Maktabgacha yoshdagi



Download 12,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/344
Sana31.12.2021
Hajmi12,55 Mb.
#268394
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   344
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

18-rasm. Oddiy ixtirolar.

Xayol qilish orqali vujudga keltirilgan obrazlar ko‘pincha 

juda yaqqol, konkret xarakterga ega bo‘ladi, masalan, biron 

narsani xayolan tasavvur etib ko‘rish uchun u haqida o‘ylab 

ko‘rishning o‘zi kifoya qilmaydi. Xayolan tasavvur etib ko‘rishda 

biz shu narsaning obrazini yaratamiz va tafakkur ko‘zi bilan 

ko‘ra boshlaymiz. Ba’zi paytlarda ana shunday xayolan yara-

tilgan obraz lar shu qadar yorqin, shu qadar konkret bo‘ladiki, 

ular ni haqiqiy voqelikdagi narsalar bilan almashtirib yuboriladi. 

Masalan, bog‘cha yoshidagi kichik bola lar buvilarini juda yaxshi 

ko‘radilar. Lekin buvisi bo‘lmagan bolalar buvini juda zoriqib 

orzu qila boshlaydilar. Natijada ular xayolan buvining obrazini 

yaratadilar. Buvisi bo‘lmagan uch yoshli qizcha tarbiyachisiga 

kelib, buvisi Farg‘onadan kelganligini, juda mulo yim kampir 




167

ekanligini, unga sovg‘a-salomlar olib kelganini va endi buvisi 

bilan mehmonlarga borishini aytgan. Tarbiyachi  qizchaning 

onasi kelganida uni oyisi kelgani bilan tabriklaydi va juda xur-

sandligini izhor qiladi. Qizchaning onasi hech narsaga tushu-

na olmay, nima gap ekanini so‘raydi va onasi allaqachonlar 

o‘lib ketganini aytadi. Shunda tar biyachi qizchani chaqirib, 

nima sababdan shunday yolg‘on gapirganini so‘raganida qiz-

cha bo‘lsa, yig‘lab buvisi borlarga juda havasi kelganini va o‘zi 

xayolida ana shunday buvi yaratganini aytadi. Ana shunday 

hollarda, albatta, bolalarni yolg‘onchilikda ayb lab bo‘lmaydi. 

Nihoyat, xayolning o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri shun-

daki, agar idrok obrazlari ayni hozirgi paytdagi narsa lar bilan 

bog‘liq bo‘lsa, xotira obraz lari esa o‘tgan zamondagi narsalar-

ning obrazlarini tiklash bilan bog‘liq bo‘lsa, xayoliy yo‘l bilan 

yaratilgan obrazlar hozirgi va o‘tgan zamongagina emas, bal-

ki kelajak zamonga, odam intilayotgan maqsadlarga qaratilgan 

bo‘ladi. Masalan, odam kelajakda nima ishlar qi lishini xayo-

lan tasavvur qilib ko‘rishi mumkin.

Xayol turlari

Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib borishi 

mumkin:

1)  hеch qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar, 

muammolar iskanjasidan bеrkinish maqsadida;

2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himo-

yalanish niyatida;

3)  shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan;

4)  ushalmagan armondan;

5)  patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda;

6)  alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda.

Xayolot (fantaziya)ning turmushda gavdalanishi mumkin 

bo‘l magan, amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar 

dasturini namoyon etishi passiv (sust) xayol dеb nomlanadi.

Xayolning bundan tashqari ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qayta tiklovchi 

va ijodiy turlari ham mavjud. Ixtiyoriy xa yol qandaydir ijodiy 

mehnat bilan band bo‘lgan kishi o‘z xa yolini ishlashga majbir 

qilganda ro‘y beradi. Bu hol badiiy asarlarni yaratish jarayoni-




168

da, ixtirochi, konstruktor ning faoliyatida va hatto qilayotgan 

narsani o‘ylab ko‘rish va yaxshi tasavvur qilish zarur bo‘lgan 

oddiy ishda ham yuz beradi.

Ixtiyorsiz xayol kishining oldida hech qanday vazifa turma-

gan vaqtda, lekin beixtiyor ravishda orzu qilib, xayol sura bosh-

laganda paydo bo‘ladi. Ixtiyorsiz xayol kuchli ehtiyojlar tufayli 

ham paydo bo‘ladi. Masalan: odam juda tashna yoki och payti-

da uning xayolida turli taomlar, suvlar paydo bo‘la boshlaydi. 

Shuningdek, kishining hissiy holatiga ham bog‘liq. Qo‘rqayotgan 

vaqtda odam xayoliga qo‘rqinchli obrazlar kela boshlaydi.

Obrazlarning mustaqilligi va originalligiga qarab xayol es-




Download 12,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish