Maktabgacha yoshidagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish


Mashg’ulotlarda bolalarning tabiat haqidagi bilim, ko’nikma va odatlarni shakllantirish



Download 27,85 Kb.
bet3/4
Sana07.04.2022
Hajmi27,85 Kb.
#533966
1   2   3   4
Bog'liq
Abdullayeva

Mashg’ulotlarda bolalarning tabiat haqidagi bilim, ko’nikma va odatlarni shakllantirish.

Tabiatga ehtiyotkorona minosabatda bo’lish, uning boyliklaridan unumli foydalanish, tevatak-atrofdagi muhitni yaxshilash to’g’ridida g’amho’rlik qilish, tabiiy muhitning buzilishiga, ifloslanishiga yo’l qo’ymaslik, tabiyatga nisbatan mehrli munosabatda bo’lish, shuningdek, ekologik- hayotiy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirish ishi kishining butun hayoti davomida turli vositalar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ammo bu ishlarning dastlabki shakli bo’cha yoshidan boshlanishi zarur. Chunki bu davrda bolalarda tevarak – atrofdagi borliqqa nisbatan ongli munosabat tarkib topa boshlaydi va u ona- yurt tabiati orqali olib borilsagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
Bolalar tabiat haqidagi elementar bilimlarni egallab, o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilishning oddiy usullarini o’rganib, atrof muhitni kuzatib, uning go’zalliklarini ko’ra bilgan taqdirdagina, ularda tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik va g’amxo’rona munosabatda bo’lishnio tarbiyalash imkoniyati tug’iladi.
“Ilk qadam” dasturida bolalarda tabiatga nisbatan faol muhabbatni, o’simliklar va hayvonlar haqida g’amxo’rlik qilish ko’nikmasini tarbiyalash, tabiat qo’ynida o’zini odob bilan tutish, ularda o’simliklarni o’stirish, hayvonlarni parvarish qilishga qiziqish uyg’otish, buta va daraxt shohlarini sindirmaslik, o’simlik barglarini yulmaslik, hayvonlarni qiynamaslik vadam olish joylarida axlat qoldirmaslik ko’nikmalarini tarbiyalashni kichik guruhdan boshlab amalga oshirish ko’zda tutiladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tabiat haqida tushuncha berishning ahamiyati juda katta. Zero, bola borliq muhitini tabiat orqali anglaydi, atrofni qurshab turgan narsa va hodisalarni kuzatadi, solishtiradi, tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi. Masalan, biror o’simlik ko’karib gullaguncha va meva tukkuniga qadar bo’ladigan davrni kuzatgan bola o’zi uchun qancha yangiliklarni ochadi. Demak, bola aqliy tamondan ham tarbiyalanadi, ham mantiqiy tafakkuri o’sadi.
Bolalarni amaliy metodlar vositasida tabiat bilan tanishtirishda didaktik o’yinlar, harakatli o’yinlar va ijodiy o’yinlardan foydalanish mumkin.
Didaktik o’yinlarda bolalar o’zlarida tabiatdagi predmet va hodisalar, hayvonlar va o’simliklar haqida mavjud bo’lgan bilimlarni aniqlaydilar, mustahkamlaydilar, kengaytiradilar. Didaktik o’yinlar xotira, diqqat, kuzatuvchanlikning o’sishiga yordam beradi, bolalarni mavjud bilimlardan yangi sharoitlarda foydalanishga o’rgatadi, turli aqliy jarayonlarni aktivlashtiradi, lug’atni boyitadi, bolalarda birgalikda o’ynash ko’nikmasini tarbiyalashga yordam beradi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda predmetli o’yinlar, stol-bosma o’yinlar va og’zaki o’yinlardan foydalaniladi. Tabiatshunoslik xarakteridagi harakatli o’yinlar hayvonlarning xatti-harakati, ularning hayot tarziga taqlid qilish bilan bog’liq bo’lib, ba’zilarida jonsiz tabiat hodisalari aks ettiriladi. Bular «Ona tovuq va jo’jalar», «Mushuk va sichqonlar» va shu kabi o’yinlar.
Ijodiy o’yinlar. O’yinda bolalar mashg’ulot, ekskursiya, kundalik hayot jarayonida olingan taassurotlarni aks ettiradilar,kattalarning tabiatdagi mehnati (parrandachilik fabrikasi, qoramolchilik fermasi, teplisa va shu kabilardagi ishlar) haqidagi bilimlarni egallaydilar, bunda ularda mehnatga ijodiy munosabat shakllanadi, ular kattalarning tabiatdagi mehnatining ahamiyatini anglab oladilar.
Ijodiy o’yin turlaridan biri tabiiy materiallar: qum, qor, loy, mayda toshchalar, so’ta va shu kabilar bilan o’ynaladigan qurilish o’yinlaridir. Bunda bolalar ijod qilar ekan, materiallarning xususiyatlari va sifatlarini bilib oladilar.
Tabiatdagi mehnat. Bolalarning tabiatdagi mehanti katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehant jarayonida bollaarga tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik, g’amxo’rlik munosabatlari shakllantiriladi.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola real voqelik bilan tanishar ekan, tafakkuri, dunyoqarashi rivojlanadi. Masalan, o’simlikning o’sishi uchun yorug’lik, havo va suv zarur. Daraxt hosil berishi uchun, avvalo, gullashi kerak. Bularni tushuntirib berish joiz.
O’lkamizning tabiiy o’simliklar dunyosi, ularning foydasi, bu boyliklarni muhofaza qilish kerakligi haqidagi masalalar bilan yoshlarni maktabgacha ta’lim muassasasidan keng tanishtirib borish o’z samarasini beradi. Bunda ekologiyadan ilmiy tushunchalar maktabgacha ta’lim muassasasida o’tiladigan barcha fanlarda, ayniqsa, tevarak – olam bilan tanishtirish, matematika, badiiy adabiyot, tasviriy faoliyat kabi fanlarni o’qitishda umumlashtiriladi.
Bolalar maktabga tayyorlov davrida suv, qum va qorning ba’zi xususiyatlari hamda tevarak- atrof, tabiiy muhitning mavsumiy hodisalari: qor va yomg’ir yog’ishi, suv muzlashi, daryo muzlarining ko’chishi haqida aniq tushunchaga ega bo’ladilar. Ular o’zlari tug’ilib o’sgan yerlarida o’sadigan, eng ko’p tarqalgan o’simliklarning barglari va gullariga qarab aniqlay bilishlari lozim.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bola real voqelik bilan tanishar ekan, tafakkuri, dunyoqarashi rivojlanadi. Masalan, o’simlikning o’sishi uchun yorug’lik, havo va suv zarur. Daraxt hosil berishi uchun, avvalo, gullashi kerak. Bularni tushuntirib berish joiz.
Bolalar maktabga tayyorlov davrida suv, qum va qorning ba’zi xususiyatlari hamda tevarak- atrof, tabiiy muhitning mavsumiy hodisalari: qor va yomg’ir yog’ishi, suv muzlashi, daryo muzlarining ko’chishi haqida aniq tushunchaga ega bo’ladilar. Ular o’zlari tug’ilib o’sgan yerlarida o’sadigan, eng ko’p tarqalgan o’simliklarning barglari va gullariga qarab aniqlay bilishlari lozim.

Download 27,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish