Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari
mavzusida yozgan
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………..…3
I BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning nazariy asoslari ……………….......…............................……..........…………....8
1.1.Bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatishda tarbiyachining vazifalari.......……..…................................................................….....…………...8
1.2. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish omillari...................................................................................................................20
II BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishning amaliy asoslari ……………………....……………………………….………….25
2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish texnologiyasi..........................................................................................................252. 2. Tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va uning samaradorlik darajasi
.................................................................................................................................41
Umumiy xulosa va tavsiyalar...............................................................................48
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.....................................................................51
Ilovalar..................................................................................................................1-3
KIRISH
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. Jamiyatning ravnaqi uning o`sib kelayotgan yosh avlodga bo`lgan munosabati va ularga yaratayotgan imkoniyatlarga bog`liq. Har qanday mamlakat sog`lom va barkamol, el - yurtiga sadoqatli, iymon - e`tiqodli farzandlari bilan faxrlanadi, ularga suyanadi. Shunday fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazgan xalq kelajakka katta ishonch bilan qaraydi, istiqboli porloq bo`ladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida eng birinchi dolzarb vazifa bu maktabgacha ta’limni rivojlantirish bo’lmog’i lozim deya ta’kidlab o’tdilar.
Ushbu fikrning isboti sifatida mamlakatimizda Maktabgacha ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar yaqqol misol bo’la oladi. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, zamonaviy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ularning moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun oliy ma’lumotli mutaxassislarni ustuvor ravishda tayyorlash va joy-joyiga qo’yish kabi muammolarning hal etilayotganligi barchamizni quvontirmoqda. Bu borada mamlakatimizning birinchi Prezidenti I. Karimov aytganlaridek, “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z holiga, o‘zi bo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlanadigan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.” 1
Dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar, inson ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga intilishlar, xalqaro terrorizmning avj olishi albatta ma’naviy tarbiyaga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi, biroq xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodni ushbu ta’sirlardan himoya qilish bugungi kunda kechiktirib bo‘lmas masaladir. Maktabgacha ta’lim tizimi oldida turgan ustuvor vazifalardan biri – bu “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun [5] va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”[6] asosida Respublika ta’lim tizimida olib borilayotgan islohatlar yoshlarni o‘z xohishi, irodasi va intilishiga qarab, ularga chuqur bilimlar berish, o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlardan to‘la xoli bo‘lgan yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlashdir.
O’zbekiton Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” da belgilangan har tomonlama yetuk, barkamol shaxsni tarbiyalash hozirgi kun ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
Barkamol shaxsni tarbiyalashda bolaning maktabgacha tarbiya yoshi, psixologik xususiyatlarini bilish tarbiyachilar, pedagoglar va psixologlar, ota – onalar uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan vazifalar sirasiga kiradi. Ushbu tarbiyaviy jarayonda bolalarning yosh va individual xususiyatlarini o’rganish, ularning har tomonlama rivojlanishini ta’minlashga ta’lim-tarbiya ishlarini to’g’ri yo’lga qo’yishga xizmat qiladi.
O’sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har
tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e’tiqodini
o’stirish, jamiyat ravnaqi va rivojlanishi yo’lida fidoiylik ruxi bilan singdirilgan xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha ta’lim oldida turgan dolzarb vazifalardan sanaladi. Xususan har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashning maqsad va vazifalari ma’naviy boylik, axloqiy poklik, jismoniy mukammallikni o’zida mujassamlashtirgan ijtimoiy faollikni tarbiyalashni taqozo etadi. Mashxur rus pedagoglaridan biri Lesgaftning fikricha insonning maktabgacha ta’lim yoshidagi davri shunday bir davrki, bu davrda bolada kelgusida qanday xarakter xislatlari paydo bo’lishi belgilanadi va axloqiy xarakterning asoslari yuzaga keladi. D.B. Elkonin ta’kidlaganidek, bola jamiyat a’zosi va shaxs sifatida shakllanib borar ekan, uning psixikasi rivojlanib olamni aks ettirish xususiyati go’daklikdan yetuklik davrigacha murakkablashib va takomillashib boradi.
Kadrlar tayyorlash Milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo’lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma‘naviy va milliy sifatlarni tarbiyalash ham muhim ahamiyatga ega.
Ta‘lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta‘minlash, tarbiyachi va bolalar o’rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishdagina emas, balki bolalarni milliy-ma’naviy meros materiallaridan foydalanib ularni tartib qoidalarga o’rgatib borishda ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:
- shaxsni milliy ruhda tarbiyalash ta‘lim-tarbiyaning asosiy maqsadi ekanligi;
- ta‘lim-tarbiyaning asosiy mazmuni bolalarning ma’naviy - axloqiy, milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda ularni aqliy, nafosat va jismoniy rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlarining namoyon bo’lishi, unda insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi;
- ta‘lim va tarbiya qonuniyatlari hamda tamoyillari birligi, o’zaro uyg’unligini ta‘minlash asosida maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib-qoidalarga o’rgatishdek ijtimoiy maqsadni to’la amalga oshirish mumkinligi.
Tartib-qoidalar - shaxsning bosiqlik, ichki uyg’unlik sifatlari, jamiyat yoki davlat tomonidan belgilangan qoidalarga bo’yso’nishga tayyorgarlik va shunga odatlanganlik bilan xarakterlanadi. Tartib-qoidalarga o’rgatish juda qiyin va murakkab tarbiyaviy jarayondir. Muammoni o’rganish zamonaviy sharoitda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning milliy qiyofasida aqliy, ma‘naviy - axloqiy, jismoniy, badiiy-estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik madaniyat hamda, kasbiy malaka hamda sog’lom turmush tarzi ko’nikmalariga ega bo’lish bilan bir qatorda tartib-qoidalarga bo’yso’nish sifatlarini tarbiyalash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |