Qiziqishlarning psixologik mohiyati
Kishilarda ehtiyojlar asosida qiziqishlar va mayllar vujudga keladiki, ular shaxsning ko‘zlagan maqsadini ma’lum daraja- da belgilab beradi.
Kishining nimagadir e’tibor berishiga, qandaydir predmet va hodisalarni bilishga intilishi qiziqish deb ataladi. Qandaydir faoliyatga intilish mayl deb ataladi. Qiziqish va mayllar kishining emotsional hayoti bilan bog‘liqdir. Qandaydir bir qiziqish yoki maylni qondirib bo‘lmaslik noqulay salbiy emotsi- yalar uyg‘otadi. Qiziqishning nerv-fiziologik mexanizmlari to‘g‘risida mulohaza yuritilganda dastavval I.P. Pavlovning oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limotini eslab o‘tish joiz. Uning «Bu nima?» refleksi, ya’ni oriyentirovka (mo‘ljal olish) refleksi qizi- qishning mohiyatini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi. Psixologiyada qiziqish quyidagi tiplarga ajratiladi:
Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy.
Maqsadiga ko‘ra: bevosita va bilvosita.
Ko‘lamiga ko‘ra: keng va tor.
Qiziqishlar darajasiga ko‘ra: barqaror va beqaror.
Insonning shaxsiy qiziqishining kelib chiqishi birlamchi
bo‘lishiga qaramay u bir davrning o‘zida ijtimoiylik ahamiyati- ga ham ega. Qiziqishlarning mazmuni kishining biror yo‘lni tutganligini va hayotda o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadlarini bildiradi. Qiziqishlarning chuqurligi kishining umumiy rivoj- lanishi va aqli bilan uzviy bog‘liqdir. Uning kasbiy faoliyatiga qiziqishi oxir-oqibat jamiyat uchun naf keltiradi. Bevosita qiziqishlar hodisalarning emotsional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishi, tashqi ta’sirlarga beriluvchanligi tufayli vujudga
69
keladi. Bilvosita qiziqishlarni tarkib toptirish hamda maxsus treninglarda amalga oshirish muhimdir.
Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham borki, ularning qizi- qishlari bir sohaga qaratilgan bo‘ladi, boshqalarda esa qator so- halarga, fanlarga, kasblarga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Qiziqishlar- ning kengligi kishining aqliy ehtiyojlarini xilma-xilligidan darak beradi. Tabiatshunos olim K.A. Timiryazov bunday degan edi: «Hamma narsa to‘g‘risida oz-ozdan bilish kerak va oz narsa haqida hamma narsani bilish kerak». Barqaror qizi- qishga ega shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan buyumlari- ga, obyektlariga, hodisalarga o‘z maylini o‘zgarishsiz saqlab tura oladi. Qiziqishlarning ba’zan beqarorligi katta yoshdagi o‘quvchilarda ko‘rinadi. Ularda qiziqishlar ko‘pincha g‘oyat ehtirosli, lekin qisqa muddatli bo‘ladi, masalan, bir vaqt- ning o‘zida ular matematika, tarix, falsafa, logikaga qiziqishlari mumkin. Bunday bolalar hamma narsaga qizg‘in kirishib, masalaga hali chuqur kirib bormasdan, boshqa narsalar bilan qiziqib ketadilar. Har xil mashg‘ulotlarga nisbatan o‘spirinlik va yoshlik chog‘larida goh alangalanib, goh so‘nib turadigan qiziqishlar, yoshlarning o‘z iste’dodlarini jadal ro‘yobga chiqa- rishini ta’minlaydi va qobiliyatlarning namoyon bo‘lishiga hamda o‘z samarasini ko‘rsatishiga yordam beradi.
E’tiqod — shaxsning shunday ongli bir yo‘nalishiki, unga o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashlariga mos tarzda ya- shashga imkon beradi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi
70
mumkin: Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy nor- malarga, oilaga, go‘zallikka e’tiqod va hokazo. E’tiqod va qiziqishlar har biri kishidagi dunyoqarashni shakllantiradi. Dunyo- qarash — tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayot- gan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash, ya’ni tafakkur aynan musta- qillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod hamdir.
Maqsadlar va ideallar. Ijtimoiylashuvning mas’uliyat his- siga bog‘liq yo‘nalishlaridan yana biri shaxsda shakllanadigan maqsadlar va ideallar bo‘lib, ular shaxsni kelajakni bashorat qilish, ertangi kunini tasavvur qilish, uzoq va yaqinga mo‘ljallangan rejalarni amalga oshirishga tayyorligini ta’minlaydi. Maqsad- siz va rejasiz inson ma’naviyatsiz pessimistdir. Bu maqsadlar doimo o‘zining anglanganligi va shaxsning real imkoniyat- lariga bog‘liqligi bilan xarakterlanib, ularning shakllanishi va ongda o‘rnashishida ma’lum ma’noda ideallar ham muhim rol o‘ynaydi. Ideallar shaxsning hozirgi real imkoniyatlari chegara- sidan tashqaridagi orzu-umidlari, ular ongida mavjud bo‘lsada, lekin ular har doim ham amalga oshmaydi. Chunki, ularning paydo bo‘lishiga sabab bevosita tashqi muhit bo‘lib, o‘sha ideal- lar obyekti bilan shaxs imkoniyatlari o‘rtasida tafovut bo‘lishi mumkin. Masalan, o‘smirning ideali otasi, u otasidek mashhur va el suygan san’atkor bo‘lmoqchi. Bu orzuga yaqin kelajak- da erishib bo‘lmaydi, lekin aynan ana shunday ideallar odamga maqsadlar qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yen- gishga irodani safarbar qilishga yordam berishi tabiiy.
Do'stlaringiz bilan baham: |