170
Sfinks
Kentavr
21-rasm. Sfinks.
22-rasm. Kentavr.
Xayolning orzu va fantaziya kabi shakllari farqlanadi. U
ham mustaqil tarzda yangi obrazlar yaratishdan iboratdir, lekin
orzu hamisha kelajakka qaratilgan bo‘lib, kishining istaklarini
ifodalaydi. Ijodiy xayoldan farqli orzu ayni vaqtdagi faoliyatga
be vosita kiritilmagan bo‘ladi. Orzu qilishning ikki xili: foydali
va zararli (quruq so‘zlar) orzular bo‘ladi. Ma’lum maqsadga in-
tilgan kishilarning orzulari butunlay boshqacha xarakterga ega
bo‘ladi. Fantaziya «go‘yo» degan so‘z yordami bilan o‘yinga
olib kirilgan xayoliy vaziyatdir. Fantaziya o‘yin faoliyatining
dasturi sifatida namoyon bo‘la oladi. Masalan, bola go‘yoki
o‘zini shifokor hisoblab kasallarni davolaydi.
Xayol sifatlari
Xayol odatda kechinmalarga boy bo‘ladi. Xayolda tasvir-
lanadigan yorqin manzaralar ko‘pincha yuksak ta’sirchanlik
oqibatida vujudga keladi. Qo‘rquv tuyg‘usi kishini xayoliy
xavf-
xatarlarni tasavvur etishga majbur qiladi va, aksincha,
bu xavf-xatarlarni xa yol qilish qo‘rquv tuyg‘usini ko‘p marta
kuchaytirishi mumkin. Bu narsa quvonch yoki qayg‘u emot-
siyalariga ham taalluqli dir. Xayol ularni kuchaytiradi, bu ke-
chinmalarning o‘zi esa xayolni kuchli ravishda ishlashga un-
daydi. Kuchli va faol xayol surish buyuk mutafakkirga xos zarur
171
narsalardir. Faktlar, hodisalar va voqealarni noaniq ko‘rsatish,
bo‘rttirib yuborish yoki kamaytirishga moyillik ko‘pincha xa-
yol ustidan nazoratning yo‘qligi tufayli yuz beradi. Bu sifat ay-
rim bolalarda mavjud bo‘lib ular yolg‘on gapirganlarida ba’zan
haqiqiy narsa bilan xayoldagi narsani aralashtirib yuboradi-
lar, lekin yillar o‘tishi bilan to‘g‘ri tarbiyalangan bolalarda-
gi bu kamchilik yo‘qoladi. Bunday sifat katta yoshdagi kishi-
da avj olsa ancha yomon bo‘ladi. Bu kishi o‘ziga-o‘zi baho
berishda, haqiqatda o‘zida yo‘q ustunlik mavjud deb, tasavvur
qilishi mumkin. Bunday kishi o‘z kamchiliklarini sezmaydi
va atrofdagi kishilar nafratini qo‘zg‘atuvchi maqtanchoq bo‘lib
qolishi mumkin. Aksincha, ong tomonidan nazorat qilib tu-
riladigan xa yol o‘z-o‘zini tanqidiy baholashga yordam bera-
di. Chunki kishi o‘zining qanday bo‘lmoqchi ekanligini aniq
tasavvur qiladi.
23-rasm. Shakllarni fikran ikki qismga bo‘lib
kvadrat hosil qiling.
173
Tarbiyachi mashg‘ulotga tayyorgarlik ko‘rar ekan uning bo-
rishini tasavvur qiladi. Xayol yetarli darajada rivojlantirilma-
sa bolalarning intellektual o‘sishlari ham yaxshi rivojlanmay
qoladi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qish yoki aytib be rish bi-
lan shug‘ullanar ekan, muallif gapirgan narsalarni fikran
tasavvur qiladi. Bola ertak va hikoyalarni eshitayotganda o‘zi
ko‘rmagan, xayolida o‘ziga notanish tabiat manzarasini tasav-
vur qiladi. Tasavvur obrazlari bo‘lmasa hikoyalarni tushunib
bo‘lmaydi. Xayol bola shaxsining umumiy rivojlanishiga, xu-
susan, axloqiy tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Xayol ta’siri ostida
qahramonning ideal obrazi yaratiladi va kishi ana shu obraz-
ga o‘xshash uchun intiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: