Tadqiqot o‘tkazish uchun eksperimental metodikalarni tan- lashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
tadqiqot maqsadi — psixik taraqqiyot darajasini aniq- lash, uning yoshga, ma’lumotiga mosligi, shaxs xususiyatla- rini aniqlash;
sinaluvchining yoshi va uning hayot tajribasi, uning ta’lim va tarbiyasi, amalga oshirilayotgan sharoit;
d) bolaning eksperimental tadqiqotga moslashishi, mulo- qotga kirishishi, verbal aloqa o‘rnatish xususiyatlari.
Tanlangan eksperimental-psixologik metodikalarni bola- ga darajasining o‘sib borishini hisobga olgan holda berish kerak. Tajriba jarayonida tadqiqotchi bola nimadan qiy- nalayotganligini aniqlaydi va unga yordamlashadi. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnos- tika metodikalari o‘z xususiyatlariga ega. Masalan: chaqa- loqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensamotor harakatlar- ni o‘rganishga mo‘ljallangan metodlar qo‘llaniladi. 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tekshirishda sodda harakat- larni yoki og‘zaki qo‘llanmalarni bajarishga qaratilgan top- shiriqlar beriladi: qalam, qog‘oz, plastilin va boshqa o‘quv vositalari qo‘llaniladigan topshiriqlar bola katta bo‘lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Masalan, 1—2 yoshli bolalar sensamo- tor sohasini tekshirishda an’anaviy metodlardan foydalanib u yoki bu harakat malakalarining qanday shakllanganligi- ga, ular ma’lum yosh davrida o‘rtacha ko‘rsatkichga qanchalik mosligiga e’tibor beriladi. Ko‘pincha bu tadqiqotlar bola- lar motor harakati rivojlanishida kechikishning mavjudligi keyinchalik bolaning barcha psixik taraqqiyotida kechikish sodir bo‘lishining obyektiv zamini sifatida qalalishi kerak.
414
Shu bilan birga, erta yurgan bola o‘z tengdoshlarini barcha tomondan qoldirib ketadi, deb faraz qilish ham xato- dir. Bola xayotining birinchi ikki yilidagi umumiy jismoniy taraqqiyot bolaning keyingi aqliy taraqqiyotini belgilamaydi (R.N. Myussen, 1987).
Bolaning sensamotor sohada rivojlanish darajasi haqida uning atrofidagi turli predmetlar, jumladan, o‘yinchoqlar bilan harakat qilish xususiyatlari darak berib turadi. O‘yinchoqdan diagnostik qurol sifatida foydalanish uning tevarak-atrofidagi hodisalarni bilishga intilishi va faollik darajasi hamda pred- metlardan foydalanishda amaliy ko‘nikmalarning mavjudli- gini aniqlab beradi.
Kattaroq bolalarni tekshirishda konkret psixologik meto- dikalardan foydalanish mumkin. Chunki, xuddi shu davrdan boshlab so‘zli topshiriqlarni bajarish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlarni tushuna boshlaydi, unda zarur shaxsiy sifatlar shakllangan bo‘ladi, bilishga qiziqish rivojlangan bo‘ladi, u kattalar bilan birga eksperimental psixologik tadqiqotlarda nisbatan uzoqroq ishtirok etish holatida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |