiga aylanadi
Mag`oki Attori masjidi - 16 asr Samarqand
Madalixon madrasasi - Qo`qon
Madalixon madrasasi- Qo`qon
Madina shahrida Chorbog` - Imomqulixon qurdirgan.
Madrasayi Buzrukxoja- Qo`qon
Madrasayi Jome - Qo`qon
Madrasayi Kamol qozi- Qo`qon
Madrasayi Miyon hazrat- Qo`qon
Madrasayi Mingoyim- Qo`qon
Madrasayi Mohlaroyim- Qo`qon
Madrasayi Oxund devonbegi- Qo`qon
Madrasayi Pirmuhammad yasovul- Qo`qon
Madrasayi Tunqotar- Qo`qon
Madrasayi Hakim To`ra- Qo`qon
Madrasayi Haqquli mingboshi- Qo`qon
Madrasayi Xojabek- Qo`qon
Madrasayi Xonxoja eshon- Qo`qon
Mayyalar piramidasi - 4 tarafidagi zinalar soni 365 ga teng.
Makkadagi Ka'baga kiraverish darvozalaridan biri ostonasi uchun oltin va kumush tutqichli yog`och zina qurdiradi. Imomqulixon
Marg`ilondagi Sulton Murodbek saroyi - Qo`qon
Marg`ilonsoy- 19 asr o`rtalarida Farg`ona vodiysida bunyod etilgan sug`orish inshooti.
Masjidi Kalon - 16 asr Samarqand
Ma'sudiya madrasasi - Buxoroda, 13-asr o`rtalarida barpo qilinadi, mingtacha talaba o`qigan.
Mehtar Qosim - suv ayirg`ich, Zarafshon daryosida qurilgan
Miqyos an-Nil - nil daryosi sohilida 861-yilda qurilgan gidrometr. Uni inshooti va darajotini Ahmad Farg`oniy qayta tiklagan.
Milan ibodatxonasi - Italiya. O`rta asrlar.
Mingoyim madrasasi madrasasi - Qo`qon
Minorai Kalon - 12 asr, Buxoro, Qoraxoniylar davri.
Mir Arab madrasasi - 16 asr Samarqand
Modarixon dahmalari - Qo`qon
Moxenjadaro - Nil vodiysidagi (Hindiston) m.avv. 3-mingyilliklarga oid shahar. Xindistondagi eng qadimgi sivilizatsiya.
Moxuvon qal'asi - ummaviylarga qarshi qo`zg`olon ko`targan Abumuslim qarorgohi. Qo`zg`olon 746-750-yillarda bo`lgan.
Mug` qal'asi - 6-7 asrlarga tegishli bo`lgan So`g`d yozuvi namunalari topilgan. Panjikent yaqinida.
Murg`obdan Marvga - suv chiqarishga imkon beruvchi kanallar qazilgan.
Muhammad Amin madrasasi - Xivada bunyod etildi. 1765 yilda
Muhammad Aminxon madrasasi - Xiva. Ichan qal'ada. 1851-1855 yy
Muhammad Rahimxon madrasasi - Xiva 1871 y
Mo`yi muborak madrasasi - Toshkent 19-asr o`rtalari
Nagoya - qal'a atrofida barpo etilgan Yaponiyaning o`rta asr shaharlari.
Najmiddin Kubro maqbarasi - Ko`hna Urganch. 13-asr.
Namozgoh masjidi - Buxoro, Qoraxoniylar davri.
Nara, Xeyyan - budda ibodatxonalari atrofida barpo etilgan Yaponiyaning o`rta asr shaharlari.
Niyozbek qal'asi - Toshkentdan 25 km uzoqlikdagi Chirchiq daryosining chap soxilida joylashgan.
Nobutabiy dahmasi - Qo`qon
Nodir devonbegi madrasasi - Buxoroda
Nodir devonbegi madrasasi - Buxoroda. XVII asr
Nodir devonbegi xonaqohi - Buxoroda. XVII asr
Norbo`tabek madrasasi - Qo`qon
Norbo`tabiy madrasasi - Qo`qon
Norbo`tabiy madrasasi - Madrasai Mir nomi bilan mashhur bo`lgan
Nurillaboy saroyi - Xiva. Muhammad Rahimxon II tomonidan 1904-1912-yillarda qurilgan. G'arb va sharq me'morchilik uslublarida qurilgan.
Nurota tumanidagi Oqchob yaqinida Beklarsoy darasida joylashgan qadimgi to`g`on qoldiqlari o`rnida ulkan band qurdirdi
Oybo`yirqala - Xorazm xududidan topilgan. O`rta Osiyo bo`yicha eng qadimgi yozuvlar shu yerdan topilgan. Bular (miloddan avvalgi 5-4 asrlar) yodgorligidan xum sirtiga ekilgan yozuv
Oyposhsha oyim madrasasi - 16 asr Samarqand
Oqdaryo va Qoradaryodan chiqarilgan ariqlar - Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Oqmachit qal'asi - Qizil O`rda
Oqsaroy - A.Temur tomonidan Shahrisabzda qurilgan.
Olloqulixon karvonsaroyi, madrasasi va timi - Polvon darvozaga yaqin qo`rg`on devorining bir qismi buzilib, o`rniga qurilgan
Olloqulixon madrasasi - Xivada bunyod etildi. 1834 yilda qurilishi tugallandi
Ollohqulixon madrasasi - Xiva. 19-asr
Oltin pavilon - Yaponiyada. 1397 yil.
Osiris ibodatxonasi - Abidos shahrida joylashgan. Misrliklar xudosi.
Otsu - aloqa bekati va yo`l ustida barpo etilgan Yaponiyaning o`rta asr shaharlari.
Oxanin - 14 asrda Samarqand darvozalaridan biri.
Panjikent - 6-7 asrlarga tegishli tasviriy san'at namunalari topilgan.
Panteon - barcha xudolar ibodatxonasi. Rimda joylashgan. Rim imperiyasida yashayotgan xar bir kishi Panteonga kelib o`zi etiqod qilgan xudoga sig'inish imkoniga ega bo`lgan: misrlik - Osirisga, yunon - Zevsga, rimlik - Yupiterga ibodat qilar edi.
Parfenon - iloha Afina ibodatxonasi. Yunonistonda perikl davrida (m.av. 443-429) qurilgan. Uning qurilishiga Fidiy rahbarlik qilgan. U Akropol markazida bunyod etildi. Parfenon Yunonistondagi eng alo marmar toshlardan qurilgan. Yorug'lik tushishiga qarab u o`z rangini oltin rangidan xavorang yoki kulranggacha o`zgartirib, tuslanib turgan. Baland tepalik Parfenonning poydevori bo`lib xizmat qilgan. Ibodatxona go`yo qoyaga singishib ketib, uning bir qismiga aylanib qolgandek tuyuladi. Ustunlari bilan bino oldiga chiqib turgan peshayvon Parfenonga aloxida ko`rk bag'ishlagan. Peshayvonning yuqori qismi (peshtoqi)da xudolar siymosi tasvirlangan.
Pahlavon Mahmud maqbarasi - Xiva. Ichan qal'a tarkibida.
Persepol - Erondagi shohlar saroyi. Persepol shaxrida Doro 1 va Kserksning muazzam xonalar va yuz ustunli zali bo`lgan saroyining qoldiqlari saqlanib qolgan. Saroy afsonaviy va xayoliy qushlar tasviri bilan bezatilgan edi. Persepol bo`rtma naqshlarida axamoniylar itoatga kirgazgan ko`pgina xalqlar va elatlarning nomlari saqlanib qolgan. Ular asosan eron shoxlariga peshkash va o`lpon keltirayotgan xolatda tasvirlangan.
Pishpak qal'asi - Bishkek
Praga kremli - Chexiyada. 9-10-asrlar.
Puate - Frantsiyadagi ibodatxona. Roman uslubida qurilgan.
Rahmonqul inoq saroyi - Xiva. 19-asr.
Registon ansambili - Samarqand. XVII asrda xozirgi ko`rinishi shakllandi.
Reyms - Fransiya qirollarining an'anaviy toj kiyadigan shahri.
Reyms ibodatxonasi - Parij. O`rta asrlar.
Robiya saroyi - Buxoro. Maxmud Torobiy o`ziga qarorgoh qilib olgan.
Ruan ibodatxonasi - Parij. O`rta asrlar.
Sag`bon - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Sayfiddin Boxarziy maqbarasi - Buxoro shahri, Chig`atoy ulusi davri
Samarqand - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Sarazm nahr(ariq)i - Zarafshon daryosida chiqarilgan.uch chaqirim
Safed (Xoja Ahror) madrasasi - Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Seviliya masjidi - Ispaniya, arab uslubi, o`rta asrlar.
Sitorai Mohi Xosa - Buxoro. Buxoro amirining yozgi qarorgohi. 19-asr oxiri - 20-asr boshlari. G'arb va sharq me'morchilik uslublarida qurilgan.
Som qal'asi - 769-783-yillarda Abbosiylarga qarshi qo`zg`olon ko`targan muqanna (hoshim ibn Hakim) boshliq qo`zg`olonchilar markazi.
Sulton Murodbek - Marg`ilondagi saroy.
Sulton murodbek madrasasi - Qo`qon 1872 y
Sultonband - Marv voxasining sug`orish tarmoqlarining bosh to`g`oni. Mo`g`ullar tomonidan buzib tashlangan.
Surxko`tal - Afg'onistondagi Qundux shahri yaqinidagi shahar. Kushon davriga tengdosh.
So`g'd - Zarafshon va Qashqadaryo vodiysi.
So`zangaron - 14 asrda Samarqand darvozalaridan biri.
Tauer qal'asi - Angliya poytaxti London shahrida. U Vilgelm 1 tomonidan qurilgan.
Taxtapul - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Tepaqo`rg`on qalasi - Qo`qon. Amir Shohmurod qarorgohi
Tillakori madrasa-masjidi - Samarqand hokimi Yalangto`sh Bahodir 1646-1660 yillarda. Samarqand. Registon maydonida
Tillakori madrasasi - Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Tillashayx masjidi - Toshkent 19-asr o`rtalari
Tim - 16 asr Samarqand
Timi Kalon, Modarixon madrasasi - 16 asr Samarqand
Tojmahal - Agrada joylashgan
Toyman arig`i - 24 chaqirim uzunlikda.
Toqi Zargaron - 16 asr Samarqand
Toqi Sarrofon - 16 asr Samarqand
Toqi Telpakfurushon - 16 asr Samarqand
Toqi telfakfurushon (telpak do`koni) - Buxoroda. Mang`itlar davriga tegishli
Tosh madrasa - Qoraqalpog'iston 1841-yilda Mang'it hokimi Xo`janiyoz tomonidan qurilgan. Madrasada ta'lim ikki bosqichli bo`lib, birinchi bosqichda arab tili grammatikasi o`rganilgan bo`lsa, keyingi bosqichda diniy-huquqiy bilimlar o`qitilgan.
Toshdarvoza - Xiva. Dishan qal'a darvozalaridan biri.
Toshkent Tennis saroyi - 1994-yilda qurilib, unda "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini" uchun tennis bo`yicha katta xalqaro musobaqa o`tkazilmoqda.
Trayan kolonnasi - milodiy 98-yilda Rim imperiyasi taxtini egallagan Trayan qurdirgan ustun. Unda daklar bilan urush manzaralari tasvirlangan bo`rtma rasmlar mavjud.
Tuproqqal'a - Milodiy 2-3 asrlarda bu shaharda ulug'vor va muxtasham qurilish ishlari amalga oshirilgan edi. Shaxar qudratli mudofaa devorlari bilan o`ralgan, devor burchaklarida burjlar qurilgan. Markazdan o`tgan ko`cha shaxarni ikki qismga bo`lgan, undan esa yon-atrofga ko`chalar ketgan, maxallalar bir-biridan ajralib turgan. Markaziy maydonda muxtasham saroy va ibodatxonalar joylashgan. Qasrdagi saroy devorlari tasvirlar bilan bezatilgan bo`lib, shoxlar, lashkarlar, mug'anniylar, xayvonlar rasmlari chizilgan Zallardan birida devor bo`ylab baland taglikka 20 dan ko`proq xaykallar o`rnatilgan edi.
Turuqband - suv ombori. A.Navoiy tashabbusi bilan Tus viloyatining yuqori qismida qurilgan.
Tuyatortar kanali - Sangzor daryosidan Jizzax vohasiga qazilgan
To`g`uzariq - 24 chaqirim uzunlikdagi
To`rabekxonim maqbarasi - Ko`hna Urganch, 16-asr.
Ulm, Nyurenburg, Augsburg - Dunay bo`ylarida vujudga kelgan german shaharlari.
Ulug`bek madrasasi - (Buxoroda) 1417-yilda qurilgan.
Ulug`bek madrasasi - (G`ijduvonda) 1433-yilda qurilgan.
Ulug`bek madrasasi - (Samarqandda) 1417-1420-yillarda qurilgan. Bu madrasa o`z zamonasining dorilfununi bo`lgan. Bu madrasada diniy ilmlar: Qur'on, hadis, tafsir, fiqh (din va shariat qonun-qoidalari) bilan bir qatorda riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay'at (astronomiya), tibbiyot (meditsina), tarix, jo`g`rofiya, ilmi aruz (nazm), arab tili va uning morfologiyasi (qofiya) kabi ilmlar o`qitilgan.
Ulug`bek madrasasi - Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Ulug`bek rasadxonasi - 1424-1429-yillarda Samarqand shahri, Obirahmat anhori bo`yida qurilgan. Uning balandligi 31 metr.
Ulug`nor- 19 asr o`rtalarida Farg`ona vodiysida bunyod etilgan sug`orish inshooti.
Uchqo`rg'on - Farg'ona (doaon) davlati shaharlaridan. Aholisi dehqonchilik bilan shug'ullangan.
O`rta Osiyo davlat banki - Toshkent 19-asr oxiri.
Fayzobod xonaqohi - 16 asr Samarqand
Faqixlar madrasasi - Buxoro. 12 asr. Darvozayi Mansur maxallasida qonunshunoslar uchun qurilgan.
Fathulla qushbegi madrasasi - 16 asr Samarqand
Feruza- 14 asrda Samarqand darvozalaridan biri.
Fort qal'asi - Vizantiyaning Aleksandriya shahrida.
Frankfurt - Mayn daryosi sohilida vujudga kelgan german shahri.
Hazrati Imom majmuasi - Toshkent 19-asr o`rtalari
Hazrati Kalon Sohibzoda madrasasi - Qo`qon. 1862 y
Hazrati Qosimshayx xonaqohi - Karmanadagi 16 asr yodgorligi.
Xasan masjidi - Qoxirada.
Xyogo, Sakai - dengiz bo`yida barpo etilgan Yaponiyaning o`rta asr shaharlari.
Xitoy imperatori yozgi saroyi - 19 asr oxirlarida qurilgan. 1889-yil - Parijda 312 metrli Eyfel minorasi qurildi.
Xoja Abdulg`ofur madrasasi - Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Xoja dodxoh madrasasi - Qo`qon
Xoja Ka'ab kanali - Somonjuq dashtini obodonlashtirishga xizmat qilgan
Hojimoyim madrasasi - Qo`qon
Hokim oyim madrasasi - Qo`qon. 1869 y
Xolchayon, Dalvarzintepa, Ayritom, Zartepa, Qoratepa - Kushon davlati yodgorliklari.
Xonbandi suv ombori - 10-asr, Nurota tizmalaridagi pasttog` darasida. 1,5 mln metr kub suv to`plangan.
Xoniya madrasasi - Buxoroda, 13-asr o`rtalarida barpo qilinadi, mingtacha talaba o`qigan.
Xorazm - Amudaryoning quyi oqimi
Xori monastri - xozirgi Istanbuldagi Qaxriya masjidi. Vizantiya uslubida qurilgan.
Xosildorlik ibodatxonasi - Pekinda.
Xudoyorxon saroyi - 1863-1870 yillarda qurilgan. 100 dan oriq xonadan iborat. Qo`qon.
Xudoyorxon saroyi - Qo`qon. 1863-1870 yy. 100 dan ortiq xonasi bo`lgan. Xudoyorxon qurdirgan.
Xurmo nahr(ariq)i - Zarafshon daryosida chiqarilgan. to`rt chaqirim
Xo`ja Qurbonbiy madrasalari - 18 asr boshlarida. Qarshida
Chahorminor - suv ayirg`ich, Zarafshon daryosida qurilgan
Chechen-Itsadagi rasadxona - mayyalarga tegishli.
Chig`atoy - 19 asrning 2-yarmida Toshkent darvozalaridan biri.
Chinnixona - Ulug`bek tomonidan Rasadxona tevaragida bunyod etilgan chorbog`.
Chorsu - 14 asrda Samarqand darvozalaridan biri.
Chorsu - 16 asr Samarqand
Shavval qishlog`i - bu yerda Abumuslim qo`zg`olon uchun qullarni to`plagan va ularga Dovud ismli targ`ibodchini bosh qilgan. Qo`zg`olon 746-750-yillarda bo`lgan.
Shayboniyxon madrasasi - 16 asr Samarqand
Shayboniyxon madrasasi - 16 asr Samarqand
Shayboniyxon madrasasi - Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Shayx Xovandi Tohur - Toshkent. 19 asrning birinchi yarmida ta'mirlangan.
Shayxzoda - 14 asrda Samarqand darvozalaridan biri.
Shartr ibodatxonasi - Parij. O`rta asrlar.
Shaxrixonsoy - 19 asr o`rtalarida Farg`ona vodiysida bunyod etilgan sug`orish inshooti.
Sherg`ozixon madrasasi - Xivada bunyod etildi. 1765 yilda.
Sherg'ozixon madrasasi - Xiva 18-asr birinchi choragi
Sherdor madrasasi - Samarqand hokimi Yalangto`sh Bahodir 1619-1635 yillarda o`z mablag`lari hisobidan bunyod ettirgan. Samarqand. Registon maydonida Ulug`bek madrasasi qarshisida
Sherdor madrasasi- Samarqandda. Buxoro amirligida. Mang`itlar davriga tegishli
Shermuhammadbiy - 18 asr boshlarida. Qarshida
Shoh yo`li - eron axamoniylari sulolasining yo`li. U miloddan avvalgi 6-4 asrlarda Kichik Osiyo shaxarlarini, O`rtaer dengizi bo`yidagi efes, Sard shaxarlarini eron poytaxtlaridan biri - Suza bilan bog'lab turgan. Tag'in bir yo`l eron, Baqtriya orqali So`g'diyona, Toshkent voxasi va Qozog'iston xududidan o`tgan va Oltoygacha borgan.
Shoh Lalibeli ibodatxonasi - Aksum podsholigi.
Shoh Solomon ibodatxonasi - Isroil podsholigining donishmand hukmdorlaridan biri Solomon davrida qurilgan. Falastin hududida.
Shoxizinda me'moriy ansambli - Samarqand shahri. 8-15-asrlar.
Shpeyer - Germaniyadagi cherkov. Roman uslubida qurilgan.
Sho`rabashat - Farg'ona (doaon) davlati shaharlaridan. Ahlisi dehqonchilik bilan shug'ullangan.
Eyfel minorasi - 1889-yilda Parijda qurilgan. Balandligi 312 metr.
Ernazar elchi madrasasi - Buxoroda. XVII asr
Eski Termiz, Ayritom va Dalvarzintepa - bu yerlarda muxtasham buddaviylik ibodatxonalari bo`lgan. Aynan shu yerdan buddaviylik O`rta Osiyo bo`ylab tarqala boshladi.
Eskiqo`rg`on qalasi - hozirgi Qo`qon shahriga shu qal'a yonida asos solingan
Yuriy Dolgorukiy xaykali - Uglich shahrida.
Yangi saroyi - Xiva. Ichan qal'a tarkibida.
Yangiariq- 19 asr o`rtalarida Farg`ona vodiysida bunyod etilgan sug`orish inshooti.
Do'stlaringiz bilan baham: |