Duduqlanishni oldini olish
Reja:
1. Duduqlanishni oldini olish usullari
2. Nutqni rivojlantirish yo’nalishlari
Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo’linadi. Ulardan biri bolaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To’laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to’g’ri almashinuvi bilan ta’minlanadi. Bolalarning ruhiy holatini haddan ortiq ma’lumot yukidan («kattalar» teleko’rsatuvlarini ko’rish, yotishdan oldin o’ta kuchli emotsiyali hikoyalar o’qish), qo’rqishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan vaziyatlarni himoya qilish kerak.
Bolaning nutqi to’liq rivojlanishi uch yo’nalishni o’z ichiga olishi kerak. Birinchisi, dunyoqarash, tushunchalar va atrof-muhit haqidagi qarashlar, hodisalar va narsalar (o’yinlar, yurishlar, kitoblarni o’qish)ni kengaytirish. Ikkinchisi — bolaning nutqida tutilishni oldini olish va kuzatilganda choralar ko’rish, ravon va sekin gapirishni, fikr va istaklarni mantiqiy va izchil tushuntirishga o’rgatish kerak. Uchinchisi — ovozning to’g’ri talaffuz qilinishi, ritmi va tempini shakllantirish. Biroq, bolani yangi axborot bilan me’yorida, asta-sekin tanishtirish kerak.
Duduqlanishini tuzatib, uning qaytalanishini oldini olish uchun qulay psixologik muhitni ta’minlovchi shart-sharoit yaratish kerak.
Maxsus
korreksion mashg'ulotlar mazmuni
Reja:
1. Korreksion pedagogik ish mohiyati.
2. Korreksion ish mazmuni va didaktik usullari.
Korreksion — pedagogik ish deganda ko'rishda nuqsoni bo'lgan
bolalaming bilim faoliyati, shaxs xususiyatlari, jismoniy rivojlanishi
va harakat qobiliyatlari kamchiliklarini tugatish, kompensatsiya
jarayonlari rivojiga qaratilgan ta’lim va tarbiya vositalari, shakl va
metodlari, maxsus pedagogik tadbirlar kompleksi tushuniladi.
Ma’lumki, ko'rish qobiliyati buzilganda bolalar rivojlanishida
qator ikkilamchi buzilishlar yuzaga keladi. Bilish jarayonlari (idrok,
tasavvur, ko'rgazmali obrazli tafakkur) sustlashadi, jismoniy
rivojlanish va harakat fimksiyalari rivojida o'zgarishlar ro'y beradi
(tezlik, aniqlik, kordinatsiya, harakat sur’ati, harakat aktlari
o'lchamligi buziladi), ijtimoiy tajriba egallash cheklanadi. Korreksion
— pedagogik ish qoidalarini asoslashda, zamonaviy tiflopedagogika
mutaxassislari maxsus yo'naltirilgan o'quv tarbiya ish ta’sirida
o'zgarish, korreksiya, kompensator qayta qurilishlarga uchraydigan
bolalardagi birlamchi va ikkilamchi buzilishlar, ko'rishda nuqsoni
bo'lgan bolalar ta’lim, tarbiyasi va rivojlanishi qonuniyatli nisbati
haqidagi konsepsiyadan kelib chiqadi. Bunda ko'rishda chuqur
nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishidagi umumiy qonuniyat va
spesifik xususiyatlami hisobga olgan differensatsiyalangan yondashuv
muhim ahamiyat kasb etadi. Buzilgan funksiyalami kompensatsiyalash
va korreksiyalash, anomal bola rivojlanishida ta’lim va
tarbiyaning yetakchi rolini o'rganish masalalari bo'yicha dastlabki
nazariy qoidalar L.S.Vigotskiy, T.A. Vlasova, M.LZemsova,
YU.A.Kulagin, A.L.Litvak, V.I.Lubovskiy, I.K.Marchulis,
L.I.Sognuevalar tomonidan ishlangan.
Ma’lumki, ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalar rivojlanishi
biologik va ijtimoiy omillar birligi bilan shartlangan. Shu sabab, ular
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillar ta’siri va ulaming o'zaro
munosabatini aniq tasavvur etish lozim. Ko'rish patologiyasi mavjud
bolalar rivojlanishi funksiyalar buzilishining klinik shakllari, xarakteri
va og‘irligi, eshitish, harakat va ko‘rish analizatorlari saqlanganligi,
ruhiy faoliyat oliy shakllari va umuman shaxsning rivojlanishi
darajasi, qaysi yoshda ko‘rish qobiliyati yo‘qotilgan, ta’lim va tarbiya
mazmuni, shakl va metodlariga bogMiq. Ta’lim va tarbiya bilan
bogMiq boMgan bola rivojlanishidagi ijtimoiy omillar rolini
ta’kidlaymiz. Bola o‘z hayotini ilk kunlaridanoq uni o‘rab turgan
ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sirda boMadi, bu muhit bola rivojida
muhim shart va manba sanaladi. Ko‘rishida nuqsoni boMgan bolalarda
murakkab psixik jarayonlar rivojlanishi korreksion yo‘nalishiga ega
boMgan ta’lim va tarbiyaga bogMiq boMib, u kompensatsiya
jarayonlari rivoji bilish faoliyati kamchiliklarini tugatish, ko‘rishida
nuqsoni boMgan bolalar shaxsi tiklanishidagi potensial imkoniyatlami
izlashni ko‘zda tutadi. Korreksion ish mazmuni va didaktik usullar
differensatsiyalash, bola yoshiga moslash, o‘quv materialini idrok
etish va makonda orientatsiyalanish xususiyatlari asosiga quriladi.
Bolalik yoshida kompensatsiya imkoniyatlarini baholashda nafaqat
shakllanib boMgan kompensatsiya mexanizmlari, balki shakllanishi va
tiklanish bosqichida turgan mexanizmlar, L.S.Vigotskiy ta’biricha
≪bola rivojlanishining eng yaqin zonasi≫ ham hisobga olinadi. Bu
zonani hisobga olish kompensatsiya jarayonlarini boshqarish,
Ko‘rishida nuqsoni boMgan bolalarda buzilgan va yetarlicha
rivojlanmagan funksiyalami korreksiyalash va tiklashda muhim
ahamiyat kasb etadi. Kompensatsiya jarayonlari asta-sekinlik bilan
rivojlanadi va funksiyalar sistemali qurilishi alohida tarkibi va o‘ziga
xosligi bilan xarakterlanadigan rivojlanishning ma’lum bosqichlariga
ega. Qator mualliflar tadqiqotlarida bola antogenetik rivojlanishining
turli bosqichlarida kompensatsiya jarayonlari shakllanishining turli
senzetiv davrlari ham mavjud. Bu ta’lim va tarbiyani bola
rivojlanishining turli bosqichlarida tashkil etish uchun muhim
ahamiyat kasb etadi. Bolalarni har tomonlama klinik va psixologik
pedagogik o‘rganish, ulaming bilim va amaliy shakllari tahlili
ko‘rsatadiki, ta’lim va tarbiya jarayonida mazmun, metodlar va
differensatsiyalangan yondashuv bilan bogMiq holda rivojlanishdagi
nuqsonlar kompensatsiyalanadi va korreksiyalanadi deb hisoblashga
asos bor. ≪Faqat tanish predmetlar va tanish xossa yoki munosabatlar
bilan fikrlash mumkin: demak, fikrlash uchun oldindan predmetlami
bir-biridan farqlash, ulami tanish va keyin predmetlar xossalari va
328
o‘zaro munosabatlami farqlash malakasi berilgan bo'lishi kerak, bu
esa dastlab hissiyot tomonidan beriladi≫, - deb yozadi I.M.Sechenov,
hissiy bilim cheklanganda ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarda so'z
ifodalari fdrmalizmi, nutq verbalizmi, ya’ni so'zlaming katta zaxirasi
va predmetlar obrazlari yetarli bo'lmagan zaxirasi o'rtasida nomuvofiqlik
yuzaga keladi.
Ko'zi ojizlar nutqida eng ko'p verbalizmi makon xossalari va
predmetlar munosabatlarini ifodalovchi so'z ifodalari kuzatiladi.
Predmetlar shakli, o'lchami, olisligi, harakatini belgilovchi so'z
ifodalar ularda bu tushunchalar mazmunini anglashdan oldin paydo
bo'Iadi. Shu sabab, ular ko'radigan bolalardan ko'proq so'zlami
predmetli vaziyatlarda qo'llashga qiynaladilar. Bu predmetlar makon
belgilarini o'rganish, turli xil tasvirlami o'zlashtirishdagi
qiyinchiliklarda namoyon bo'Iadi, garchi bu hollarda zarur so'zlar ular
lug'at boyligida mavjud va boshqa nutqiy vaziyatlarda
qo'llansa ham. Ko'rishida nuqsoni bo'lgan bolalarda jismoniy
rivojlanish va harakat tayyorgarligidagi nuqsonlarning oldini olish,
mavjudlarini tugatishda maxsus korreksion mashg'ulotlar
(korreksiongimnastika, davolovchi jismoniy tarbiya va b.) muhim
o'rin tutadi, shu bois maktabgacha tarbiya masalalari va maktab
xodimlari jismoniy tarbiya-sog'lomlashtirish ishlarining barcha
shakllari: mashg'ulotlar gimnastikasi, jismoniy tarbiya daqiqasi,
harakatli tanaffuslar, kundalik sport soatlari, har oylik salomatlik
kunlarini yo'lga qo'yish asosida bolalaming harakat faolligining
oshirishga alohida e’tibor qaratadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |