Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafosat tarbiyasi o’ziga xos jihatlari.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda nafosat tarbiyasi ularning yoshidan kelib chiqilgan holda o’ziga xos jihatlarga egadir. Odatda bu ularninig psixofiziologik jihatlari bilan bog’liq bo’ladi. Bolalarda ularning bu davrdagi xusuxiyatlari bilan bog’liq quyidagi jihatlarni qayd etib o’tish mumkin bo’ladi:
Avvalo bu davr bolalar xarakterining shakllanishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda ularda xarakterning muhim jihati bo’lgan xotiraning shakllanishi intensive kechadi. Ularda ma’lumotlarni eslab qolish, uni rivojlantirish hamda ortiqcha yukli ma’lumotlarni o’chirib boorish asoslari rivojlanib boradi. Bu davrda bolalar xotirasi tiniq oyna kabi beg’ubor bo’ladi.Natijada ular eshitgan, ko’rgan va his etgan narsalarini juda yaxshi eslab qoladilar. Bu jarayon ijobiy va salbiy ma’lumotlarga nisbatan deyarli bir xil ta’sir kuchiga ega bo’ladi. Shu sababli ham bu davrda bolalarga ta’sir qiladigan axborot va ma’lumotlar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish lozim bo’kadi;
Bu davryana bolalar dunyoqarashi shakllanishi bilan ham xarakterlanadi. Bolalar dunyoqarashi shakllanishi oddiydan murakkabga qarab boruvchi dinamik jarayon bo’lib, u doimiy xarakterga egadir. Bolalar tafakkurida bu davrda obrazli fikrlash jarayoni ustivor bo’ladi. Bola ulg’ayib borgani sari unda mantiqiy fikrlash jarayoni kuchayib boradi. Mantiqiy fikrlash jarayoni esa odatda formal va matematik tarzda kechadi. Formal fikrlashda nusxali yoki taqlidiy tahlil jarayoni boradi. Unda bola fikrlashi bir yo’nalishda kechadi. Matematik mantiqiy fikrlash jarayonida bolalar endilikda ma’lum bir predmet yoki hodisa xususida mustaqil tafakkur tahliliga ega bo’lib boradilar. Bu jarayon keyinchalik bolalarda o’zlarining mustaqil fikr egasi bo’lishlariga keng yo’l ochib boradi. Aynan shu jarayon bolalar dunyoqarashi rivojlanishining ichki psixofiziologik motori hisoblanadi;
Maktabgachayoshdagibolalardanafosattarbiyasida yana bir muhim jihat, ularda motivlarning shakllanib borishi va ta’siri jarayonidir. Bolalarda nafosat motivlari ularning dunyoni his etishlari va uni qabul qilishlari bilan bog’liqdir. Chunki ma’lumotlar qiziqarli bo’lgandagina bolalar his etgan narsalarini qabul qiladilar. Aynan shu qiziqishlar bolalarda motivlar shakllanishiga yo’l ochadi.Motivlar bolalarda go’zalikka bo’lgan intilishni kuchaytiradi.Bu turli yo’nalishlarda (mohirona ishlangan tasviriy san’at suratlari, komikslar, multfilmlar, haykallar, qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar) bo’lishi mumkin.Motivlarning yuzaga kelishi qiziqishlar bilan bog’liq bo’lsa, ularning rivojlanishi go’zallikning bolaga nisbatan ochilib borishi bilan amalga oshib boradi. Motivlar bolalarning estetik anglash faoliyatini harakatga keltiradi
Do'stlaringiz bilan baham: |