Interotseptorlar. Organik sezgilar qorin ochlik, chanqash,
ichki organlardagi og‘riqlar natijasida hosil bo‘ladi. Odatda ta-
namiz sog‘lom, qornimiz to‘q va hech narsa bizni bezovta qil-
magan paytlarda bizda og‘riq sezgilari deyarli paydo bo‘lmaydi.
Propriotseptorlar. Harakat yoki kinestetik sezgilar bizga
o‘zimiz qilgan harakatlar haqida xabar beradi. Har bir odam
hatto ko‘zlarini yumib olgan bo‘lsa ham o‘z qo‘li, oyog‘i, tana
qismlari qanday holatdaligini sezib turadi. Harakat sezgila-
rining retseptorlari paylarda, bo‘g‘inlarda va asosan muskul-
larda joylashgan. Shu sababdan ularni ba’zan muskul sezgi-
lari deb ham yuritiladi. Muvozanat sezgilari boshimizning,
gavdamizning harakati hamda fazodagi holati haqida darak be-
radi. Muvozanat sezgilarining retseptorlari ichki quloqqa joy-
lashgan. Bu organlarning normal holati izdan chiqqan payt da
odam o‘zini no xush sezadi (masalan, boshi aylanadi yoki «den-
giz kasalligi»ga uchraydi). Vibratsiya sezgilari boshqa sezgilar
orasida alohida o‘rin egallaydi, bu sezgilar narsalar ning tebra-
nishi haqida xabar beradi. Buyumlarning va havo ning tebra-
115
nishi vibratsiya sezgilarining qo‘zg‘atuvchilaridir. Tananing bu-
tun ustki yuzasi qo‘zg‘atuvchilarning ta’sirini qabul qilib oladi.
Sezgi chegaralari va sezgirlik
Sezgilarning kuchi turli darajada bo‘lishi mimkin. Sezgi-
larning kuchi avvalo qo‘zg‘atuvchining kuchiga bog‘liq.
Qo‘zg‘alish qanchalik kuchli bo‘lsa, hosil bo‘ladigan sezgi
ham shuncha kuchli bo‘ladi. Har qanday ta’sirdan ham sez-
gi hosil bo‘lavermaydi. Qo‘zg‘atuvchi hech qanday sezgi hosil
bo‘lmaydigan darajada sust ta’sir etishi mumkin. Masalan, bir
gramm qandni bir stakan suvda eritib ichilsa shirinlik sezil-
maydi. Dastlabki bilinar-bilinmas sezgining paydo bo‘lishi
uchun qo‘zg‘atuvchi muayyan kuchga ega bo‘lishi zarur.
Qo‘zg‘alishning salgina sezila boshlagan darajasi sezgi ning
pastki yoki absolut chegarasi deyiladi. Sezgilarni hosil qila-
digan qo‘zg‘alish kuchi ortishi va kamayishi mumkin. Agar
uyda bitta lampochka yonib turgan bo‘lsa muayyan dara-
jada yorug‘lik sezamiz. Agar yana bitta lampochka yoqib
qo‘yilsa yorug‘lik sezgisi kuchayadi. Agar bir stakan choy-
ga 6 gramm qand qo‘shsak shirin mazani sezamiz, unga ya-
na ikki gramm qand qo‘shsak farqni kimdir sezadi, kim-
dir sezmaydi. Qo‘zg‘atuvchilar o‘rtasidagi sezilar-sezilmas
farqni sezish farq qilish chegarasi deyiladi. Qo‘zg‘alish ku-
chining og‘riq tomon yoqimsiz darajada o‘zgarishi sezgi-
ning yuqori chegarasi deyi ladi. Masalan, kuchli tovush qu-
loqni, boshni og‘ritadi. Kuchli yorug‘lik ko‘zni qamashtirib
ko‘rish o‘tkirligini pasaytiradi. Sezgi chegarala rining dara-
jasi sezgirlikning darajasini belgi lab beradi. Bu sezgirlik sezgi
chegaralarining darajasiga teskari nisbatda bo‘ladi. Sezgi che-
garasining darajasi qancha yuqori bo‘lsa, sezgirlik shunchalik
past bo‘ladi va, aksincha, sezgi chegarasining darajasi qancha-
lik past bo‘lsa, sezgirlik shuncha kuchli bo‘ladi.
Sezgilarning umumiy xususiyatlari
Har bir odam o‘zining sezgi xususiyatlari, sezgirlik dara-
jasi bilan bir-biridan farq qiladi. Quyidagi sezgi xususiyatlari
116
farqlanadi: adaptatsiya, sensibilizatsiya, sinesteziya, kompen-
satsiya.
1. Adaptatsiya (lotincha adapto – moslashmoq) sezgi
a’zo larining muhit o‘zgarishlariga moslashuvidir. Adaptatsi-
ya 3 xil:
a) qo‘zg‘atuvchining davomli ta’siri jarayonida sezgilarning
to‘la yo‘qolishi. Masalan, teriga biron narsa doimiy tegib tur-
sa, bora-bora u narsa sezilmay qoladi;
b) kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’sirida ham sezgilar zaiflashishi
mumkin. Masalan, qorong‘iroq xonadan juda yorug‘ joyga ki-
rib qolsak, kuchli yorug‘likdan «ko‘r» bo‘lib, atrofdagi narsalar-
ni ajrata olmaymiz. Birozdan so‘ng analizatorlar ning sezgirli-
gi kes kin pasayadi va biz ko‘ra boshlaymiz. Bu ikki adap tatsiya
turi psixologiyada negativ adaptatsiya deyiladi, chunki ularda
sezgirlik keskin pasayadi;
d) sezgirlikning kuchsiz qo‘zg‘atuvchi ta’siri ostida kamayib
borishi. Masalan, qorong‘ilik adaptatsiyasida ko‘rish sezgirli-
gi ortadi, sokinlikka nisbatan adaptatsiya eshitish adaptatsiya-
si zami rida yuzaga keladi.
2. Analizatorlarning o‘zaro munosabati va mashq qi-
lish na
ti
jasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizatsiya
deb ataladi. Qo‘z
g‘alish jarayonining tarqalishi natijasi-
da boshqa analizatorlarning sezuvchanligi ortadi. Sen-
sibillashtirishga mashq qilish nati
jasida erishish mum-
kin. Masalan, musiqa bilan shug‘ullanadigan bolalarda
past-baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanadi.
To‘qimachilik sanoatining ayrim ishchilari qora rangning
60 ga yaqin tusini ajratadilar. Tajribali lotsman (kuzatuvchi)
lar olis masofadagi narsalarni ham yaxshi ko‘ra oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |