1. “Faoliyat o’yini” deb ataladigan metod yangi sohani o’zlashtirish, masalan,
topshiriq o’rganishda ijodiy tafakkur faoliyatini jadallashtirish maqsadida alohida
ahamiyatga ega. Bu usulning qimmatli xislati shuki, faoliyat modelini ijro etish
orqali bolalarga biror bir kasb-hunar haqida tushuncha berish, shunmgdek, mazkur
sohada ijodiy mulohaza yurita olishni, voqea-hodisalarni jonli, dinamik ravishda
tasavvur qila olishni o’rgatish mumkin. Natijada salohiyatli, yetuk mutaxassislarni
tarbiyalash imkoni yaratiladi.
Bu o’rinda shuni ta'kidlash joizki, yuqorida keltirilgan usullarni qo’llashda
tarbiyachidan yuqori malaka va tarbiyalanuvchilar fikrlarining to’g’ri-
noto’g’riligini baholash, sharhlab borish talab qilinadi. Biror ko’rinishda
baholangan faoliyat yanada jonlanish, fikrlash jarayonini faollashtirish
xususiyatiga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |