Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish. Reja



Download 37,66 Kb.
bet1/3
Sana31.12.2021
Hajmi37,66 Kb.
#263418
  1   2   3
Bog'liq
4 amaliy


MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TASVIRIY SAN’AT ASARLARI BILAN TANISHTIRISH.


REJA:

1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish usullari.

2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy san’at asarlari bilan tanishtirish.

O'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama barkamol o'sishi, uning jismoniy, axloqiy va ma'naviy tarbiyasi to'g'risida g'amxo'rlik qilib voyaga yetkazish masalasi davlatimiz siyosatining muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan, shu maqsadda ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga izchil tatbiq etilmoqda.

Mazkur ta'lim muassasalarida yosh avlodga puxta bilim berish, ularda zarur ko'nikmalarni shakllantirish bilan birga, kelajagimiz vorislarini boy tariximiz, qadriyat va an'analarimizga hurmat, milliy g'oyalarga sadoqat, ona-Vatanga muhabbat kabi ezgu g'oyalar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Mamlakatimizning kelajagi va ertangi kuni bugun farzandlarimizning qanday tarbiya olayotganligiga bog’liq. Shu bois ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan xalq ta’limi sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda.

“Bizning asosiy vazifamiz o’quv-tarbiya jarayoni sifatini jahon standartlari darajasiga ko’tarish, ta’lim, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarning butunlay yangi usullarni joriy etishdan iborat bo’lmog’i lozim”, - degan edi muhtaram yurtboshimiz.

Shuningdek Prezidentimizning “Yuksak ma’naviat-yengilmas kuch” asarida “Har qaysi ota-ona, tarbiyachi va ustoz har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar yetib voyaga yetkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak” - deya ta’kidlagan.

O'z shaxsi va jamiyat bilan uyg'un yashaydigan, ma'nan yetuk, ya'ni keng bilimlarga, erkin tafakkurga, nozik didga va yuksak axloqiy fazilatlarga ega, o'z-o'ziga ham, jamiyatdagi kamchilik va yutuqlarga ham tanqidiy qaraydigan, ijodkor, izlanuvchan, jismonan va ruhiy sog'lom avlodni tarbiyalashni avvalo oiladan va maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash kerak.

“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap bor ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtatilib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga hayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va hissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoq ishlab chiqish masalasidir.

Bir qaraganda, bu muammo arzimas narsa bo’lib tuyulishi mumkin. Lekin, har qaysi go’dak ilk bor olamni o’z atrofidagi ashyo va buyumlar, jumladan o’yinchoqlar orqali aniqlashini inobatga oladigan bo’lsak, ularning inson tarbiyasidagi o’rni beqiyos ekani ayon bo’ladi. O’yinchoqlar obrazi bolaning murg’ak tasavvuriga bamisoli toshga o’yilgan naqshdek muhrlanib, uning ongida bir umr saqlanib qoladi. Go’dakning ulg’ayib, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi, o’zining hayot tarzini qanday axloqiy-ma’naviy asoslarga qurishi ham, hech shubhasiz, uning bolalikda qanday o’yinchoqlar bilan oshno bo’lib o’sgani bilan belgilanadi.

Afsuski, hozirgi vaqtda farzandlarimiz ko’pincha xorijda ishlab chiqilgan, bizning milliy tabiatimizdan uzoq bo’lgan o’yinchoq va qo’g’irchoqlarni o’ynab ulg’aymoqda” degan fikrlar I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida o’z aksini topgan.

Demak, yosh avlodni qanday insonlar bo’lib voyaga yetishini, kasb tanlashi, kelajakda qanday yo’ldan borishi uning bolalikda sevib o’ynaydigan o’yinchoqlariga ham bog’liq ekan.

Tasviriy faoliyatning har xil turlari bolaning badiiy didini shakllantiradi. Agar rasm va applikatsiya chiziqlarning aniqligi hamda ranglarning yorqinligi orqali bolalarni estetik tarbiyalashga ta’sir ko‘rsatsa, o’yinchoqlar yasashda predmetning hajmli shakli, yumshoqligi va ritmi birinchi o‘ringa chiqadi. Mana shu uchta komponentning barchasi real fazoda mavjud bo‘lib, bolada predmetlar plastik shaklining go‘zalligini, qismlarining nisbatlarini tez idrok etish va bilib olish ko‘nikmasini shakllantiradi, ularda tevarak-atrofdagi voqelikka diqqat-e’tibor va qiziqishni rivojlantiradi.






xarakterini, voqea sodir bo‘layotgan joyning xususiyatlarini o‘rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi.

Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga va ta’sirliroq bo‘Iishiga yordam berishdir. Illustratsiyalar turli ko‘rinishda bo‘ladi. Illustratsiyalarda badiiy asarda ishtirok etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim voqealar tasvirlanishi mumkin. Kitob va gazeta-jumal grafikasining ko'rinishlaridan yana biri karikatura bo‘lib, u tanqidiy xarakterga ega bo‘ladi hamda o‘zida satira va yumomi mujassamlashtiradi. Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo‘lgan voqea va hodisalami o‘z asariga mavzu qilib oladi va uning ba’zi tomonlarini bo‘rttirish orqali rasmlaming qiziq va kulgiJi bo‘lishiga erishadi. Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklami tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, zamonamiz, kishilarimiz sha’niga dog1 bo'lgan hodisa, illat va marazlarni qoralaydi, mavjud bo'lgan nodonlik, xurofot, tekinxo‘rlik, poraxo‘rlik, davlat mulkiga xiyonat qiluvchilarning basharalarini ochib tashlaydi. Grafika san’atining turlaridan yana biri plakatdir. Plakat lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «e’lon», «guvohnoma» degan ma’noni anglatadi. Grafika san’atining nihoyatda keng tarqalgan turlaridan biri amaliy grafikadir. Turli xildagi etiketkalar, konvert yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga mansub.

Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san’at emas, u ham san’atning boshqa turlari kabi ijtimoiy hayotda faol qatnashadi, jamiyatda bo‘layotgan yangiliklar bilan ommani tanishtiradi. Hukumatning g‘oyalarini xalq orasida targ'ib qiladi. Grafika san’ati eng demokratik san’atdir. U goh plakat tarzida, goh gugurt qutichasining yuzasiga ishlangan tasvir tariqasida, goh gazeta sahifalaridagi surat tarzida o'lkaning uzoq chekkalariga kirib boradi, o‘sha yerlarda ma’rifat tarqatadi, kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika san’ati katta g'oyaviy-siyosiy ahamiyatta egadir. Rangtasvir. Tasviriy san’atning ikkinchi bir turi rangtasvir san’atidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar, polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san’at turiga kiradi. Rangtasvirda rang muhim o'rinni egallaydi. Agar grafika san’atida rang shunchaki yordamchi vazifani o‘tasa, rangtasvimi esa rangsiz tasawur qilib bo'lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko'rinarii





obrazlarda tasvirlaydi, makonning cheksizligini, undagi narsalaming rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko‘rsatadi. Rangtasvir asarlari yana o'zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko‘ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo‘linadi.

Monumental rangtasvir me’morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Bunday asarlar odatda uzoqdan ko‘rishga mo‘ljallanganligi tufayli obrazlarni iloji boricha umumlashtirilgan holda tasviriyga, mayda detallardan iloji boricha kamroq foydalanishga harakat qilinadi. Ranglar ham birmuncha shartli olinadi, shunga qaramasdan u borliq to‘g‘risida real tasavvur berishi kerak. Monumental rangtasvir me’morchilikda ma’lum miqdorda bezash vazifasini ham o'taydi, shuning uchun ham uni ba’zan monumental — dekorativ rangtasvir deb ham yuritiladi. Monumental rangtasvir asarlari bajarilish usuliga qarab o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi. Bular: freska, mozaika va pannodir. Freska odatda devorga to‘g‘ridan to‘g‘ri suvoq ustiga ishlanadi. Bolonka rangli tosh, shisha, bo'yalgan oyna, sirli sopol parchalaridan ishlanadi. Devorga ishlangan surat yoki o‘yma naqshlar ba’zan har xil shakldagi ramkalar (to‘rtburchak, kvadrat, beshburchak va hokazolar) bilan chegaralangan bo'ladi — bu pannodir. Panno dastlab alohida yuzada (xolstda, ganchda, yog‘ochda) ishlanib olinib bitgandan so‘ng devorlarda qoldirilgan maxsus o‘rinlarga o‘rnatiladi. Lekin mazmun jihatdan mustaqil xarakterga ega bo‘lishi ham mumkin. Ba’zi hollarda panno dastlab xolstga moy bo‘yoq bilan ishlanib, keyin kerak bo'lgan o‘ringa yopishtiriladi.

Dekorativ rangtasvir me’morchilik va amaliy san'at bilan bog‘liq bo‘lib, asosan bezash vazifasini o‘taydi. Dekorativ rang tasvirga naqqoshlik san’ati, teatr, kino dekoratsiyalari va qisman monumental rassomchilik ham kiradi. Dekorativ rangtasvir monumental rangtasvir singari to‘g‘ridan to‘g‘ri devorga ishlanishi, panno, mozayka tarzida bo‘lishi mumkin. Dastgoh rangtasvir hozirgi zamon tasviriy san’atida yetakchi o‘rinni egallovchi san’at turlaridan biri hisoblanadi. Odatda u maxsus ramkaga tortilgan matolar ustiga ishlanadi. Bunday rasmlar molbert deb ataladigan alohida dastgohda ishlangani uchun ham ulami dastgohli rasmlar deyiladi.

Bunday rassomchilik asarlari jamiyatda bo'layotgan muhim voqea va hodisalarni aks ettirishidan tashqari, shaxsning individual xislatla-











rini, intim kechinmalari, his-tuyg‘ularini to‘liq ko‘rsatish imkoniya- tiga egadir. Shuningdek, ularda tabiatda bo'layotgan o'zgarishlar o‘zining yorqin ifodasini topadi. Dastgoh rangtasvir monumental va dekorativ rang tasvirdan farqli o'laroq, mustaqil ahamiyatga ega, u boshqa biron san'atga bog'lanmaydi. Dastgoh rassomligi birmuncha kech paydo bo‘lgan bo'lib, uning rivojlanish davri Uyg‘onish davriga to'g'ri keladi. Hozirgi kunda esa tasviriy san’at turlari ichida uning keng tarqalgan turlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab paydo bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san’atida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Haykaltaroshlik. Tasviriy san’atning turlaridan biri boigan haykaltaroshlik asarlarida borliq hajmga ega bo'lgan shakllar orqali makonda tasvirlanadi. Stol ustiga qo‘yiladigan haykalchalar, park va xiyobonlarga o‘rnatilgan turli haykal va yodgorliklar, binolarning devorlariga, tanga, belgi, medal kabi buyumlaming yuzasidagi bo'rtma tasvirlar haykaltaroshlik san'atining turli ko‘rinishi hisoblanadi. Haykaltaroshlik asarlari o‘z ishlatilish o‘rni, bajaradigan vazifasi va tayyorlanish usuliga qarab turlicha nomlanadi. Ular odatda dumaloq va qabariq ko'rinishda boiadi. Dumaloq haykallami hamma tomondan aylanib ko‘rish mumkin bo'lsa, qabariq haykallami yuzaga bo‘rttirib ishlanganligi sababli faqat bir tomondan ko‘riladi. Qabariq haykallar relef deb ataladi. «Relef» fransuzcha so‘z bo'lib. yuza degan ma'noni bildiradi. Relefli haykallarda asosiy obrazlar bilan bir qatorda, kenglik, tabiat manzaralarining ko‘rinishi ham aks etadi. Shuning uchun bunday releflami ba'zan perspektivali relef deb ham yuritiladi. Relef, o‘z navbatida, ikki turga bo'linadi. Ulardan biri barelef. ikkinchi turi esa gorelefdir. «Barelef» ham fransuzcha so'zdan olingan bo‘lib. past relef degan ma’noni anglatadi. Barelefda haykal tekis yuzaga nisbatan biroz qabargan (bo‘rtgan) bo'lib, lekin uning qalinligi o'zining haqiqiy qalinligining yarmidan oshmasligi lozim. Masalan, tanga. znachok, medal yuzalaridagi bo'rtma tasvirlar bunga misol bo'la oladi. Bareleflar ayniqsa, amaliy san’at buyumlarini, me’morchilikbinolarini bezashda juda qo'l keladi. Qadimgi Gretsiyada hayotda ishlatiladigan turli xil buyumlar, masalan, ko'za, guidon, qurol-aslahalarning yuzalarini bareleflar bilan bezaganlar, binolarning devorlariga turli hayotiy voqealami aks ettiruvchi bo'rtma tasvirlar ishlaganlar. «Gorelef» so'zi ham fransuzcha









Atlas gazmollar kompozitsion jihatdan turli-tumandir. Hozirgi kunda uning yuzdan ortiq bezash turi bor. Bular, asosan, turli geometrik shakllar, o'simliklaming gul va barglari, uy-ro"zg‘orbuyumlari va hokazolardan iboratdir. O'zbek kashtachilik san’atida zardo'zlik buyumlari, yorqin va lo‘nda gulli gilamlar, jundan tikilgan bejirim jihozlar ham keng tarqalgan, bularga xalqning hayotida turli maqsadlarda hamon foydalanilmoqda.


Download 37,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish