Bolaning maktabga tayyorgarligi
1. Motivatsion tayyorgarlik. Bola ning
maktabga intilishi, yangilikni bilish-
ga xohishini o‘z ichiga oladi.
Maktabga tayyorgarlik-
ning bеsh komponеnti
4. Aqliy tayyorgarlik. Unga idrok-
ning, kuzatishning, xotiraning, ta-
fakkurning rivojlanganligi vaqt va
fazoviy tushunchalar, hayvonot va
o‘simlik olami, ijtimoiy hodisalar ha-
qidagi tasavvurlarning shakllangan-
ligini o‘z ichiga qamrab oladi.
2. Irodaviy tayyorgarlik.
Bolada irodaviy sifatlarining
majmui shakllangan bo‘lishi
lozim. Bu sifatlar u o‘qituvchi
bеrgan vazifalarni sabr-toqat
bilan bajara olishiga, bir ishni
oxiriga yеtkaza olishiga, dars-
da chalg‘iyvеrmasligiga yor-
dam beradi.
3. Maktabga ijtimoiy-psi-
xologik jihatdan tayyorgar-
lik. Bu tayyorgarlikka ijtimoiy
mе’yorlarni jamoat joylarida,
kattalar va bolalar guruhida
o‘zini tutishi, xulq-atvor qoi-
dalarini egallashi kiradi.
5. O‘qishga layoqati. Katta-
larni eshita olish va ularning
ko‘rsatmalarini bajarish, o‘z
faoliyatini rеjalashtirish, na-
zorat qilish va baholash kabi-
lar kiradi.
Ko‘rib turganimizdеk, bolalarning maktabga psixologik ji-
hatdan tayyorligi faqatgina uning o‘qish va yozishni bilishi bi-
langina baholana olmaydi.
Olti yoshli bolaning maktabga psixik jihatdan tayyorligi ha-
qida gapirilganda ko‘pincha ma’lum reja asosida, tartibli, ko‘p
qirrali maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlarga asoslan-
gan mantiqiy bog‘liq, izchil boshlang‘ich ta’limga zamin vazi-
fasini o‘tovchi o‘sish darajasi nazarda tutiladi. Bundan tashqari
bolaning oilaviy sharoiti, sog‘ligi, jismoniy o‘sish darajasi, od-
diy ko‘nikmalarni o‘zlashtirganlik darajasi kabi omillar ham
nazarda tutiladi. Bolani o‘rab turgan ijtimoiy muhit, ta’lim-
tarbiya jara yoni va yuqorida aytib o‘tilgan tayyorlik darajasi
maktab ta’limiga tayyorgarlikning obyektiv tomoni hisoblan-
sa, bolaning maktabga intilishi, qiziqishi, istagi, muloqotchan-
426
ligi kabilar subyektiv tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar
maxsus ravishda joylarda tashkil qilingan tashxis markazlarida
suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar tur-
li uslublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning
o‘ziga xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixo-
log bola ning individual xususiyatlarini, sog‘ligini va psixik to-
mondan sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyat-
lari, holat
larini aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi»da bolalar ning rivojlanishi va maktabga tayyorlash das-
turining asosiy vazifalari: «Bolalarni har tomonlama yetukligi,
ularning qobiliyatlari, intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan
holda maktab ta’limiga tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy
qadriyatlarga, mustaqillik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yet-
ib borishini ta’minlashdan iborat»dir. Bolaning maktabga tay-
yorligi davlat me’yoriy hujjatlari bilan aniqlanadi. Davlat talab-
larining asosiy maqsadi yosh avlodni milliy istiqlol mafkurasi
asosida sog‘lom, har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida tar-
biyalashdan va maktab ta’limiga tayyorlashdan iboratdir:
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida
jiddiy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun
maktab gacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasi-
da yoki uyda yoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh
xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishti-
rish kеrak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining
jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish,
xo tira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar
olami, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi
bilan bеlgilanadi.
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmun-
cha qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i ke-
yinchalik o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi
sinf dasturida berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada
ham maktabda o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shu-
larning hammasi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bi-
427
lan belgilanadi. Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata
olish xususiyatida ko‘rinadi.
Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlash-
da quyidagi testlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |