1.2 O‘zbekiston Respublikasida ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo`yiladigan Davlat talablari asosida ta`limiy ishlarni rejalashtirish pedagogik muammo sifatida
1. O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishi Davlat talablari (keyingi o‘rinlarda Davlat talablari) ushbu xujjatning maqsadi va vazifalari, asosiy tamoyillari, tarkibiy qismlari, uni tadbiq etish tartibi, hamda Davlat talablari bajarilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Davlat talablari maktabgacha yoshdagi bolalarga ma’lum bir yosh bosqichida bilim, ko‘nikma va malakalariga qanday minimal talablar qo‘yilishi haqidagi ta’kidlar jamlanmasini anglatadi.
Davlat talablari -bu bolalar rivojlanishi va tarbiyasida ishtirok etuvchi barcha kattalarga uyg‘un rivojlanishning barcha sohalariga yaxlit yondoshish nuqtai nazaridan kutilayotgan natijalar haqida ma’lumot beruvchi xujjat bo‘lib, bolalarning har tomonlama rivojlanishi, ta’limini rag‘batlantirish va qo‘llab quvvatlash maqsadidagi harakatlarni yo‘naltirishning muhim vositasi hisoblanadi.
2. Davlat talablarini tuzishdagi asosiy me’yoriy – qonuniy xujjatlar quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni;
BMT bola xuquqlari Konvensiyasi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 30 sentyabrdagi PF-5198-son farmoni;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017–2021 yillarga mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 29 dekabrdagi PQ-2707 son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan isloh qilish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 9 sentyabrdagi PQ-3261 son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305 son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “O‘rta umumiy t’lim Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori;
O‘z DSt 1.5-93. «Talablashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish va bekor qilish tartibi»;
O‘z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
O‘z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat talablari O‘zbekiston Respublikasi territoriyasida mulkiy shakli va qaysi tashkilot tasarrufida ekanligidan qat’iy nazar, quyidagi ta’lim muassasalarida qo‘llanilishi majburiydir:
umumiy turdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarida;
maktabgacha yoshdagi guruhlari mavjud bo‘lgan «Mexribonlik» uylarida, kichkintoylar uylarida;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim turlari uchun kadrlar tayyorlovchi o‘rta-maxsus va oliy ta’lim muassasalarida;
maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim turlari bo‘yicha pedagogik kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlashni tadbiq etuvchi muassasalarda;
maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiya olayotgan oilalarda.
4. Davlat talablari :
maktabgacha ta’lim soxasida yagona davlat siyosati ta’minotini;
asosiy kompetensiyalar shakllanishi orqali bolaning potensial imkoniyatlarini ochishga qaratilgan 0 dan 3 yoshgacha va 3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bola rivojlanishining 5ta asosiy rivojlanish soxalaridagi kutilayotgan natijalarning (ko‘rsatkichlar, me’yorlar) bazaviy mazmunini;
pedagogik jarayonni innovatsionligini, ta’lim tarbiyaviy ishlarni bolalarning “hayotiy vaziyatlari”ga yo‘naltirilishini;
maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim va tarbiyasidagi asosiy omil sifatida yosh guruhlarining predmetli rivojlantiruvchi muhiti mazmunini;
turli yoshdagi bolalar bilan ishlaydigan pedagoglarga talablarni;
bolalarning huquqlarini ta’minlagan xolda ularning ta’lim tarbiyasi va rivojlanishida oilalar bilan uzviylikni ta’minlanishini;.
maktabgacha ta’lim pedagoglarini tayyorlash va qayta tayyorlash hamda ularning kundalik faoliyati uchun yagona mazmunli asos (Davlat talablari) tadbiq etish orqali maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashni;
ota-onalarning ilk yoshdagi bolalar rivojlanishi hususiyatlari va ushbu rivojlanishni qo‘llab quvvatlashdagi ularning roli haqidagi bilimlarini oshirish orqali ota onalar xulqi va tarbiyalash malakalarini takomillashtirilishini;
hamjamiyatni bolalar ilk rivojlanishi haqidagi bilimlarini boyitishni ko‘zda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |