Tadqiqotning maqsadi: Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi.. Bolalarning ma'naviy va axloqiy rivojlanishi uchun sharoit yaratish.
TADQIQOTNING VAZIFALARI:
- Mavzuga oid pedagogik, ilmiy, psixologik, tarixiy, metodik adabiyotlarni o‘rganish va tahlil qilish;
- Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;
- Metodik tavsiyalar ishlab chiqib, amaliyotga joriy qilish.
Tadqiqotning obyekti: maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqotning predmeti: Maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirish mazmuni, shakli metodi va vositalari.
Tadqiqotning ilmiy farazi:
Tadqiqotning metodologik asosi: Prezidentimiz asarlari, farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari, sharq allomalarining yosh avlod tarbiyasi va kamoloti to‘g‘risida qarashlari.
Tadqiqotning metodlari: pedagogik va badiiy adabiyotlarni o‘rganish; kuzatish; qiyoslash; suhbat; pedagogik eksperement; savol-javob,anketa.
TADQIQOTNING AMALIY AHAMIYATI:
Tadqiqotnig ilmiy yangiligi: Bolalarni nutqini rivojlantirish badiiy adabiyotining mazmuni va tizimi ishlab chiqildi.
Tadqiqotning tarkibiy qismi: Kirish, mundareja, 3 bob, 7 paragraf, umumiy xulosa, adabiyotlar ro‘xati, ilovalardan iborat.
I BOB MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA TARBIYACHINING PEDAGOGIK TAYYORGARLIGINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
1.1. Maktabgacha yoshidagi bolalar nutqini rivojlantirish metodologiyasi
Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish masalasi pedagogikaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Ilk yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish bo‘yicha uzoq va ko‘p yillar davomida tadqiqot ishlari olib borildi. Bu masala bo‘yicha mashhur olimlar, amaliyotchi-pedagoglar, metodistlardan Y. I. Tixiyeva, N. M. Shelavonov, N. M. Aksarina, N. F. Lasigina, Y. K. Kaverina, G. L. Rozengart-Pupko, G. M. Lyanina, V. A. Petrova, N. S. Kapinskaya, I. A. Panina, S. L. Novoselova, Y. V. Zvorigina, I. M. Kononova, N. N. Palagina, M. I. Popova, Y. I. Radina va boshqalar tadqiqot ishlari olib bordilar. Bola hayotining birinchi yili eng mas’uliyatli davr bo‘lib, bu davrda bola nutqida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Bu bolaning umumiy rivojlanishida namoyon bo‘ladi. Bola tayyor nutq apparati bilan tug‘iladi, lekin u gapirmaydi. Buning sabablari bir qancha:
Do'stlaringiz bilan baham: |