III bob. SHAXSNING PSIXIK JARAYONLARI
3.1. Sezgilar. Sezgilar to‘g‘risida umumiy tushuncha.
Analizatorlar
Odamning tegishli sezgi organlariga moddiy olamdagi narsa
va hodisalar ta’sir ko‘rsatgan paytida ulardagi ayrim xossalar-
ning aks ettirilishidan iborat bo‘lgan eng sodda psixik jarayon
sezgi deb ataladi. Masalan, qarshimizda turgan stol bilan ish
ko‘rar ekanmiz ko‘rish yordamida biz uning rangini, shaklini,
katta-kichikligini aniqlaymiz; tuyish orqali uning qattiqligini,
silliqligini bilamiz; qo‘lda siljitib ko‘rish bilan uning og‘irligiga
ishonch hosil qilamiz va hokazo. Bularning barchasi moddiy
buyumning alo hida sifatlari bo‘lib ular haqidagi ma’lumotlarni
bizga sezgilar beradi.
Sezgi bilish jarayonlari jumlasiga kiradi, chunki sezgi tufayli
odam olamni biladi. Boshqa psixik jarayonlar: idrok, xotira, ta-
fakkur, xayol uchun kerakli ma’lumotlar sezgilar orqali olinadi.
Sezgilar hamisha bizning sezgi organlarimizga: ko‘zimizga, quloq-
larimizga, teri ustiga va boshqa organlarga tashqi qo‘zg‘atuvchilar
ta’sir ko‘rsatishi tufayli vujudga keladi. Yorug‘lik nuri ko‘zning
to‘r pardasiga tushishi bilan u yerni qo‘zg‘atadi, bu qo‘zg‘alish
nerv tolalari orqali miya katta yarimsharlari po‘stlog‘igacha yetib
kelgach, odamda ko‘rish sezgisi hosil bo‘ladi.
I.P. Pavlovning yozishicha, katta yarimsharlar qo‘zg‘a-
tuvchilarning analiz qilish organidir. Shu sababdan I.P. Pav-
lov sezgilarning paydo bo‘lishini ta’minlovchi barcha fiziologik
apparatlarni analizator deb atagan. Analizatorlar 3 qismdan:
1) tashqi ta’sirni qabul qiluvchi retseptor (ko‘zning retina
yoki retchatka deb ataluvchi nerv hujayralari yorug‘likni qabul
qiladi va ko‘rish retseptori hisoblanadi);
2) o‘tkazuvchi nerv yo‘llari (afferent, markazga intiluvchi)
retseptorlarda vujudga kelgan qo‘zg‘alish shu nerv yo‘llari orqa-
li miyaga yetkazib beriladi;
3) miya katta yarimsharlari po‘stlog‘idagi maxsus hujay-
ralar (masalan, miya po‘stlog‘ining ko‘rish markazi deb ata-
luvchi qismidagi hujayralar ko‘rish uchun maxsuslashgan nerv
113
hujayrala
ridir). Agar analizatorlarning bir qismi zararlansa,
sezgi vujudga kelmasligi mumkin. Masalan, ko‘z soqqasi tagi-
dagi retina yemi rilsa yoki miyaga boruvchi ko‘z nervi zararlan-
sa odam ko‘rish qobiliyatini yo‘qotadi.
Sezgi turlari
Odamda paydo bo‘luvchi sezgilarni uch guruhga ajratish
mumkin. Birinchi guruhga tanamizning tashqi tomoniga joy-
lashgan sezgi organlari, ya’ni eksterotseptorlar orqali vujudga
keluvchi sezgilar kiradi. Ko‘rish, eshitish, teri-tuyish, hid bi-
lish va ta’m-maza sezgilari ana shu analizatorlarning ishi bilan
bog‘liq. Ikkinchi guruh retseptorlariga ichki organlarda joy-
lashgan interotseptorlar va ichki qo‘zg‘atgichlar ta’siri uchun
qulay bo‘lgan sezgilar kiradi. Uchinchi guruhga harakat anali-
zatorlari va muvozanat sezgilari, propriotseptorlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |