Diqqatning fiziologik asoslari. Miya po‘stlog‘ida diqqatning
ko‘chib yurishi xuddi katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi ikki
jara yon qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonini esla tadi. Agar
odam ning diqqati biron-bir narsaga qaratilsa, demak bu ham
unda, miya po‘slog‘ida qo‘zg‘alish o‘chog‘i maydonga kelgani-
dan dalolat beradi. Bu paytda miyaning boshqa uchastkalari
tormozlangan holatda bo‘ladi. Shu sababli odam ishga qattiq
be rilib ketganda boshqa narsani payqamasligi mumkin. I.P. Pav-
lov aytganidek, katta yarimsharlarning optimal qo‘zg‘alish sodir
bo‘lib turgan uchast kasida yangi shartli bog‘lanishlar osonlik
bilan yuzaga keladi. Ayni chog‘da miyadagi boshqa uchast-
kalarning faoliyati esa odamning odatda ongsiz, avtomatlash-
gan deb ataluvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Diqqatning paydo bo‘lishida oriyentirovka refleksi katta
rol o‘ynaydi. Bu refleks organizmning tevarak-atrofdagi har
qanday o‘zgarishiga tug‘ma reaksiyadan iboratdir. Bu refleks
odamlarda ham, hayvonlarda ham bor. Xona ichidagi eshi-
tilayotgan tovushga odam ham, mushuk ham qaraydi. Dars
paytida sinf eshigining taqillashi. Bu refleksni Pavlov obraz li
qilib «Bu nima?» deb ataydi. Diqqatning fiziologik asosi hiso-
blanmish oriyentirovka reflek sining paydo bo‘lishiga retikular
formatsiya, analizatorlar (sezgi organlari) shart-sharoit yarat-
adi. Boshqacha qilib aytganda, har daqiqada organizmda turli
narsalarning ta’siridan hosil bo‘lgan qo‘zg‘alishlarga nis batan
oriyentirovka yoki tekshirish refleksini hosil qilgan narsa-
ning ta’siridan yuzaga kelgan qo‘zg‘alish kuchli bo‘ladi. De-
mak, oriyentirovka refleksi ayni chog‘da kuchli (ya’ni optimal)
qo‘zg‘alish manbaini keltiradi.
Bosh miya yarimsharlarining po‘stida yuzaga keladigan
kuchli, ya’ni optimal qo‘zg‘alish manbai uzoqroq saqlanib tu-
101
radigan, mustahkam qo‘zg‘alish bo‘ladi. Optimal qo‘zg‘alish
manbai hosil bo‘lganda induksiya qonuniga ko‘ra, bosh miya
po‘stining boshqa joylarida tormozlanish vujudga keladi. Nati-
jada optimal qo‘zg‘alish manbaining roli yana ham ortib ke-
tadi. Ana shu nuq tayi nazardan akademik I.P. Pavlov diqqat-
ning fiziologik asosini bosh miya po‘sti qismidagi optimal
qo‘zg‘alish manbai tashkil qiladi, deb juda to‘g‘ri aytgan. «Mi-
ya yarimsharlarining optimal qo‘zg‘alishga ega bo‘lgan qismi-
da,– deydi I.P. Pavlov, – yangi shartli reflekslar yengillik bi-
lan hosil bo‘ladi… Shunday qilib, optimal qo‘zg‘alishga ega
bo‘lgan joyni ayni chog‘da bosh miya yarimsharlarining ijod-
ga layoqatli qismi desa bo‘ladi. Miya yarimsharlarining sust
qo‘zg‘algan boshqa qismlari bunday xususiyatga qobil emas.
Ularning ayni chog‘dagi funksiyasi, juda nari borganda, te-
gishli qo‘zg‘ovchilar asosida ilgari hosil qilingan reflekslarni
bir tartibda qayta tiklashdan iboratdir».
A.A.
Uxtomskiy tomonidan ilgari surilgan dominantalik
prinsipi ham diqqatning fiziologik asoslarini aniqlash uchun
katta ahamiyatga ega. Dominantalik prinsipiga muvofiq miya-
da qo‘zg‘alishning har doim ustun turadigan hukmron o‘chog‘i
ayni shu damda miyaga ta’sir etib, unda yuzaga kеlayotgan
hamma qo‘zg‘alishlarni qandaydir ravishda o‘ziga tortib ola-
di va bu ning natijasida boshqa qo‘zg‘alishlarga nisbatan uning
hukmronligi yanada oshadi. Odatda dominanta subdomi-
nantaga, subdominanta esa dominantaga o‘tib turadi. Bu esa
diqqatning bir narsadan ikkinchi narsaga ko‘chib turishining
nеrv-fiziologik mеxanizmini tashkil etadi. Ko‘rinib turibdiki,
I.P. Pavlov bilan A.A. Uxtomskiy ta’limotlari bir-biriga qara-
ma-qarshi emas, balki mazmun jihatidan o‘xshashdir. Demak,
oriyentirovka yoki tekshirish refleksi miya yarimsharlarining
po‘stlog‘ida optimal qo‘zg‘alishni yuzaga keltiruvchi omil-
lardan biridir. Oriyentirovka refleksi esa odam uchun hayotiy
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan, ya’ni odamning ehtiyojlari va
qiziqishlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan narsalar ning ta’siri
tufayli yuzaga keladi. Bu refleksini yuzaga keltirishda bevo-
sita qo‘zg‘atuvchilardan tashqari so‘zning, nutqning ham roli
g‘oyat kattadir. Bolalarning diqqati katta odamlar tomonidan
102
aytilgan so‘zlar orqali jalb qilinadi. Demak, optimal qo‘zg‘alish
manbaini so‘zlar orqali ta’sir etib ham yuzaga keltirish mum-
kin.
Diqqatning turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |