Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari mavzusida yozgan mundarija kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning nazariy asoslari



Download 318,5 Kb.
bet16/22
Sana05.06.2022
Hajmi318,5 Kb.
#637343
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bo

«Gul sayli» о‘yini
Didaktik topshiriq: bolalarni faollashtirishga yо‘naltirish.
О‘yin topshirig‘i: Topshiriqlarning fasllarga xos holda bajarilishini mustahkamlash.
О‘yin bayoni: Gul sayli о‘yini uchun magnit doskasi, yozuv doskasi va qalin qog‘ozdan yasalgan gullar tayyorlanadi. Gullar guruhdagi bolalarning soniga teng bо‘ladi. Gulning orqasiga magnit plastinkasi yelimlanadi va qora qalam bilan misol yoziladi. Chunki, oddiy qalamda yozilgan misolni о‘chirib, keyingi darslarga yangisini yozish mumkin. Tarbiyachi bolalarni о‘yinning sharti va qoidasi bilan tanishtiradi. Gullar magnit doskasiga båtartib yopishtiriladi. Bunday kо‘rinish gulzorni ifodalaydi. Tarbiyachi bolalarga guruhlarga bо‘linib, gul terishni aytadi. О‘yinda eng kо‘p gul tergan guruh gо‘lib bо‘ladi. Gul terish uchun har qaysi guruhdan tartib bilan bittadan bola chiqib, magnit doskasidagi gullardan bittasini iladi va orqasiga yozib qо‘yilgan misolni dars doskasida yechadi. Qolgan bolalar misollarni stulchada o’tirib mustaqil bajaradilar. Misolni notо‘g‘ri bajargan bola gulni uzishda sindirib qо‘ygan hisoblanadi. Notо‘g‘ri yechilgan misоlni guruhning navbatdagi ishtirokchisi chiqib tо‘g‘rilaydi. Tarbiyachi bu о‘yin orqali bolalarga tabiat sirlari haqida tasavvur beradi.
Didaktikaning predmetini о‘rganish ta’lim mazmunini tashkil etadi. Didaktik tafakkur – bu о‘rganish, о‘rgatish va ta’lim mazmunining doimiy aloqalari, munosabatlarini izlash, aniqlash demakdir.
Tarbiyachi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda qulay bо‘lgan usul va uslublar, о‘qitish shakllari, metod va vaziyatlarni izlaydi, zamonaviy pedagogik texnologiyaga suyanib, о‘quv jarayoni samaradorligini oshiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish asosida ularda milliy о‘zlikni anglash, vatanparvarlik, о‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usini kamol toptirish muhim omil bо‘lib xizmat qiladi. Bu vosita jarayonida bolalarda о‘z-о‘zini boshqarish, har-xil murakkab sharoitlardan qutulish yо‘llarini izlash va fikrlash, javobgarlik hislarini tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Bolalarni tartiblilikka o‘rgatishda didaktik о‘yinlardan foydalanish jarayonida tarbiyachilar quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari lozim.

  1. Bolalarda ijobiy faoliyat hatti-harakatlarini tarbiyalash;

  2. О‘quvchi shaxsida ma’naviy - axloqiy fazilatlarni shakllantirish;

  3. Milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari bо‘lgan - Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq faravonligi komil inson kabilarni о‘quvchilar qalbiga va ongiga singdirish.

Tajriba shuni kо‘rsatadiki, 5-6 yoshli bolalarda obrazli (qahramonlar qatnashgan) о‘yinlar ularning fikrlash hamda atrof-muhitni his qilish qobiliyatlarini rivojlantirib boradi. Har xil obrazlarga taqlid qilingan о‘yinlarni о‘ynab borish jarayonlarida bolalarda о‘zlarini boshqarish qobiliyati, faol harakat qilish malaka va kо‘nikmalari shakllana boradi.
Taqlidli о‘yinlarning muhimligi shundaki, ularda jismoniy fazilatlarni rivojlantirish uchun juda muhim sharoitlar yaratiladi. Masalan, “Fazogirlar” о‘yinida raketadagi joyga о‘rnashib olish uchun iloji boricha tez yugurish talab qilinadi. Obrazlarga taqlid qilib о‘ynaladigan о‘yinlar davomida bolalar о‘sha obrazlarga mahliyo bо‘lib charchoqni unutishadi, ba’zi bir murakkab bо‘lgan harakatlarni ham bajarib yuborishadi. Natijada, ularda chidamlilik, chaqqonlik va boshqa sifatlar rivojlantirib boriladi. Harakatli о‘yinlarni bolalarning yosh xususyatlari, jismoniy tayyorgarligi, fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda о‘tkazish jarayonida tarbiyachidan katta mas’uliyat talab etiladi.
О‘yin qoidasini va tartibini bolalarga tо‘g‘ri tushuntirib borish ularda har bir harakat yoki obraz tо‘g‘risida tо‘la tasavvur hosil qila olish о‘yinni uyushqoqlik bilan о‘tkazishni ta’minlaydi.
Maktabga tayyorlov guruhi bolalari bilan о‘zlari tanlagan о‘yinlarni о‘tkazish lozim. Bunda bir bola о‘yin mazmunini, boshqasi о‘yin qoidasini tushuntiradi. Zaruriyat tug‘ilsa, о‘yin tarbiyachi tomonidan qayta tushuntiriladi.
Doskada 1 ta harf 3-4 xilda yozib qо‘yilgan bо‘ladi. Shulardan bittasi husnixatga amal qilgan holda yozilgan bо‘ladi. Doskadagi bola tо‘g‘ri yozilgan variantni topib, qayta yozib kо‘rsatadi.
Harflar adashib qoldi”
Magnit doskaga kesma harflardan sо‘zlar tuzadilar. Undagi biror harfni о‘rni almashtirib qо‘yilgan bо‘ladi. Yoniga shu predmetni о‘zi yoki rasmi osib qо‘yiladi. О‘quvchiga shu predmetni nomini bir necha marta talaffuz qilishi, bо‘g‘inlab aytishi tavsiya qilinadi va shundan sо‘ng adashib qolgan harf о‘rniga qо‘yiladi.
"Mehmon kutamiz”
Maqsad: Bolalarga mehmon haqida tushuncha berish, mehmon kutishda dasturxon bezash, idishlarni yuvishga о‘rgatish.
Ikkita stol bezatiladi va "mehmon kutamiz" о‘yini о‘tkaziladi. Bolalar 4 tadan ikki guruhga bо‘linadi. Har bir guruh bolalari idishlarni yuvishlari, vazaga salfetkalarni tо‘g‘ri va chiroyli solib qо‘yishlari kerak bо‘ladi.
О‘yin bolalarda katta qiziqish uyg‘otadi. Mehnat, о‘z-о‘ziga xizmat qila bilish kо‘nikmalarini va estetik didni shakllantirishga yordam beradi.

Download 318,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish