diy va ma’naviy turlarga ajraladi va ularni keltirib chiqaruv-
chi mexa
nizmlar manbai ham turlicha ekanligi e’tirof eti-
ladi. Insonning ovqatlanish, kiyinish, uy-joyga ega bo‘lish,
maishiy turmush ashyo lariga intilish, komfort hissini qondi-
rish bilan bog‘liq madaniy-maishiy buyumlarga ehtiyoj sezishi
moddiy ehtiyojlar majmuasini yuzaga keltiradi. Ma’naviyatni
yaratish va o‘zlashtirish, shaxsning o‘z fikr-mulohazalari va
his-tuyg‘ulariga binoan boshqa odamlar bilan muomalaga
kirishishi hamda axborot almashtirish, badiiy va ilmiy ada-
biyotlar bilan tanishish, mahalliy matbuotni o‘qish, kino va
teatrga borish, musiqa tinglash kabilarga ehtiyoj sezish, ya’ni
ijtimoiy ong mahsuliga tobelik ma’naviy ehtiyojlar tizimini yu-
zaga keltiradi.
Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar bilan uzviy bog‘liq
bo‘lib, vujudga kelgan ma’naviy ehtiyojlarni qondirish jarayoni-
ni moddiy ehtiyojlarning tarkibiga kiruvchi moddiy narsalar
yordamida amalga oshiriladi, chunonchi, kitob, yozuv qog‘ozi
va boshqalar. Insonda madaniy va ma’naviy ehtiyojlar tur-
mush tajribasining orti shi, bilim saviyasining kengayishi, max-
67
sus mashqlar egalla nishi, ijtimoiy hayot qoidalariga uzluksiz
ravishda rioya qi lishi, narsa va hodisalarga munosabatining
o‘zgarishi tufayli rivoj lana boradi. Odam tobora kamolga yet-
gan sayin uning oldida yangi cha talablar ko‘ndalang qo‘yiladi,
ularni bajarish esa ehtiyoj ning yangi, nisbatan murakkab, mo-
hiyat jihatidan teran xususiyat kasb etuv chi shakllarini vujud-
ga keltiradi, ularning qondirilishi esa tuzilishga ega vositalar-
ni taqozo etadi.
Motiv va motivatsiya
Ehtiyoj asosida odamda faoliyatning motivlari, ya’ni muay-
yan ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq ichki turtki kuchlar
paydo bo‘ladi. Shunday qilib, motiv odamni faoliyatga undovchi
sababdir, maqsad esa odamning nimagadir intilishi, muay-
yan ishni bajarishidir. Maqsad hamisha ham motiv bilan mos
kelavermaydi. Ammo odamning maqsadi faoliyatning motiviga
aylangan taqdirdagina muhim omil bo‘la oladi. Bunda odam-
da o‘z ol diga qo‘yilgan vazifani mumkin qadar yaxshiroq baja-
rishga intilish paydo bo‘ladi. Bu esa uning ehtiyoji bo‘lib qoladi.
Bu sistemada maqsadlardan biri eng yaqin, boshqalari olis-
roq maqsadlar hisoblanadi. Faoliyat motivlari xuddi shu singari
eng yaqin yoki qisqa muddatli va olis motivlar bo‘ladi. Agar
odam faqat qisqa vaqtga mo‘ljallangan motivlar bilan ish ko‘rsa,
uning faoliyati istiqbolga ega bo‘lmasligi mumkin. Bu esa
odam
ning qiziqishlari cheklanganligidan yoki unda zarur
prinsipiallikning yo‘qligidan dalolat beradi. Eng yaqin motiv-
largagina amal qilgan holda ish tutuvchi kishilarning odatda
o‘z oldila riga qo‘yadigan maqsadlari ham yengil bo‘ladi. Bu
toifa odamlar katta qiyinchiliklarni yengishga odatlanmagan
bo‘ladi. Olisni ko‘zlab ish ko‘ruvchi odam yaqin maqsadlarga
o‘z faoliyatining bosh maqsadiga erishish yo‘lidagi zarur bos-
qich, pog‘ona sifatida qaraydi. Qiyinchiliklar bunday odamlar-
ni ishdan voz kechishga unday olmaydi, ayrim muvaffaqiyatsiz-
liklar bunday kishilarning o‘z ol dilariga qo‘ygan vazifalarini
amalga oshirishlarini susaytirmaydi, balki kuchaytiradi, xolos.
Faoliyatning amalga oshirish va shaxs xulq-atvorini tus-
huntirish uchun psixologiyada motiv va motivatsiya tushun-
68
chalari ishlatiladi. Motivatsiya – inson xulq-atvori, ular ning
bog‘lanishi, yo‘nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixo-
logik sabablar majmuini bildiradi. Bu tushuncha u yoki bu
shaxs xulqini tu
shuntirib berish kerak bo‘lganda ishlatiladi.
Motiv aniq tushuncha bo‘lib, u shaxsdagi u yoki bu xulq-at-
vorga nisbatan turli moyillik, hozirlikni tushuntirib beruvchi
sababni nazarda tutadi. Motivlar, ya’ni u yoki bu faoliyatni ba-
jarish uchun moyillikni aniqlashda psixolog Kurt Levin ish
olib borgan. Inson kayfi yatiga qarab har qanday harakat mo-
tivlarini turlicha talqin qilish mumkin.
Amerikalik psixologlarning fikricha shaxs motivining ikki
turi mavjud:
– muvaffaqiyatga erishish motivi;
– muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivi.
Odamlar ham u yoki bu faoliyatlarga kirishishda qaysi mo-
tivga mo‘ljal qilishlariga qarab farqlanadilar. Masalan, faqat
muvaffaqiyat motivi bilan ishlaydiganlar oldindan ishonch bilan
shunday ish boshlaydilarki, nima qilib bo‘lsa ham yutuqqa eri-
shish ular uchun oliy maqsad bo‘ladi. Ular hali ishni boshlamay
tu rib, yutuqni kutadilar va shunday ishni amalga oshirishsa,
odamlar ular ning barcha harakatlarini ma’qullashlarini biladi-
lar. Bu yo‘lda ular nafaqat o‘z kuch va imkoniyatlarini, balki
barcha tashqi imkoniyat laridan – tanish- bilishlar, mablag‘lar
kabi omillardan ham foydalanadilar.
Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasiga tayangan
shaxs larda birinchilardan farqli, ishni boshlashdan avval nima
bo‘lsa ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo‘lmaslikni o‘ylaydilar.
Shu tufayli ularda ko‘proq ishonchsizlik, yutuqqa erishishga
ish on maslik, pessimizmga o‘xshash holatlar kuzatiladi. Shu-
ning uchun bo‘lsa kerak, oxir-oqibat ular baribir muvaffaqi-
yatsizlikka uchraydilar. Agar birinchi toifali shaxslar bir ish-
ni muvaffaqiyatli tugatgach, ko‘tarinki ruh bilan ikkinchi ishga
kiri shi sh sa, ikkinchi toifa vakillari, har qanday ishni yakunla-
gandan so‘ng, uning natijasidan qat’i nazar, ruhan tushkunlik-
ka tushadilar va og‘rinish hissi bilan boshqa ishga kirishadilar.
Bu o‘rinda talabchanlik sifatining roli katta bo‘lib, agar mu-
vaffaqiyatga yo‘nalgan shaxslarning o‘zlariga nisbatan qo‘ygan
69
talablari darajasi ham yuqori bo‘lsa, ikkinchi toifa vakillari-
ning talablari aksincha, past bo‘ladi. O‘zidagi qobiliyatlarga
ishon gan shaxs hattoki mag‘lubiyatga uchrasa ham, unchalik
qayg‘urmaydi, keyingi safar hammasi yaxshi bo‘lishiga ishona-
di, ishonchsiz shaxs esa kichkina berilgan tanbeh yoki tanqidni
ham juda katta ruhiy azob bilan qayg‘urib boshdan kechiradi.
Uning uchun ham shaxsning u yoki bu vaziyatlarda qayg‘urish
sifati ham ma’lum ma’noda motivlar xarakterini belgilaydi.
Qiziqishlarning psixologik mohiyati
Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga
keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum daraja-
da belgilab beradi.
Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet
va hodisalarni bilishga intilishi qiziqish deb ataladi. Qandaydir
faoliyatga intilish mayl deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishi-
ning emotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qizi-
qish yoki maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsi-
yalar uyg‘otadi. Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari
to‘g‘risida mulohaza yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliy
nerv faoliyati haqidagi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bu
nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qizi-
qishning mohiyatini tu shunishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Psixologiyada qiziqish qu yidagi tiplarga ajratiladi:
1. Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy.
2. Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita.
3. Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.
4. Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror.
Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi
bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyati-
ga ham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lni
tutganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini
bildiradi. Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivoj-
lanishi va aqli bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatiga
qiziqishi oxir-oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qizi-
qishlar hodisalar
ning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga
ega bo‘lishi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga
70
keladi. Bilvosita qizi qishlarni tarkib toptirish hamda maxsus
treninglarda amalga oshi rish muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |