vaziyatli (situa-
tiv)
, ya’ni ayni shu sharoit bilan bog‘liq bo‘lgan
nutq
deb yuritiladi
Bola ning bunday o‘ziga xos tilini uning eng yaqin odami bo‘lmish
280
onasi va otasigina tushunadi. So‘z boyligi orta borgach, bolaning
o‘ziga xos bo‘lgan situativ tili haqiqiy ya’ni hamma uchun tushu-
narli tilga aylanadi.
Ilk yoshda lug‘at hajmining ko‘rinishi:
Bola yoshi
So‘z boyligi
1 yoshda
12–20
1,6 yoshda
30–40
2 yoshda
300–400
3 yoshda
1200–1300
So‘z bilan predmet o‘rtasida har xil bog‘lanish bo‘ladi, lekin
dastlabki tushunish vujudga kelgan vaziyatga bog‘liqdir. Agar bo-
la «koptok» so‘zi boshqa ko‘rinishdagi koptoklarga ham daxldor-
ligini tushunsa, «Koptok qani?» degan savolga koptokning u yoki
bu xilini ham ko‘rsata oladi. Yangi predmet bola o‘z taj ribasida
uchratgan jismga o‘xshasa, tanishdek tuyulsa, yangi harakat bilan
uni bildiradigan so‘zni o‘zaro bog‘lash birmuncha yengil ko‘chadi.
Shunga o‘xshash vaziyat bolaning turmush tajribasida qanchalik
ko‘p uchrasa, idrok qilingan predmetlar ko‘lami ham shuncha-
lik tez kengayadi va bolaning lug‘at boyligiga qo‘shiladi. Bo laning
faoliyatida unga beriladigan savollarni tu shunish muhim ahami-
yat kasb etadi va uning oddiy xatti-harakatlarni amalga oshirish
imkoniyatini yaratadi.
Tadqiqotchi E.K. Kaverinaning tajribasida tasdiqlaganidek,
bolaning predmet nomini tushunishi quyidagi tartibda aks eti-
shi mumkin:
a) bola eng avval atrofidagi predmetlarning nomlarini;
b) kat ta yoshli odamlar va o‘yinchoqlarning nomlari va
rasmlarini;
d) odamlarning gavdasining tuzilishini, uning bo‘laklari va
hokazolarni tushunadi.
Tushunishning eng qulay,
senzitiv
davri bir yoshdan bir yarim
yoshgachadir. Bu davrda bola predmet va jismlarning nomlarini
281
yengil o‘zlashtirib oladi. Ikki yoshgacha davrida kattalar bilan
muloqotga kirishishda uy jihozlari va boshqalarni o‘rganadi.
Bola 2 yoshga to‘lganda nutqning rivojida yangi davr boshla-
nadi. U ona tilining grammatik qoidalariga muvofiq gap tuzish-
ga harakat qiladi. Uning nutqida deyarli barcha so‘z turkumlari,
murakkab bog‘lovchisiz gaplar uchray boshlaydi.
Bola uch yoshga qadam qo‘yganda, unda nutqni tu shunishning
ko‘lami kengayadi, sifati esa yuqori darajaga ko‘tariladi. 2–3 yosh-
li bola kattalarning amaliy faoliyatni bajarishga doir nutqini tu-
shunishdan tashqari ertak, hikoya, she’r kabilarni tinglashni ham
yoqtirishi sababli ularda bayon qilingan fikrlarni ham tushunish-
ga intiladi. 3 yoshli bola faqat yaqin kishilari bilan emas, balki be-
gonalar, tenqurlari bilan ham muloqot ko‘lami kengayishi natijasida
unda tom ma’nodagi nutq faoliyati vujudga keladi. Bolada katta-
larning nutqiga, xatti-harakatiga qiziqish kuchayadi, o‘ziga daxlsiz
fikr va mulohazalarni tinglash mayli paydo bo‘ladi, shuningdek,
uning o‘zi atrof-muhitda, kattalar davrasida olgan ma’lumotlar
va axborotlar bo‘yicha boshqalar bilan muloqotga kirishish istagi
tug‘iladi. Uch yoshli bolaning nutqi muloqot quroli vazifasini ba-
jarib, amaliy faoliyat bilan uzviy bog‘liq holda ro‘yobga chiqadi.
Unda dialogik nutq paydo bo‘ ladi, chunki uning o‘ziga yoqadigan
narsalar haqida savollar berishi yoki kattalarning savoliga javob
qaytarishi dialogik nutqni taqozo etadi. Dialogik nutq zamirida
ona tilining grammatik tuzilishini faol egallash uchun keng im-
koniyatlar yotadi, dialogik nutq bolaning kattalar bilan hamkor-
likdagi faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Xayol
jarayonining dastlabki ko‘rinishlari bolada ikki yosh-
ga to‘lib, uch yoshga qadam qo‘yganida ko‘rina boshlaydi. Ikki
yoshli bolalarda ko‘rinadigan dastlabki xayol ma’lum bir maqsad-
ni ko‘zlamaydigan ixtiyorsiz xayoldir.
Til chiqishi bolalarda xayol jarayonining o‘sishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Ana shu davrdan boshlab bola tevarak-atrofdagi kishilarning so‘zini
yaxshi tushunadigan bo‘lib o‘zidagi tasavvurlar zaxirasini bevosita
idrok qilingan narsalar orqaligina emas, balki katta yoshli odam-
lar nutqi bilan ham to‘ldirib boradi. Bola o‘ziga tushunarli mav-
zulardagi hikoya va ertaklarni qiziqib tinglaydi. O‘zi asosiy qahra-
mon bo‘lib qatnashadigan hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadigan
282
bo‘ladi. Bunday hikoya bolaga juda tushunarli bo‘ladi, chunki bola
hikoyani eshitib turib, bevosita, o‘zining idrokiga tayanadi. Bu yer-
da o‘ylab chiqarilgan voqea bolaning o‘zi haqiqatdan ishtirok qilgan
voqealarga ulanib ketadi. Bolaning hikoya va ertaklarni eshitishga
juda ham qiziqishi, hikoya va ertaklarni tinglayotganida bolalar ning
tajribasini orttiradigan va xayolini o‘stirishga yordam beradigan xil-
ma-xil va aniq tasavvurlar hosil bo‘lishini ko‘rsatadi.
Nutqning o‘sishi bolaning yangi taassurotlar hosil qilishi va
uni boyitishi bilangina cheklanib qolmay, balki u miyada hosil
bo‘lgan yangi-yangi obrazlarni so‘zlar bilan ifodalashga yordam
beradi. Masalan, ikki yarim yoshlardagi qizcha derazalarda-
gi pardalar hilpirab va quyosh nurlarining shu’lalaridan tovlanib
turganini ko‘rib, o‘zini polga tashlaydi va, «... qarang, oyi, go‘yo
dengizga o‘xshaydi. Men cho‘milayapman...», – deydi. Bola nut-
qida shu go‘yo so‘zining paydo bo‘lishi juda ham xarakterlidir.
Bola xayolidagi vaziyatni shu so‘z bilan ifodalaydi, real narsalar
bilan xayolidagi narsalarni bir-biridan ajratadigan bo‘ladi.
Bola kattalarning gaplariga tushunadigan bo‘lgach, turli ertak va
hikoyalarni qiziqib tinglaydigan bo‘ladi. Bolalar o‘zlari biladigan,
o‘zlariga yaxshi tanish bo‘lgan narsalar (hayvonlar, bolalar kabi)
haqidagi hikoyalarni jon-u dili bilan eshitadilar bola bunday hiko-
yalarni eshitishda bеvosita o‘zining idrokiga, tasavvurlariga taya-
nadi. Bunday hikoyalarda («Uch ayiq», «Qizil shapkacha») o‘ylab
chiqarilgan voqеa bolaning o‘zi haqiqatda ishtirok qilgan, idrok qil-
gan voqеalarga ulanib kеtadi. Natijada bolaning tajribasi ortadi va
mustahkamlanadi. Bu esa o‘z navbatida bola xayolining o‘sishiga
yordam bеradi. Har bir hikoyani eshitganda bolada xilma-xil tasav-
vurlar yuzaga kеladi. Bola bu tasavvurlari yordamida xayol qilish
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bola hikoya eshitish orqali olgan tasav-
vurlarini so‘zlar bilan ifodalaydi, tajribasi oshib boradi. 3 yoshda
bolaning xayol obrazlari tеvarak-atrofdagi prеdmеtlarning ta’sirida
tug‘iladi va ma’lum maqsadga bo‘ysunadi. Bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib
bo‘lgandan kеyin, uni kiyintiradi va «uxlashga» yotqizadi. Bordi-
yu shu on «ayiqcha»ni ko‘rib qolsa diqqatini qo‘g‘irchog‘dan olib,
ana shu «ayiqcha»ga qaratadi va u bilan «o‘rmonga sayr qilishga»
kеtadi. Bolada tajriba ortib, o‘yin faoliyati murakkablashib borishi
bilan xayol ham boyib boradi.
283
Bolalar xayolining dastlabki rivojlanishida ular o‘yinining roli
juda kattadir. Ularning yoshi ulg‘aygan sari ular o‘yinining maz-
muni ham o‘zgarib boradi. Ikki yoshga to‘lish oldidan bolalar
o‘yinida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Manipulatsiya o‘yinlari
bilan bir qatorda tasviriy o‘yin elementlari ham paydo bo‘ladi. Bo-
la turmushda ko‘rgan ish harakatlarini o‘z o‘yinida aks ettiradi.
Masalan bola qo‘g‘irchog‘ini «ovqatlantiradi», yotqizib «uxlata-
di», uni «erkalaydi», «arg‘imchog‘da uchiradi». Bola katta bo‘lgan
sayin o‘yinda katta yoshli kishilarning harakatlariga taqlid qi-
lish tobora ko‘p o‘rin egallay boshlaydi. Ayni vaqtda o‘yinlar mu-
rakkablashib, mazmuni ham turli-tuman bo‘la boradi. Masalan,
bola o‘ziga g‘amxo‘rlik qilayotgan onasining harakatlariga, du-
radgor, shofyor, sartaroshning harakatlariga taqlid qila boshlaydi.
Bolaning bunday o‘yinlarida esa endi tiklovchi xayolning yuzaga
kеla boshlaganini ko‘ramiz.
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bolalarning harakatlari-
da tasviriy faoliyat elementlarining paydo bo‘lishi xayolning
o‘sayotganligidan dalolat beradi. Masalan, bola bir nimalar-
ni qog‘ozga chizib, nimanidir tasvirlashga urinib ko‘radi. Lekin
dastlab bunday chizmakashlik faoliyati almoyi-aljoyi chiziqlar
chizishdangina iborat bo‘ladi. Ikki yoshga tolganda bog‘chagacha
tarbiya yoshidagi bolaning tasviriy faoliyatida yangi, muhim ele-
ment paydo bo‘ladi. U endi o‘zi chizayotgan rasmiga nom bera-
digan bo‘ladi. Tasviriy faoliyatining yuzaga kelishi bog‘chagacha
tarbiya yoshidagi bolaning tasavvur xayolini o‘stirishga yordam
beradi. Ammo bu yoshda xayolning dastlabki nihollarigina paydo
bo‘la boshlaydi. Bu nihollarni diqqat-e’tibor bilan doimo parva-
rish qilib turish tarbiyachi va ota-onalarning vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |