Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifati­da shakllantirish



Download 2,28 Mb.
bet29/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifati­da shakllantirish. A.S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyi- halash» deb atagan. Bu pedagogik yondashuv shaxsni jami- yat talablariga javob beradigan bo‘lishi uchun nimalar qilish va qanday qilib shakllantirish kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Pedagogika tarbiya jarayonida nima shakllantiril-


74





gan bo‘lishi kerakligini aniqlaydi hamda o‘z usul va vositalarini tavsiya qiladi. Shaxsni shakllantirishda pedagogik va psixologik yondashuvni aralashtirib yuborib bo‘lmaydi. Turli davlat das- turlari, xususan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Bola- jon» davlat dasturida belgilangan vazifalar o‘qituvchi-murabbiy- lar e’tiborini bolalarda mavj ud bo‘lgan shaxs xislatlariga emas, balki shakllantirish lozim bo‘lgan xislatlarga qaratadi. Bu ik- ki yondashuv aynan bir-biriga o‘xshamasa ham lekin bir-birini to‘ldiruvchi birlikni tashkil etadi.


Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijti­moiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har bir odam o‘ziga xos ijtimoiy muhitda, ma’lum oilada, odam­lar orasida yashaydi. Tug‘ilgan kunidanoq atrofidagi odamlar bilan ma’lum ijtimoiy munosabatlarda bo‘ladi. Uzoq davom etadigan bu munosabatlarning hammasi shaxsning xulq- atvoriga ta’sir etadi. Yoshlik chog‘idanoq atrofidagi odamlar­ning fazilatlarini (mehnatsevarlik, halollik, rostgo‘ylik va ak- si) o‘zlariga singdirib boradilar. Bu xususiyatlar keyinchalik shaxsiy sifatlarga aylanib qoladi.

Inson shaxsining tarkib topishiga tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri haqida gap borar ekan, shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, ayrim g‘ayritabiiy hodisalar inson shaxsining tarkib topishi- ga tashqi muhit ta’sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega ekan- ligini to‘la tasdiqlaydi. Bunda, ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovvoyi hayvonlar muhitiga tushib qolishi hodisa- si nazarda tutiladi. Masalan, 1920-yilda Hindistonda, Kalkut- ta shahrining g‘arbiy-janubiga joylashgan Midnapura shahar- chasi yaqinidagi o‘rmonzorda doktor Sing ona bo‘ri va uning bolalari bilan birga chopib yurgan ikkita odam bolasini ko‘rib qoladi. Odam bolafari xuddi bo‘ri bolalari kabi to‘rt oyoqlab yugurib yurar edi. Doktor Sing bo‘ri uyasini topib, bolalarni olib keladi. Ularning ikkisi ham qiz bolalar bo‘lib, bittasi yet- ti-sakkiz yoshlar, ikkinchisi ikki-uch yoshlar chamasida edi. U bolalarning biriga Amala, ikkinchisiga Kamala deb nom beradi. Bu nodir hodisada shu narsa juda xarakterliki, bola- lar yoshlikdan boshlab bo‘rilar muhitida yashaganliklari tufay­li tashqi ko‘rinishlari odam qiyofasida bo‘lsa ham, butun fe’l-


75





atvorlari va xatti-harakatlari bo‘rilarga o‘xshab qolgan edi. Bu hodisa odamning shaxs sifatida tarkib topishi uchun eng avva-


lo insoniy muhit, ya’ni ijtimoiy muhit bo‘lishi shartligini to‘la tasdiqlaydi.

Oila va maktab tomonidan amalga oshiriladigan ta’lim-tar- biya jarayoni shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Hozirgi vaqtda oiladagi tarbiya ishlari ta’lim-tarbiya muassasa- lari ishlari bilan birga davlat tomonidan belgilangan dastur asosida berilmoqda. Uzoq muddat davomida bolaga beriladi- gan ijtimoiy ta’lim-tarbiya bolaning butun psixik taraqqiyotiga, unda shaxsiy psixologik xislatlarning tarkib topishiga ta’sir qil- may qolmaydi. Ta’lim muassasalarida fanlararo uzviy ravish- da uzluksiz beriladigan ta’lim-tarbiya ishlari bolalarda ma’lum bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qiladi.

Ota-onalar va o‘qituvchilarning vazifasi bolalarni faollik ru- hida tarbiyalashdan iboratdir. Bu faollik avvalo ularning jami- yat manfaatlari yo‘lida qiladigan ongli mehnatida ko‘rinishi lozim. Ta’lim-tarbiya natijasida bolalarning bilim, malaka- si, qiziqish va e’tiqodlari, dunyoqarashlari o‘rtasida ma’lum umumiylik yuzaga keladi. Odamga tug‘ma ravishda beriladigan nasliy xususiyatlar inson shaxsining tarkib topishiga yordamchi manba sifatida ta’sir etadi. Ular imkoniyatlar tarzida beriladi. Bu layoqatlar qulay sharoitdagina ro‘yobga chiqishi mumkin. Bunday nasliy imkoniyatlarning amalga oshishi, ya’ni ro‘yobga chiqishi uchun albatta ma’lum sharoit kerak. Agar tegishli qu­lay sharoit bo‘lmasa, imkoniyat tarzidagi nasliy xusuriyatlar sekin-asta so‘nib, oqibat natij ada yo‘q bo‘lib ketadi.

Nazorat savollari:



  1. Shaxsga ta’rif bering. Individ va shaxs o‘rtasida qanday farq bor?

  2. Individuallik nima?

  3. Shaxsning tuzilishi nimadan iborat?

  4. Ehtiyoj nima? Kishi ehtiyojining asosiy turlarini aytib bering.

  5. Shaxsning ko‘zlagan maqsadi va motivlari deganda nima- ni tushunasiz?


76





  1. Bevosita va bilvosita qiziqishlar o‘rtasida qanday farq bor? Misollar keltiring.

  2. Shaxsning dunyoqarashi va e’tiqodini o‘zgartirish mum- kinmi?

  3. Shaxsda shakllanadigan maqsadlar, ideallar va shaxs im- koniyatlari o‘rtasida qanday tafovut bo‘lishi mumkin?

  4. «Men» obrazi va o‘z-o‘ziga beriladigan baho turlarining shaxs shakllanishiga ta’siri haqida so‘zlab bering.

  5. Shaxsning shakllanishida psixologik va pedagogik yon- dashuv deganda nimani tushundingiz?

  6. Shaxsning shakllanishiga qanday manbalar ta’sir qiladi?

  1. Faoliyatning psixologik tahlili

Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z- o‘zini anglab, har bir harakatni muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos eng muhim va umumiy xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha aktus — harakat, faolus — faol) shaxsning ha- yotdagi barcha xatti-harakatlarini namoyon etishini tushunti- rib beruvchi kategoriya bo‘lib, bu o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq elementar haraka- timizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amal­ga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o‘z-o‘zini ang- lash muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi bilan bog‘liq sifatlari orqali bayon etiladi.


Inson faolligining 2 turi mavjud:

  1. tashqi faollik — bu tashqaridan o‘z istak-xohishlari- miz ta’sirida bevosita ko‘rish, qayd qilish mumkin bo‘lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namo- yon bo‘ladigan faollik;

  2. ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (modda almashinu- vi, qon aylanishi, nafas olish, bosim o‘zgarishlari) ham­da ikkinchi tomondan bevosita psixik jarayonlar, ya’ni asli-


77





da ko‘rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘z ichiga oladi.


Ikkala faollik turi ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Inson faolligi «harakat», «faoliyat», «xulq» tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, shaxs va uning ongi masalasiga borib taqalib, shaxs aynan turli faolliklar jara­yonida shakllanadi, o‘zligini namoyon qiladi ham. Demak, faollik yoki inson faoliyati passiv jarayon bo‘lmay, u ongli ra- vishda boshqarifadigan faol jarayondir. Inson faolligini mujas- samlashtiruvchi harakatlar jarayoni faoliyat deyiladi. Faoliyat

  • inson ongi va tafakkuri bilan boshqariladigan, undagi turli- tuman ehtiyojlardan kelib chiqadigan hamda tashqi olamni va o‘z-o‘zini o‘zgartirish va takomillashtirishga qaratilgan o‘ziga xos faollik shaklidir.

Odam ma’lum faoliyatda bo‘lar ekan, u har doim qat’iy bir maqsad asosida harakat qiladi. Inson faoliyatining o‘ziga xosli- gi uning har doim ma’lum maqsadga qaratilganligidir.

Faoliyat bilish va irodaga asoslanadi hamda bu jarayon- larsiz yuzaga kela olmaydi. Bundan tashqari faoliyatni anglash hamma vaqt maqsadni anglash bilan bog‘liq bo‘ladi. Maqsad bo‘lmagan yerda faoliyat ham bo‘lmaydi. Impulsiv harakatlar shaxsning maqsadsiz individual mayllari tufayli yuzaga keladi. Shu sababli impulsiv harakatlar ko‘pincha egoistik, ya’ni g‘ayri ijtimoiy xarakterga ega bo‘ladi. Masalan, haddan tashqari g‘azablangan yoki nihoyatda kuchli ehtirosga uchragan odam impulsiv harakat qiladi. Lekin bundan impulsiv harakatlarda ong mutlaqo ishtirok qilmaydi, degan ma’no kelib chiqmaydi. Impulsiv harakatlarda ham ma’lum darajada ong ishtirok qila­di. Bunda faqat shaxsiy motivlargina anglanadi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish