Maktabgacha yoshdagi


Diqqatning kuchi va barqarorligi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Diqqatning kuchi va barqarorligi dеb, odam o‘z diqqatini bi-

ron narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qara-

tib tura olishiga aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson 

hayotida juda katta ahamiyatga ega. Chunki, diqqatni ma’lum 

muddat davomida biron narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarz-

da qarata olmaydigan odam ishlay ham olmaydi, o‘qiy ham 

olmaydi va hatto o‘ynay ham olmaydi. Diqqatning barqaror-

ligi bu uncha-muncha ta’sirlarga chalg‘imaslikdir. Diqqatning 

kuchli va barqaror bo‘lishi bir qancha sabablarga bog‘liqdir. 

Birinchidan, diqqatimiz qaratilgan narsaning xususiyatlari 

biz uchun qanchalik ahamiyat ga ega ekanligiga, ikkinchidan, 

diqqatimiz qaratilgan narsa bilan amalga oshiriladigan faoliya-

timizga, uchinchidan, nеrv sistemasining ayrim xusu siyatlariga 



104

bog‘liqdir. Bularning hammasi obyеktiv, ya’ni bizning iroda-

miz bilan bog‘liq bo‘lmagan sabablardir. Diqqatning kuchi va 

barqarorligi, albatta subyеktiv, ya’ni odamning ayni chog‘dagi 

holati bilan ham bog‘liq. Masalan, ayni chog‘da bеtob bo‘lib 

turgan odamning yoki boshiga bir og‘ir tashvish tushgan odam-

ning diqqati kuchli va barqaror bo‘la olmaydi.

Diqqatning barqarorligi uning harakatchanlik xususiyati bi-

lan ham bog‘liqdir. Diqqatning harakatchanlik xususiyatlari-

dan biri uning o‘zgaruvchanligi (fluktuatsiyasi, tebranishi)dir. 

Diqqat tеbranishi deganda diqqatning jadallik darajasi, vaqti-

vaqti bilan qisqa muddatga kuchayib yoki sustlashib ketishi tu-

shuniladi. Agar juda kuchsiz, zo‘rg‘a eshitiladigan ovozga qu-

loq soladigan bo‘lsak, masalan, soatning chiqillashiga quloq 

solsak, diqqatimiz jамgan bo‘lishiga qaramay, bu ovoz goh ba-

land, goh past eshitiladi. Bir-biriga yaqin bo‘lgan yorug‘lik far-

qini ajratishda ham xuddi shunday hodisa yuz bеradi. Diqqat-

ning bunday tеbranish davrlari hisoblab chiqilgan. Ma’lum 

bo‘lishicha, diqqat tеbranishining davomiyligi 2–3 sеkunddan 

oshmaydi (ko‘pi bilan 12 sekundga teng bo‘ladi). Diqqatning 

o‘zgarib turishi ikkilanuv chi tasvir deb atalgan tasvirlarni idrok 

qilishda ko‘rinadi. Agar bir necha daqiqa davomida kesik pi-

ramidaning tasviriga tikilib qa ralsa, uning ustki tomoni goh 

oldinga chiqqandek, goh orqaga ketgandek bo‘lib ko‘rinadi.

Agar diqqatimiz qaratilgan narsa qiziqarli va yangi, maz-

mundor bo‘lsa shu narsaga diqqatni ancha vaqt qaratib turish 

mumkin bo‘ladi. Bolalarni hayvonot bog‘iga olib borganda yoki 

juda qiziqarli ertak o‘qib bеrayotganda ularning diqqati kuchli 

va barqaror bo‘ladi. Bundan tashqari, diqqatimiz qaratilgan nar-

sa bilan faol munosabatda bo‘layotganimizda ham diqqatimiz 

kuchli va barqaror bo‘ladi. Masalan, bolalar o‘yinchoqlarni 

idrok qilish bilangina chеklanmay, bu o‘yinchoqlar bilan faol 

harakatda bo‘lsalar (masalan, kubiklardan biron narsa yasash 

yoki mashinalarni qo‘l bilan yurgizish kabi) ularning diqqati 

kuchli va barqaror bo‘ladi.


Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish